Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə48/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Yangi Zelandiya: Yangi Zelandiya Avstraliyadan sharq tomonda 1500 km masofada, 34° j.k. lar oralig’ida joylashgan. Bular janubiy yarim sharning subtropik va mo’tadil kengliklarida joylashgan yagona oroldir. Bu o’lkaga Kuk bo’g’zi ajratgan lkkita katta orol Janubiy va Shimoliy orollar, Styuart oroli va bir qancha mayda orollar kiradi. Yangi Zelandiya orollari kelib chiqishiga ko’ra materik oroldir. Orolning markaziy qismi o’rtacha balandligi 600 m bo’lgan vulqon platosidan iborat. Shimoliy orolning eng baland tog’i so’nmagan Ruapexu vulqonidir.
Orolning shimoli-g’arbida yarim orol dengizga uzoq kirib borgan. Orollarga g’arbiy shamollar g’arbiy sohillarga ko’plab yog’inlar keltiradi, o’rtacha yog’in miqdori 2000 mm bo’lgani holda, g’arbiy sohilning ayrim hududlariga 500 mm gacha yog’in tushadi. Tog’larda dengiz sathidan 2000 m dan yuqorida deyarli butunlay qor yog’adi. Shimoliy orolda qish juda iliq. Iyulning o’rtacha harorati Okland orolida +12°S ga yetadi, janubiy orolda esa +50S, tog’larda -20S, sohillarda harorat -5°S gacha pasayishi mumkin. Yanvarning o’rtacha harorati shimolda +19°S dan, janubda +140 S gacha o’zgaradi. Yangi Zelandiyada odatda jazirama issiq bo’lmaydi. O’lka daryolari qisqa, lekin sersuv va sathi keskin o’zgarmaydi, ko’llar ko’p.
O’lka o’rmonlarida igna bargli daraxtlar - podokarpuslar, arakarillar, mebotseruslar, endemik qarag’aylar, doimiy yashil janubiy buk, hatto ba’zi bir xil palmalar o’sadi. Tog’larda baland ko’tarilgan sari ham o’rmonlar kambag’allashib boradi. Yangi Zelandiyada yovvoyi sut emizuvchi hayvonlar deyarli yo’q. Yevropaliklar keltirgan quyon va mushuklar hozirda yovvoyilashib ketgan. Orollarda, qanotsiz to’tilar, sulton tovug’i yashaydi.
Mikroneziya. Mikroneziya Tinch okeaninng ekvatordan Shimoldagi juda katta qismida go’yo sochilib yotgan juda mayda orollar: Marshall, Ellis arxipelaglari, Marmar, Karolin, Nauru, Oshen orollari, shuningdek, bir qismi janubiy yarim sharda joylashgan Gilbert arxipelagi kiradi. Mikroneziyadagi barcha orollar kelib chiqishiga ko’ra marjon yoki vulqon orollardir. Mikroneziyadagi ba’zi orollarda yomg’ir deyarli har kuni yog’adi, yillik yog’in miqdori 2000 mm dan 4000 mm gacha, ayrim joylarda 6000 mm gacha yetadi. Harorat odatda +280S dan ko’tarilmaydi va +200S dan tushmaydi. O’lkada sernam tropik o’rmonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Marjon orollarida kakos palmalari bilan ba’zi bir butalar o’sadi.
Polineziya. Polineziyaning (Markaziy va Janubiy) deyarli barcha orollari - Gavayi, Layn, Finiks, Tokelau, Samoa, Kuk, Taiti, Jamiyat, Tuomotu, Markiz, Pasxa orollari va boshqalari ekvator bilan 10 j.k. oralig’ida, faqat Layn orollarining bir qismi shimoliy yarimsharda joylashgan. Orollarning shamolga ro’para yonbag’rlarida 5000 mm gacha, teskari yonbag’rlarida 1500 mm gacha yog’in tushadi. Shimoliy Polineziya orollari Tinch okeanning o’rta qismida shimoliy tropikdan janubda joylashgan. Orollar yilning ko’p qismida shimoli-sharqiy passat shamollari ta’sirida bo’ladi. O’lkada 10000 – 12000 mm gacha yog’in yog’adi. Orollarda madaniy o’simliklardan shakarqamish, banan, sholi, pek, ananas va kofelar ekiladi. O’lkada ko’rshapalaklar, qushlar, sichqon, cho’chqa itlar va boshqalar tarqalgan (Ilova, 4-rasm).



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə