Oliy va o’rta maxsus ta’lim


OKEANIYA (МЕЛОНЕЗИЯ, МИКРОНЕЗИЯ ВА ПОЛИНЕЗИЯ ОРОЛЛАРИ)



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə47/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

OKEANIYA (МЕЛОНЕЗИЯ, МИКРОНЕЗИЯ ВА ПОЛИНЕЗИЯ ОРОЛЛАРИ)




Tayanch so’z va iboralar: Mikroneziya, Polineziya, Melaneziya, arxepelag, kenglik, ekvator, orol, pastekislik, igna bargli, passat shamoli.

Avstraliyadan shimol va sharqda, Tinch okeanining markaziy va janubi- g’arbiy qismida kelib chiqilishiga ko’ra materik, marjon va vulkan orollaridan iborat juda ko’p katta-kichik orollar joylashgan. Bu orollarning hammasi birgalikda Okeaniya deb ataladi. Okeaniya orollarining umumiy maydoni taxminan 1,3 mln. km2, quruqlikning 2% ni egallaydi, tarkibiga 7 mingdan ortiq orollarni birlashtiradi. Okeaniya odatda bir necha qismga bo’linadi.


Avstraliyaga yaqin joylashgan eng yirik orollar Melaneziya deb ataladi. Melaneziyaga Yangi Gveniya, Bismark, Luiziyada arxipelaglari, Solomon orollari, Yangi Gebrit, Santa-Kruz, Yangi Kaledoniya, fidji va boshqa orollar kiradi. Undan ancha janubda joylashgan Yangi Zelandiya alohida o’lkaga kiritiladi. Melaneziyadan shimolda 177° shq.u. dan g’arbda joylashgan mayda orollar (Marshall, Gilbert, Ellis arxipelaglari, Marmar, Karolin, Nauru, Oshen orollari) Mikroneziya deb ataladi. Tinch okeaninig janubiy qismlarida 177° shq.u. dan sharqda joylashgan qolgan barcha orollar (Gavayi, Layn, Finiks, Tokelau, Samoa, Kuk, Taiti, Jamiyat, Tuomotu, Markiz, Pasxa orollari va boshqalar) Polineziya tarkibiga kiritiladi.
Melaneziya: Yangi Gvineya va unga yaqin turgan Bismark arxipelagi, Solomon orollari hamda boshqa ba’zi orollar butunlay ekvator bilan 10° j.k.lar orasida joylashgan. Bu orollarning ko’pchiligi materik orollar bo’lib, sohili kichik maydonni egallagan. Yangi Gviniya dunyodagi eng katta orollardan biri. Uning maydoni 829 kv.km, o’rtacha oylik harorat +25°+28°S orasida o’zgaradi, harorat hech qachon +20°S dan pastga tushmaydi. 2000 m ga yaqin balandlikda o’rtacha harorat +20°S dan bir oz past bo’ladi. Butun o’lkada yog’in mo’l, tog’larning shimoliy yonbag’rida o’rta hisobda 4000 mm, ayrim joylarda 6000 mm dan ortiq yog’in tushadi. Eng uzun daryo Flay, u tog’lardan boshlanib, orolning janubiy, tekislik qismidan oqadi, uzunligi 800 km. Orolning janubiy pastekislikdagi daryo vodiylari uchun saga palmasidan iborat galeriya o’rmonlari xosdir. Sohillarda esa palmalar o’sadi. Yangi Gviniyada hayvonlardan kenguruning bir necha turi qaqnus, qopchiqli bo’rsiq va yexidna yashaydi. Bundan tashqari har xil qushlar ko’p. O’lkada sut emizuvchilar deyarli yo’q, ko’proq papuaslar va melaneziyaliklar yashaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə