Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə52/282
tarix28.11.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#137049
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


      1. Antarktida materigining o’ziga xos tomonlarini ko’rsating?

      2. Antarktika tushunchasiga izoh bering?

      3. Antarktika suv havzasi, tabiiy sharoitiga tavsif bering?

      4. Materikning o’rganilish tarixini tavsiflang?
    1. ANTARKTIDA MATERIGI IQLIMI, O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI


Tayanch so’z va iboralar: Muz massasi, siklon, g’arbiy shamollar, Kergelen karami, Adeli pingvini, Ueddell tyuleni.
Yerning hech bir joyida Antarktida materigidagi kabi butun yil bo’yi havo harorati muttasil past bo’lmaydi va bunchalik past harorat qayd qilinmagan. Faqat Antarktida materigini emas, balki janubiy yarimsharning katta qismi iqlimining
tarkib topishida materik muzligi katta rol o’ynaydi. Antarktidaning muz yuzasi quyosh nurining katta qismini qaytarib turadi. Uzoq davom etadigan qutb kuni vaqtida materik ustidagi yal’pi quyosh radiasiyasi ekvatordagiga yaqinlashadi, lekin uning 90% atmosferaga qaytib ketadi. Qishda materikning ichki qismida bir necha oy davomida qutb tuni bo’ladi. Bularning hammasi materik radiasiya balansining keskin manfiy ekanligiga sabab bo’ladi.
Muz massasi bilan okeanlardagi nisbatan iliq oqimlarning yonma-yon joylashganligi janubiy yarimsharda butun yil davomida atmosfera sirkulyasiyasining kuchli bo’lishiga sharoit yaratadi. Antarktida muz qalqoni ustida havoning qattiq sovishi sababli Antarktika maksimumi mavjud bo’ladi. Sovuq havo massalari baland markaziy platolardan tushib, materikning chekka qismlarida janubi-sharqiy kuchli oqim shamollarini vujudga keltiradi. Atmosfera maksimumining chekkalari bo’ylab ko’pincha kuchsiz sharqiy shamollar esadi. Materik atrofidagi okeanlarda nisbatan past bosim va siklon faoliyati zonasi joylashgan, bu yerda doimiy g’arbiy shamollar hukmron. Antarktika maksimumi ustida uncha katta bo’lmagan balandlikda qutb yoni depressiyasi mavjud, ko’tarilma havo oqimlari hukmron bo’lgan siklonlar zonasi ustida esa balandda joylashgan maksimum vujudga keladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida bosimning bunday taqsimlanishi okeandan nisbatan iliq va nam havoning materikka kirib kelishiga yordam beradi va yog’in yog’ishiga sabab bo’ladi, muzlik ana shu yog’inlardan to’yinadi.
Antarktidani o’rab turgan dengizlar ustida doim past bulutlar, tuman, qattiq shamol bo’lib, qor yog’ib turadi. Antarktida materigining ichki qismlarida, ayniqsa uning sharqiy sektorida havo harorati juda past bo’ladi va Vostok stansiyasida qishda -89,2°S harorat qayd qilingan. Materikda iyulning o’rtacha harorati -50°S, o’rtacha avgust harorati esa -52°S ga teng, o’rtacha iyul harorati -600-70°S, yanvar harorati -20°S dan kam bo’ladigan joylar mavjud. Yozda materikda haroratning 0°S dan -30-4°S gacha yuqori bo’lishi havoning ochiq bo’lishi bilan bog’liq, chunki havo ochiqligida insolyasiya juda kuchli bo’ladi. Agar yozda materikning chekka qismlariga siklon faoliyati ta’sir etadigan bo’lsa, hamma vaqt sovuq tushib qor yog’adi. Umuman olganda, materikni o’rab turgan okean xalqasi materikning chekka qismlariga qaraganda yozda ancha sovuq, qishda iliqroq bo’ladi.
Shamollarning takrorlanib turishi va tezligi materikning chekka qismlarida va okean ustida aktiv bo’ladi. Oqim shamollarining tezligi ko’pincha sekundiga 30-50 m ga, ayrim hollarda 90 m gacha yetadi. Antarktida sohilining ba’zi bir yerlarida bo’ronlar tarzidagi shamollar tez-tez esib turadi. Yiliga 340 kun qor bo’ronlari bo’ladigan joylar uchraydi. Antarktida vohalari uchun quruq va sovuq cho’l sharoiti xos, yozda qor va muzdan ochiq bo’lgan yer yuzasi quyosh nurida isiydi, yer yuzasidan bir necha o’n santimetr balandda harorat ancha yuqori bo’ladi. Yozda kunduz kunlari vohalar ustida ko’tarilma havo oqimlari vujudga keladi va to’p-to’p bulutlar hosil bo’ladi. Muzliklardan vohalarga qarab fyon tipidagi quruq shamollar esadi. Bu paytda havo quruqlashadi, kuchli bug’lanishga va yer yuzasining qurishiga sharoit vujudga keladi. Qishda vohalar yer yuzasi qor bilan qoplanadi. Antarktikadagi orollarning iqlim sharoiti materikdagi kabi qattiq emas, lekin
orollarda ham tezligi ba’zan sekundiga 75 m gacha yetadigan qattiq g’arbiy shamollar hukmronlik qiladi (500 j.k), qor va kuchsiz yomg’ir tarzida ko’p yog’in tushadi va yozgi harorat kamdan-kam +10°S dan oshadi, qishki harorat 0°S atrofida bo’ladi (Ilova, 8-rasm).
Antarktidada oqar suvlar yo’q, ba’zi joylarda dengizga quyiladigan muz osti oqimlari bor. Materikning chekka qismlarida yozda ko’lmak suv havzalarini uchratish mumkin. Vohalarda chuchuk suvli va sho’r suvli ko’llar mavjud. Ularning ko’pchiligi oqmas ko’l, ba’zilari dengizga tomon oqimga ega. Vohalardagi ko’llar suvi harorati yozda havo haroratidan yuqori bo’ladi, lekin qishda muzlaydi. Suv yuzasida erib ulgurmagan va ko’l atrofidagi muzlar ko’pincha butun yoz bo’yi saqlanadi, ba’zi mayda ko’llar faqat vohalarda qor erigan vaqtida paydo bo’ladi, so’ngra yozgi kuchli bug’lanish natijasida qurib, tuproq ustida shudringga o’xshash tuz qatlamini qoldiradi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə