Ona tilim-jonu dilim



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə2/2
tarix03.08.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#120293
1   2
Ona tilim jonu dilim

O‘zbek tilin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tikildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hyech dard-u darmon
Jonimga Masihdur shu ona tilim.
Inson tug‘ilib o‘sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko‘ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so‘zimiz bu ona so‘zidir. Biz eng aziz, eng mo‘tabar inson nomini o‘z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo‘lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. Shuning uchun ham o‘zbek tili buyuk va muqaddasdir.
Navoiy ham, Lutfiy ham seni sevib kuylashgan. Bulbullar ham seni aytib-aytib sayragan. Shoh Bobur seni o’ylab, faqat seni so’zlagan. Sen sababli o’zligimni anglaganman. Sen mening faxrim, g’ururimsan. Zulmatlarda qolmagansan, olovlarda yonmagan Samandar tilimsan. Sen millatimning ko’rki, bezagi- san. Sen borsanki, mana shu o’zbek eli bor,sen borsanki ilm bor,madaniyat-ma’rifat bor. Bog’da gullar turli xil bo’ladi. Dunyo bog’ga, tillar esa gullarga o’xshaydi. Gullarning shohi-atirgul. 3000 dan ortiq tillarning shohi esa bizning ona tilimiz. Ona tilimiz juda boy. Boshqa tillardan ortda qolgani yo’q. Yuksalib borayotgan tillardan biri. Boshqa tillar qanchalik boy bo’lmasin, biz o’zbeklar uchun o’z ona tilimiz bo’lmish o’zbek ya’ni, turkiy til aziz-u mo’tabar. Kim qaysi tildan zavq olmasin, men o’z tilimdan zavqlanaman,undan faxrlanaman. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o’rganmoqning foydasi nechog’li katta ekanligi barchamizga ayondir. Til-insonlar o’rtasidagi vosita hisoblanadi. Dunyodagi eng achchiq narsa ham, eng shirin narsa ham til. Til insonni o’ldirishga ham, tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan sezadi.
Til benihoya muqaddas va mo`'tabar ne'mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan , taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o`zligiga nopisandlik demakdir. Tilga ehtirom va e'tibor esa dunyoda inson bolasi muhtaramligining e'tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga , xususan o`zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan , uni e'zozlab ardoqlagan , o`zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxru iftixor qilgan.

1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Rispublikasi Oliy kengashining sessiyasida Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarihiy voqea, istiqlol yo`lidagi dastlabki va muhim qadam bo`ldi. Shundan buyon har yili xalqimiz bu kunni tabarruk ayyom sifatida keng nishonlab kelmoqda. Davlat tili haqidagi qonun mamlakatimizda o`zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e'tiborga oladi.

Albatta, biz bu kunga osonlikcha yetib kelmadik. Davlat tili haqidagi qonun muxokamaga qo`yilgan chog`da ziyolilar, jumladan siyosatshunoslar orasida ham turli fikrlarni dastak qilib chiqqanlar bo`ldi. Ularning bir qismi o`sha davrning siyosatidan cho`chiydigan toifa bo`lsa, ikkinchi qismi masalani mohiyatini to`g`ri tushunmagan, tahlil qilolmagan odamlar edi. O`sha kezda davlat tili ikki tilda bo`lsin, degan takliflar ham yuzaga chiqdi. Lekin davlat tili bitta bo`ladi. Mamlakatning Konstitutsiyasidan tortib har bir hujjati bitta tayin tilda yaratiladi. Va bu til shu millatning irodasi, kayfiyati, bilimi, saviyasi, siyosiy huquqlarini namoish qiluvchi oyna hisoblanadi. Mana mustaqilligimizning 17 yilligini nishonladik. Bugun yangi avlod, yangi qatlam paydo bo`ldi. Endi ona-tilimizda gapirish o`z kundalik xayotimizga aylandi.

H ozir o`zbek tili butun dunyodagi tillar qatori o`z o`rninga, obro` va maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o`ylantirishi kerak. Biz farzandlarimizni tilimiz boyliklari bilan ta'minlashimiz, til hazinamizning nodir me'rosini saqlab turgan asarlarni ularga kengroq o`rgatishimiz lozim. O`zbek tili millatimizni ko`rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko`zgusi, bu bebaho boyligimizni asrash hammamizning burchimizdir.

Har bir davlat o`z rasmiy tilining sofligi va boyib borishini ta'minlaydi va uning ist'emol doirasi kengayib borishi uchun g`amxo`rlik qiladi; uni o`rganish va o`qitish uchun qulay shart - sharoitlar yaratib berdi. Ushbu qonun ham ona tilimizning mavqei oshishi va ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Hozirgi kunda tilimiz yanada rivojlanmoqda, unga bo`lgan e'tibor yanada oshib borayapti.

Matbuotda, radio-televidenieda, O`zbekiston milliy nashriyotlarida chop etilayotgan nodir asarlar, darsliklar, ko`p jildlik O`zbek Davlat milliy ensiklopediyalari ham buning yaqqol isbotidir . Ulug` bobolarimiz o`zbek tili xaqida bizga me'ros qoldirgan ne-ne hikmatlari va naqllaridagi mantiq, ma'no, zakovat va zarofat, bitmas-tuganmasdir, ular hamma zamonlarda jamiyat kamoli uchun kamarbasta bo`lgan. Shu jumladan bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib "Odobning boshi tildur" deb bejiz o`git bermaganlar.

O`zbek tilimizning boyligini yaxlit holda tasavvur etish uchun Alisher Navoiy asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o`zi kifoya. Qanday bepoyon tafakkur va tuyg`ular olamiga sho`ng`iysiz. Bu olamda butkul koinot aks etadi. Bu hazinadan bebahra qolish mumkin emas. Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini ona-tili ravnaqi uchun baxshida qildi. U zamonlarda "Turkiy til" deb yuritilgan ona tilining so`z boyligi, badiiy ijod uchun yaroqli ekanligi haqida maxsus nazariy asar ("Muxokamat ul-lug`atiyn") ni yozdi. Sharq mumtoz adabiyotining hamma janr va turlarida betakror asarlar yaratdi. Bu tilda birinchi "Xamsa"ni, birinchi "Majeolis un-nafois"ni yozdi. Mavjud adabiy an'analarga yangiliklar kiritdi. Xalq madaniyati, ma'rifati va ma'naviyatining yuksalishida tilning muhim vosita ekanini, til bashariyat naslini o`tmish va zamon bilan bog`lovchi timsol ekani shoir va arbob Navoiyning hamisha diqqat markazida bo`ldi.

Mumtoz adabiyotimiz vakillarining xalq dostonlari- "Alpomish", "Go`ro`g`li" turkumidagi asarlarning ta'rifga sig`mas boy tili, shuningdek Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, G`afur G`ulom va boshqa ijodkorlar yaratgan go`zalliklar ham, "Boburnoma" day asarlardagi tafakkur saltanati ham o`zbek tili buyukligini namoyon etadigan bebaho, o`lmas, adabiy boylikdir. Nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husindir, bu husn og`ir oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi.


Til- millatning faxri


Dunyo ishi sho`x mavjlanadir ona tilimda,


har bir so`zi yuz ma'noli durdona tilimda.
Izhori ko`ngil chog`i ipak tovlanadir ul,
Burroyu go`zal, g`olibu mardona tilimda.

Do`stlarni shirin davrasida shahdu shakardir,


har jilvasi bir gulxanu gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
har shevasi bir qasr ila koshona tilimda.

Dunyoda bor ilmu hunar unda jilobaxsh,


So`ngsiz xazina, qomusu afsona tilimda...
Jumaniyoz Jabbarov
Millatning millat darajasida shakllanganligini ko`rsatuvchi eng asosiy omillardan biri uning tilidir. Bir necha kundan so`ng mamlakatimizda "Davlat tili to`g`risida"gi qonun qabul qilinganligining keng nishonlanadi. Respublikamizning barcha mehnat
jamoalarida, shuningdek, ta'lim-tarbiya muassasalarida davlat tiliga bag`ishlangan turli tadbirlar-badiiy kechalar, ilmiy amaliy anjumanlar, xaftaliklar, ko`rik tanlovlar, davra suhbatlari, tilshunos olimlar va san'atkorlar, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadiki, bularning barchasi tilimizning boyligini yanada chuqurroq anglashga hizmat qiladi.
Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma'naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi".
21-oktyabr- O`zbekiston Respublikasining "Davlat tili to`g`risida"gi qonun qabul qilingan kun. "O`zbek tili kuni"ni tashkilotlarda uyushqoqlik bilan o`tkazishga katta va jiddiy tayyorgarlik ko`rilishi kerak. Mazkur sanani nishonlash bo`yicha tadbirlar rejasida ishtirokchilar va ijrochilar oldindan belgilab olinadi.
Tadbirga olimlar, shoir va yozuvchilar, san'atkorlarni jalb etish, unda "Davlat tili to`qrisida"gi qonunning ahamiyati, ayrim bandlarining sharqlari bo`yicha ma'ruzalar qilinishi maqsadga muvofiq. O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va xukumatimiz tomonidan uni rivojlantirish istiqbolining belgilanishi o`quvchilarimizning oldiga muhim vazifalarni qo`ydi.
Ta'lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda o`zga millat bolalariga o`zbek tilini o`rgatish bilan bir qatorda madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizga xurmat bilan munosabatda bo`lish zarurligini ham uning ongiga singdirib borish lozim.
"O`zbek tili kuni"ni o`tkazish munosabati bilan ta'lim tilidan kat'i nazar, barcha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab o`quvchilari ongiyu qalbiga milliy istiqlol va umumbashariy qadriyatlarga, shu jumladan ona tiliga mehru-muxabbat va hurmat, ona-Vatanga sadoqat, millatlararo bag`rikenglik kabi eng yuksak tuyg`ularni jo etish masalalariga e'tibor qaratiladi.
Bayram arafasida o`tkazilajak tadbirga "Respublika ma'naviyat- targ`ibot" markazi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy xarakati, "Maxalla" jamg`armalari bilan yaqindan xamkorlik qilish. Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.
O`zbek tili bo`yicha bolalar o`z bilimlarni saxnada, adabiy-badiiy kompozitsiya orqali "Bilag`onlar" musobaqasi va turli tanlovlar orqali namoish etishlari mumkin. Kichik va boshlang`ich sinf yoshidagi bolalar uchun esa "O`zbek tilini o`rganamiz", "O`zbek tili tarixidan", "O`zbek tili-jonu dilim" kabi mavzularda suhbatlar olib borish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Yuqori sinf o`quvchilari uchun "O`zbekiston mustaqillgi va ona tilimiz rivoji", "Til boyligi- tafakkur boyligi", "Til- tafakkur ramzi", "Til- millat fahri", "Til-dil tarjimoni" kabi mavzusida qiziqarli adabiy-badiiy kechalar tashkil qilish mumkin
T il — millatning asosiy belgilaridan biri, Dunyoda xalqlar ko'p, Lekin har bir xalq, avvalo, o'z tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajratib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o'zligini namoyon qilishda tilning o'rni va ahamiyati beqiyosdir.
O'zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo`lmasa, Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'atit-turk» kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy «Xamsa»si, Bobur Mirzoning «Boburnoma»si, Cho'lpon va Abdulla Oripovning o'tli she'riyati yaratilmagan bo'lardi. Shuning uchun ona tilimiz - millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.
Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg'ular manbai. U inson kamolotida betakror o'rin tutadi. Chunki onalarimiz bu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni mana shu til vositasida ongu shuurimizga singdiradi, odobu axloqimiz, fe'1-atvorimiz mana shu tilda berilgan o'git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog'liq. Chunki biz biron-bir narsaning xususiyatlari haqida o'ylaganda so'zlarda ifodalangan fikrlar vositasida uning o'ziga xos tomonlarini anglaymiz. Masalan, daraxtning yashilligini ajratish uchun yashil degan so'zning ma'nosini bilgan bo'lishimiz kerak. So'zni, ya'ni tilni bilganimiz sari biz dunyoni ham bilib boramiz, fikrimiz o'sadi, ongimiz yuksaladi. Shu bois buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan ne'mat ekanini ta'fiflab shunday deydi:
Tengriki, insonni qilib ganji rost,
So'z bila hayvondin anga imtiyoz.
Y a'ni: xudo insonga haqiqiy boylik bergan, bu — uni hayvondan ajratib turadigan tilidir.
Ona tili — ko'hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg'ular evolyutsiyasini, ya'ni taraqqiyotini ko'rsatuvchi, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi ko'zgudir.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tili rivojiga katta e'tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili to'g'risida»gi qonunda ,o'zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo'yildi. Bu o'zbek,tili taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat edi. Bugungi kunda davlatiniizning eng muhim hujjatlari shu tilda yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda,dunyo ning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qq'llanmoqda. U istiqlol yillarida milliy g'urur manbaiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun mamlakatimizda, til bayrami sifatida nishonlanmoqda.
O'zbek tili dunyoningeng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, Mahmud Koshg'ariyning «Devoni lug'atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Qutadg'u bilik» asarlari, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xazoyinul-maoniy», «Xamsa», Boburning «Boburnoma» asarlarida, Mashrab, Ogahiy, Nodira kabi mumtoz shoirlarimiz XX asrdagi ijodkorlarimiz ijodida yaqqol namoyon bo'lgan.
Ona tilini sevish — vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O'z tilini asrab-avaylagan xa!q o'zligini, g'ururini asrab-avaylagan bo`ladi. Prezidentimiz Islom Karimov ona tilining ahamiyatini ta'kidlab, shunday degan: «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, awalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Men bu masalani alohida ta'kidlab aytayotganim bejiz emas. Ona tifi —bu millatning ruhidir. O'z tilini yo'qotgan bar qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar».
Ona tiliga boigan muhabbat awalo har bir so'zning ma'nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi.
Til bilish — madahiyat belgisi hamdir. Xalqimiz ta'biri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o'rganish va ular bilan tinch va ahil yashash imkonini bergan.
Xulosa
Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g'urur-iftixor qilish milliy ma'naviyat, o'zlik ifodasi bo'lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo'shimcha bilim quroliga ega bo`lishdir.
Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə