O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin. Katta guruhda


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni o‘rganish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə11/17
tarix03.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#104119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarz

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni o‘rganish.
М аktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkin-ki bolalar tevarak-atrofini oriyentirovka qilishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy terminlardan murakkabroqda, tevarak-atrof terminlariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqdaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
B оla oriyentirovka qilishga o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki«o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yanakeyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki o‘ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni oriyentirovka qilishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg’ulotlarni tashkil etishga qo‘yilgan metodik talablar.
Reja:

  1. Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablar.

  2. Mashg‘ulot tuzilishi.


Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

  1. Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni haftaga teng taqsimlash.

  2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘ulotlar qo‘yiladi.

  3. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.

  4. Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab etadigan, kam harakatli mashg‘ulotlar rejalashtiriladi (tevarakatrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.

  5. Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.

Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo‘ladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e’tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilmaxilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishi, mashg‘ulotga tayyorlanishi, tabiat burchagida navbatchi vazifasini bajarish, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur. Kichkina guruh bolalarning ko‘p vaqti guruh xonasida o‘tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o‘yinchoq va qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlash bolalarning to‘laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o‘yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2—3 ta bo‘lib o‘ynashlarini e’tiborga olib joylashtirilishi, bir qancha o‘yinlar uchun o‘yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o‘yinchoqlar ham bo‘lishi kerak, qolgan o‘yinchoqlar, rasmlar, shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirilishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o‘ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak, harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo‘yiladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə