Orxona va uning personali


Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga



Yüklə 137,46 Kb.
səhifə11/12
tarix19.06.2023
ölçüsü137,46 Kb.
#118002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu PB

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;

  • ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, savdo, xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan qirq kishi, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — ko‘pi bilan yigirma kishi, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish soha sining boshqa sohalarida ko‘pi bilan o‘n kishi bo‘lgan kichik korxonalar kiradi.
O‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga — xodimlarning o‘rtacha yillik soni sanoatda — 100, qurilishda — 50, qishloq xo‘jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida — 30, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmokdarida 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan korxonalar kiradi.
Xususiy korxonani uning egasi korxonaning rahbari sifatida yakka o‘zi boshqaradi. Mulkdor korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘ra oladi, pul mablag‘lari hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlari ochadi, shtatlarni tasdiklaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruklar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Xususiy korxona mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

  • xususiy korxona nizomiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;

  • xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lagandan so‘ng qolgan foydadan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish.

Xususiy korxona mulkdorlari o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqsirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yozma qaror bilan yuklanishi mumkin. Bunda u muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.
Turli sabablarga ko‘ra (vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi va hokazolar), mulkdor xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va xususiy korxona nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 137,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə