Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi


Т.,1961, “Социалистическое переустройство 
сельского хозяйства в Узбекистане (1917-1926 гг.)”. Сборник документов. 

Т., 
1962, «Иностранная военная интервенция и гражданская война в Средней 
Азии и Казахстане». Сборник документов. Том 1. 

Т., 1963., Том 2. Алмаата, 
1964.«O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari»seriyasidan quyidagi to‘plam e’lon 
qilingan: Г.Д. Романовский. Сборник документов. 

Т., 1961. Shuningdek, 2 ta 
ilmiy ommabop to‘plamlar: «Письма с фронта» (Т., 1965) va "Frontdan xatlar" 

(T., 1965) chop etilgan. Arxivchilarning matbuotda, radio va televidenielarda 
chiqishlari ancha kengaydi. 1961

1965 yillarda O‘zbekiston arxivchilari gazeta va 


77 
jurnallarda 301 ta, 1966

1967-yillarda 208 ta maqola e’lon qildilar. 1963

1967- 
yillarda 240 radio eshittirish va 32 teleko‘rsatuv tashkil etdilar. 
1986

1990-yillarda arxiv ishlarini tashkil qilishda muhim o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar arxiv ishini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli 
kompleks dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublikaning arxiv 
hujjatlarini e’lon qiluvchilari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon 
qilishni jadallashtirish dasturini bajarish sohasida faol mehnat qildilar. Arxiv 
hujjatlaridan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. 1986

1990-yillarda 1981

1985- 
yillarga nisbatan fuqarolarning 12 mingdan ortiq ijtimoiy huquqiy toifadagi 
fuqarolar so‘rovi ijro etildi. Respublika va mahalliy davlat arxivlari har yili 20 
mingdan ortiq fuqarolar so‘rovini bajardilar. Faqat birgina 1986-yilda 59 ko‘rgazma, 
112 radioeshittirish va 6 teleko‘rsatuv tashkil qilindi va 185 maqola e’lon qilindi. 
1986

1990-yillarda 7 hujjatlar to‘plami chop etildi. 1989-yilda «Axborotnoma» 
byulletenining nashr qilinishi qayta tiklandi. Demokratiya va oshkoralik sharoitida 
maxfiy hujjatlarni ochiq hujjatlar qatoriga o‘tkazish kengaydi. 1987

1990-yillarda 
respublika davlat arxivlarida 99,9 ming yig‘majildlarning maxfiylik belgisi olib 
tashlandi va ochiq hujjatlar qatoriga qo‘shildi. Bu tadbir arxiv hujjatlaridan 
foydalanishni kengaytirdi. 1986

1990-yillarda davlat arxivlarining o‘quv 
xonalarida 3 mingga yaqin tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatildi va ularga 50 mingdan 
ortiq yig‘majildlar foydalanish uchun berildi. 
Sovet Ittifoqining oxirgi yillari va mustaqillikning dastlabki yillaridagi arxiv 
hujjatlaridan tadqiqotchilarning foydalanishi xususida A.Burton quyidagicha fikr 
bildiradi. “Partiyaga sodiq bo‘lgan o‘zbek tarixchilari O‘zbekistonda marksistik-
leninistik g‘oyalarining yoyilishi va tarqalishi tarixini o‘z ichiga oladigan bir qator 
hujjatlar ustida ish boshladilar va ular Ittifoq to‘g‘risida “ob’ektiv” dalillarni keltirib 
o‘tishni maqsad qilishdi. O‘zbekistondagi partiya arxivlarida ishlash imkoniyatiga 
ega bo‘lgan ilk chet ellik tarixchi Hindiston Universiteti doktoranti Shoshana Keller 
hisoblanadi. U sovet davridan keyingi davrni ko‘zdan kechirgan va O‘zbekiston 
Xalq Demokratik partiyasining markaziy sovet partiyasi arxivi deb qayta nomlangan 


78 
kommunistik partiya arxiv hujjatlaridan foydalangan” (Antonina Burton. Archive 
Stories.(facts, fictions and the writing of history). 

London.2005.

R.54.).

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə