Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi


London.2005.

P.51.). 
Urushdan keyingi yillarda fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar 
kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv 
hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq 
foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. 


69 
Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga 
solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR 
Ministrlar Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini 
yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon 
qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar,
arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954-yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari 
tartibga solindi. 
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma 
tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish 
uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», 
«Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» 
shular jumlasidandir. 
1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini 
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni 
tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora 
arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan 
hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini 
beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar 
bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. 
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu 
bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida 
respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari 
tartibga solindi. 
Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga 
ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga 
yaqindan yordam berishdi. 1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish 
kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday 
tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, 
ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish 
yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. 


70 
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston SSR 
Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili 
O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin 
viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni 
saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. 
Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 
1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, 
idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar 
o‘tkazildi. 1947-yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov 
birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955-yili 8 shahar va 138 tuman davlat 
arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan. 
1946

1955-yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» 
(1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917-yillar) ana shunday 
hujjatlar to‘plamidir. 
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR 
Ministrlar Sovetining 1956-yil 31-martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv 
materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash 
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi. Respublika hukumati arxiv 
tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, 
ma’lumotnomalar, 
arxiv 
fondlari 
axborotnomalarini 
tayyorlashni 
va 
«O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi. 
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi 
ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari 
nashr qilindi. Shu jumladan Oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga 
doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» 
nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi. 
XX asr 60-yillaridan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining 
kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967-yillarda 50 mingdan ortiq kartochka 
yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil 
qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga 


71 
kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga 
qo‘shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar 
hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish 
ishlarini engillashtirmoqda. 
1960-yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 
1964-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu 
ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta 
qulayliklar yaratdi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə