O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


 “Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

 
1. “Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi.
Avesto» Turon-u Eron xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Zardushtiylik 
islomga qadar O`rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. (Unga oid nazariy 
ma`lumotlar 
«Avesto» kitobining so`nggida T.Mahmudov tomonidan yozilgan 
«Avesto haqida» maqolasida keltirilgan
: T.Mahmudov. «Avesto» haqida. Avesto. T., 
2001). 
Ovrupada Zardusht ta`limotining «Zoroastr» - «Zoroastrizm» shaklida yoyilib 
ketishiga sabab bu ism yunon tilidagi «stron» (yulduz) so`ziga o`xshashligidir.
Qadimgi rivoyat hamda manbalarda Zardusht donishmand - astrolog sifatida qayd 
etilib, uning ta`limoti G‘arbga tomon tarqalgach, «Zoroastrizm» tarzida zikr etila 
boshlagan. 
«Avesto»ning yurti haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Ba`zi olimlar 
zardushtiylikning vatani Parfiya (Turkmaniston), yana boshqalari Midiya, Sharqiy 
Eron , Baqtriya desalar, Struve, Trever, Rapoport, Oldenburg, Proxorov, Meri Boys, 
Dyakonov, Bartold, Lukonin, Avdiev singari olimlar Turonzaminda (Xorazm, 
Baqtriya, So`g`diyona, Farg`ona) paydo bo`lib, so`ngra Eron va boshqa 
mamlakatlarga tarqalgan degan fikrni bildiradilar. 
Zardushtiylik bo`yicha 4 tomlik asar muallifi Meri Boys (ingliz) ham 
otashparastlar dinining muqaddas kitobi «Avesto» qadimgi Xorazm vohasida paydo 
bo`lganini qayd etadi.
Bu faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, H.Homidov, A.Qayumov, 
Y.Jumaboev, M.Is’hoqov, A.Saidov, F.Sulaymonova kabilarning tadqiqotlarida ham 
o`z ifodasini topgan. 
2. “Avesto” – zardushtiylikning muqaddas kitobi.
«Avesta» 
zardushtiylik 
(zoroastrizm) 
dinining 
muqaddas 
kitobidir. 
Zardushtiylikning kurtaklari ibtidoiy jamoa davrida vujudga keldi. Zardushtiylik dini 
quldorlik va ilk feodalizm davrida O`rta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda asosiy diniy 
e’tiqodlardan biri sifatida keng tarqaldi, bu din sinfiy jamiyatda, ibtidoiy jamoa 
davridagi ayrim demokratik elementlarini saqlab qolgan bo`lishiga qaramay, 
quldorlar va feodallarning dunyoqarashi va manfaatlarini ifodaladi. Arab 
bosqinchilari istilosi (VII-VIII asrlar)dan so`ng ham zardushtiylik dini birmuncha 
vaqt saqlanib qoldi. 


13
«Avesta» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo`lishi bilan birga, u uzoq 
asrlarning tarixi, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, madaniyati, tili, yozuvi va xalq og`zaki 
ijodining manbai, muhim yodgorligi sifatida qadimgi O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron 
va boshqa mamlakatlarni o`rganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir. 
«Avesto»ning, xususan, uning qadimgi qismlarining vujudga kelgan joyi 
masalasi juda munozaralidir. Bu munozara dastavval «Avesto»ning asosini tashkil 
etgan zardushtiylikning paydo bo`lishi haqijagi tortishuvlar bilan bog`liqdir. Bu 
masalda olimlar o`rtasida bir-biriga qarama-qarshi ikki xil qarash bor. Bu 
qarashlarning biri - zardushtiylik Midiyadan tarqalgan deb hisoblovchi «G`arbiy» 
nazariya bo`lib, ikkinchisi - zardushtiylik dastlab O`rta Osiyoda paydo bo`lgan degan 
«Sharqiy» nazariyadir. O`tmishning va hozirgi davrning ko`pchilik sharqshunoslari 
«Sharqiy» nazariya tarafdorlaridirlar. 
Tarixiy faktlar, lingvistik ma’lumotlar «Sharqiy» nazariyaning to`g`riligini 
quvvatlaydi va isbot qiladi. Xuddi shuningdek «Avesta»dagi geografik atamalar ham 
uni Midiya bilan emas, balki O`rta osiyo bilan bog`laydi. Rivoyatlarga qaraganda 
zardushtiylikning asoschisi bo`lgan Zardusht - Zardushtraning tug`ilgan mamlakati 
ta’rifida «Avesta»da bunday deyiladi: U shunday «mamlakatki, u erda son-sanoqsiz 
qo`shinlarga bahodirlar sardorlik va yo`lboshchilik qiladi, o`tloqlar va suvga serob 
baland tog`lar chorvachilik uchun zarur bo`lgan barcha narsani etkazib berib turadi. 
U erda sersuv chuqur ko`llar bor, kema qatnaydigan keng daryolar (bu daryolar 
Amudaryo va Sirdaryodir) o`zlarining to`lqinli suvlarini shiddat bilan Iskat 
(assuriycha «assuriycha» «Ishkuzan» - Skifiya), Pourut (Qobil daryosi vodiysi), Mour 
(Marv), Xareva (Ariya), Gav (So`g`ddagi bir oblast), So`g`da (So`g`d), Xvayrizm 
(Xorazm) mamlakatlariga eltadi». 
«Avesto», shubhasiz, O`rta Osiyo doirasi bilan chegaralanib qolmadi. U uzoq 
tarixiy tarqqiyot bosqichini kechdi; zardushtiylikning Eron, Ozarbayjon va boshqa 
o`lkalarga tarqalishi bilan «Avesta» ham u joylarga kirib bordi; unga turli o`zgarish 
va yangiliklar kiritildi. «Avesta»ga O`rta Osiyo xalqlarining (tojiklar, turkmanlar va 
o`zbeklarning) qadimgi ota-bobolari asrs asos solishi bilan birga, unga eronliklar 
ham, ozarbayjonlar ham katta hissa qo`shdilar. Bu «Aevsta»ga ma’lum mushtarak 
yodgorlik tusini berdi. 
An’anaviy ma’lumotlarga qaraganda, «Avesta» eramizdan avvalgi VII asrning 
oxiri va VII asrning boshlarida yaratilgan. Unga Zardusht asos solgan (Beruniy 
ma’lumoticha, Zardusht Ozarbayjonda tug`ilgan. Biroq fanda Zardusht shaxsi, uning 
o`tgan-o`tmagani haqida, shuningdek, «Avesta»ning makoni haqida hamon 
munozarali fikr-mulohazalar davom etib keladi). Lekin «Avesta»ning shakllanishi va 
takomilini bir kishining nomi bilan bog`lab bo`lmaydi. Chunki u uzoq davrlarning 
mahsuli bo`lib, bu davrlar davomida qayta-qayta ishlangan. 
«Avesto»ning muqaddas kitob sifatida to`la shakllanilishi esa eramizdan 
avvvalgi birinchi ming yillik o`rtalariga to`g`ri keladi. 
Ko`pchilik manbalardagi an’anaviy ma’lumotlarga qaraganda, «Avesto» 21 nask - 
kitob (qism)dan iborat bo`lgan ekan. Biroq Aleksandr Makedonskiy va arab 
bosqinchilari istilosi natijasida ulardan ko`pi yo`qolib, juda oz qismi saqlanib qolgan. 
Bizga qadar saqlanib qolgan «Avesto» yodgorliklarining eng qadimgi nusxasi 1324 


14
yilda ko`chirilgan bo`lib, u Kpengagenda saqlanadi. «Aevsto»ning ayrim nusxalarida 
aevsto tilidagi tekst bilan birga pahlaviy tilidagi sharhli tarjimalar ham bor. Sharhlar 
«Zend Avesto» deb nomlangan. «Avesto» teksti sanskrit tili (qadimgi hind tili)ga 
ham sharhlar bilan tarjima qilingan. U ayrim Evropa tillariga, uning bir necha qismi 
esa rus tiliga ham tarjima qilingan.

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə