Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Majhul nisbat va buyruq-istak mayli 
shaklidagi qo‘shimchalarning ma’no, vazifasiga e’tibor bering va daftaringizga 
ko‘chiring. 
1. Bosh muhandis Shavkat Azimov 2002-yilning 16-mayidan 23-mayigacha 
Farg‘ona shahriga xizmat safariga yuborilsin. 2. II kurs talabalarining 
o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun quyidagilardan iborat komissiya 
tuzilsin. 3. Yulduzxon Ibrohimjon qizi 2009.21.05 dan xodimlar bo‘limi 
boshlig‘i lavozimiga qabul qilinsin. 4. Ilmiy bo‘lim bosh mutaxassisi I.Azizov 
navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib, 2009.12.08 dan o‘z vazifasini bajarishga 
tushdi deb hisoblansin. 5. Laboratoriya jihozlari va boshqa buyumlarini 
yo‘qlamadan o‘tkazishda quyidagi muddatlar belgilansin. 6. Buyruqni nazorat 


 22 
qilish bosh buxgalter N. Usmonov zimmasiga yuklatilsin. 7. Lobar Abduroziq 
qizi 2009.28.09 dan 50000 so‘mlik maosh bilan Yunusobod tumani xalq ta’limi 
bo‘limining bosh metodisti lavozimiga tayinlansin. 
2-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari asosida buyruq matniga oid gaplar 
tuzing. O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat 
shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama 
o‘tkazish uchun, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursiga yuborilganligi 
sababli, mashg‘ulotlarga qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m 
miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun. 
3-topshiriq. Namunaviy buyruq shakli asosida fakultetingizda o‘tkazilgan 
ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang. 
F A R M O Y I SH
Muassasa ma’muriyati (dir
е
ktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, 
uning o‘rinbosarlari), shuningd
е
k bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy 
masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal 
qilish muddati ch
е
klangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor 
shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi 
kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida 
“BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT 
B
Е
RAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə