19
4-mavzu.
F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dir
е
ktor)ning buyruq,
ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga k
е
ladi.
B U Y R U Q
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa
oldida turgan asosiy va
kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan
buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga
oid.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki
uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi.
Buyruq
loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi
bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni
muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va
farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad,
shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi.
Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish
qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini
bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng
farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib,
arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda
biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul
nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi
(tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish
kimga yuklatilgani qayd
etiladi.
20
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham
ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: