Ozbek tilida ish yuritish


Eslatma: Xizmat safari vaqtida bir nechta joylarga borilganida kelish va ketish alohida qayd etiladi. Topshiriqlar



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Eslatma: Xizmat safari vaqtida bir nechta joylarga borilganida
kelish va ketish alohida qayd etiladi.
Topshiriqlar: 
1-topshiriq. „Talaba nizomi“ni o‘qib chiqing. Hujjatning zaruriy qismlarini 
yod oling.
2-topshiriq. Mehnat shartnomasidagi rahbar va xodimning majburiyatlari 
nimalardan iboratligini aytib bering.
3-topshiriq. Xizmat safari guvohnomasi shakli asosida guvohnomani 
to‘ldiring.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 19 
4-mavzu. 
F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I 
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dir
е
ktor)ning buyruq, 
ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga k
е
ladi. 
B U Y R U Q 
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va 
kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan 
buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga 
oid.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki 
uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi.
Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi 
bilan kelishilgan holda tuziladi. 
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va 
farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, 
shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. 
Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish 
qismi beriladi. 
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini 
bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng 
farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, 
arabcha raqamlar bilan belgilanadi. 
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul 
nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi 
(tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi). 
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd 
etiladi. 


 20 
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham 
ko‘rsatiladi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə