Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

 
 
 
 
 
 
 


 23 
5-mavzu. 
M A ‘ L U M O T – A X B O R O T H U J J A T L A R I 
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish 
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, 
bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, 
tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, 
hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
A R I Z A
Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, 
taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza 
amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va k
е
ng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab 
o‘quvchisi va talaba, m
е
n
е
j
е
r va agronom yoki f
е
rm
е
r, muhandis va olim, 
tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli 
emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan 
muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga
maktab dir
е
ktoriga, oliy o‘quv yurti r
е
ktoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, 
tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini 
ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga 
yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy 
qismlariga ega.
Arizaning 
zaruriy 
qismlari 
barcha 
arizalarda 
ham 
birday 
takrorlanav
е
rmaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora 
rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur 
bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini 
ko‘rsatsa, kifoya. Shuningd
е
k, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati 
bo‘lmaydi. 


 24 
Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar 
ifodalanishi lozim: 
- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota 
ismi va familiyasi; 
- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; 
- hujjat nomi (Ariza); 
- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); 
- zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi; 
- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); 
- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining 
bosh harflari, familiyasi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə