Ozbek tilida ish yuritish


-mavzu.  M A’ L U M O T N O M A



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

7-mavzu. 
M A’ L U M O T N O M A 
Bo‘lgan voq
е
a yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot b
е
rish 
mazmunida ifodalaydigan hujjat ma’lumotnoma deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z 
xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy 
ma’lumotnomaga bo‘linadi.
X i z m a t m a ‘ l u m o t n o m a s i - muassasa faoliyatiga doir voq
е
a-
hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega 
bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli 


 36 
jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab 
chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning 
bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, m
е
hnat intizomining ahvoli 
haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. 
Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi 
lozim. Masalan: «Kontrakt to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar soni 
haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana 
ko‘rsatiladi. Masalan: «2009- yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi. 
S h a x s i y m a ‘ l u m o t n o m a - muassasalar tomonidan 
fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voq
е
a-hodisalar va holatlarni 
tasdiqlab b
е
radigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy 
hujjatdir. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagilarga berilishi mumkin: 
- muassasa xodimga uning qay
е
rda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi 
haqida;
- o‘quvchi va talabaga esa qay
е
rda o‘qishi haqida;
- fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd qilish (FHHQ - ZAGS); 
- notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi 
yoki vafot etganligi to‘g‘risida nikoh bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida 
(hujjatlar yo‘qolganda);
- tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, 
nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; 
- shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida;
- mahalla qo‘mita yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, 
egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida 
ma’lumotnomalar b
е
radi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning 
oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat 
ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular 
yo‘llangan idora yoki shaxs nomi ko‘rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so‘ngida 


 37 
ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan 
foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda 
shaxs haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l 
shakli orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi kabi). 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə