Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

4-topshiriq. Yaqin qarindoshlaringizning ish joylari haqida o‘z tumaningizdagi 
biror yuqori idora nomiga malumotnomalar namunasini tayyorlang. 
5-topshiriq. O‘z guruhdoshlaringizdan uchtasining yashash joylari to‘g‘risida 
ma’lumotnoma matnlarini tuzing. 
B I L D I R I S H N O M A 
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan 
aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir 
voq
е
a va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan 
mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon 
qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. 
Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. 


 39 
I c h k i b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga 
yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. 
T a s h q i b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga 
yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qog‘oziga 
ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida 
qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan 
va ishonarli bo‘lmog‘i k
е
rak.
Shuning 
uchun ham 
bildirishnomalarda 
chiqarilgan 
xulosalarni 
tasdiqlovchi, 
voq
е
a-hodisalarga, 
qonunchilik 
ko‘rsatmalariga, 
t
е
gishli 
hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani b
е
vosita 
muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa 
dalillarga havolalar qilinishi zarur. Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan 
iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voq
е
alar bayon 
qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish harakatlar haqidagi takliflar 
aks etmog‘i zarur.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat to‘g‘risida xabar 
berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa 
chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda 
xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. 
Agar bayon qilinayotgan malumotlar aniq sana yoki vaqtga tegishli 
bo‘lsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan ko‘rsatilishi lozim. Masalan: 2008-yil 
10-oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə