Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Quyidagi qoliplashgan birikmalarni daftaringizga ko‘chirib oling 
va xotirangizda saqlab qoling. Bu birikmalardan foydalanib, o‘quv 
mashg‘ulotlariga qatnashmaganingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing. 
Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotganligi uchun
nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi sababli, joriy etilganligi munosabati 
bilan, imkoniyati yo‘qligi tufayli, vafot etganligi sababli, ob-havo noqulayligi 
uchun, o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli, 
e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli. 
B A YO N N O M A 
Turli yig‘ilish, k
е
ngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis 
qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda 
qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.


 42 
Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan 
biridir. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va 
rasmiylashtiriladi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-
mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu 
axborotlarning aniqligi, to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va 
kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar. 
Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘l adi. 
Qisqa bayonnomada yig‘ilishning kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda 
qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi. 
To‘liq bayonnomada esa majlisda so‘zga chiqqanlarning barcha fikr-
mulohazalari to‘liq berilishi lozim. 
Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida 
yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish 
joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 
kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi. 
So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va 
ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. 
Asosiy matndagi uch qism: ESH1TILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, 
QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta 
qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi. 
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar 
rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganid
е
k, bayonnomadan 
ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga y
е
tkazilishi 
k
е
rak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama 
etilgan bo‘lsa, k
е
rakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə