Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Telefonda so‘zlashish odobiga oid jumlalarning 
ma’nosini izohlang. 
Agar siz qo‘ng‘iroq qilsangiz, albatta, gapni salom-alikdan boshlang. 
Shundan so‘ng o‘zingizni taniting (ish yuzasidan telefon qilsangiz xizmat 
vazifangizni ham aytganingiz ma’qul) va kerakli joyga tushdingizmi yoki 
yo‘qmi shuni aniqlab oling. Kerakli joyga tushganingizga ishonch hosil 


 55 
qilganingizdan so‘ng, sizga zarur bo‘lgan kishini chaqirib berishlarini iltimos 
qiling. Hol-ahvol so‘rab, asosiy maqsadga o‘ting. Telefonda qisqa, lo‘nda 
gaplashishga harakat qilishingiz lozim. Xayrlashib bo‘lganingizdan keyin 
telefon dastagini birinchi bo‘lib siz qo‘ying, chunki telefon raqamini siz 
tergansiz. 
Agar sizni telefonga chaqirishsa, «Labbay» yoki «Eshitaman» deb javob 
qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechirim so‘rashsa, «marhamat, hechqisi 
yo‘q», deb dastakni qo‘ying. Telefon orqali muloqot qilayotganingizda 
xodimlardan biri huzuringizga kelib muhim ishi borligini aytib qolsa, 
hamsuhbatingizdan uzr so‘rang va ma’lum vaqtdan keyin unga o‘zingiz 
qo‘ng‘iroq qilishingizni aytib, telefon dastagini ohista qo‘ying. Telefonda 
gaplashayotganda o‘tirgan joydan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yoki boshni 
egib gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu holatda gaplashsangiz 
atrofdagi xodimlarning g‘ashiga tegasiz. 
2-topshiriq. Telefonogrammani o‘qing, shu asosda institutingizda «Kamolot» 
yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lishi haqida 
telefonogramma namunasini yozing. 
«Ustoz» jamg‘armasi
Yetkazuvchi — kotiba
Salimova.
Tel: 45-16-20 
TKTI qoshidagi akademik litsey 
direktoriga
Qabul qiluvchi — kotiba
Turopova. 
Tel: 46-36-95 soat 15:30 
TELEFONOGRAMMA 
2008.18.04. Toshkent.

14 
Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi yig‘ilishi 
qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150 rusumli kompyuter 
ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni 
yuborishingiz lozim. 
Jamg‘arma raisi I.Shodmonqulov


 56 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə