Ozbek tilida ish yuritish


 Taftish komissiyasining hisoboti



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

 
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
 
3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.
 
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi.
 
 
Topshiriq: Fakultetda o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon yozing.
 
H I S O B O T 
Muayyan vaqt uchun r
е
jalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning 
bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida 
ma’lumot b
е
ruvchi hujjat hisobot deyiladi.
Hisobotda k
е
ltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi k
е
rak.
Hisobotda quyidagilarga e’tibor b
е
riladi: nima mo‘ljallangan yoki 
topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor b
е
rildi, qanday 
y
е
tishmovchiiklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish k
е
rak. 
hisobo oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi 
ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. R
е
jalashtirilgan ish haqidagi 
hisobotlar amalda k
е
ng qo‘llanadi.  
 
Topshiriq: Fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada hisobotini yozing.


 49 
 8-mavzu. 
X I Z M A T Y O Z I S H M A L A R I 
Muassasalar o‘rtasida xizmat aloqalari asosan rasmiy xatlar orqali 
amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, 
javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul 
qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki turga 
ajraladi: 
1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (davo xatlar, so ‘rov xatlar, iltimos xatlar 
kabi). 
2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, 
kafolat xat kabi). 
Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bo‘lgani uchun maxsus bosma ish 
qog‘ozlarìga yoziladi. Oddiy qog‘ozga yozilgan taqdirda chap tomonining 
yuqori burchagiga muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yilishi 
lozim. 
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Lavozimi aniq 
ko‘rsatilgan rahbar tomonidan imzolangan xatning birinchi nusxasi jo‘natilib, 
ikkinchisi muassasada qoladi. 
Xizmat xatlari mantiqan izchil uch qismdan iborat bo‘ladi. Kìrìsh qismida 
tegishli muassasaga murojaat qilishga asos bo‘lgan sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchì 
qismda xatda ko‘tarilgan masalani hai etish kerakligi dalil asosida bayon 
qilinadi. Xulosa qismida xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aytiladi. 
Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- xat qisqa bo‘lishi, qoidaga ko‘ra bir betdan oshmasligi kerak; 
- fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart; 
- matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar ishlatilmasligi zarur; 
- gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik 
yoki birinchi shaxs ko‘plik sonda shakllantirilishi lozim; 


 50 
- matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi, «to‘g‘risida» 
yoki «haqida» ko‘makchilari orqali tugatilishi kerak («Institut sport maydonini 
ta ‘mirlash to‘g‘risida» kabi); 
- matnda xizmat xatining turi, nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn 
mazmunida aks etishi zarur. 
Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, 
yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda o‘rinli 
taklif yoki e’tiroz bildirilishi mumkin. Ammo mutasaddi rahbarga nisbatan 
hurmat saqlanishi, murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda: 
- rahbarga murojaat shakli «Siz» so‘zini bosh harfda yozish orqali ifodalanadi 
(Sizga, Sizdan kabi); 
- fikriy bog‘liqlik «bu», «ushbu», «mazkur», «shu sababli», «shunga ko‘ra 
(muvofiq)» kabi so‘zlar yordamida ta’minlanadi; 
- taklif va e’tirozlar «bizningcha», «shartnomaga ko‘ra», «biroq», «shu bilan bir 
qatorda», «deb o‘ylaymiz» kabi so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalanadi. 
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Kundalik 
turmushda, asosan, oilaviy yoki do‘stona munosabatlarni ifodalovchi xat, 
maktub keng qo‘llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining 
cheklanmaganligi, 
shakliy 
mustaqilligi, 
matn 
mazmunining 
ichki 
kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik 
kabilarning oddiy so‘zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi 
bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va hamkorlik 
munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. 
Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. 
Bular yarim rasmiy tusda bo‘lib, ularda davlat boshliqlari, diplomatik 
xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg‘a taqdim etish
minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal 
qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli 
ravishda bunda adabiy til me’yoriga to‘la amai qilinadi. 


 51 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə