Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 
1-topshiriq. a) xat matnini o‘qing, uning mazmunida nima ifodalanganini 
aniqlang. 
Institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 18-oktabr soat 
19:00 da namoyish etiladigan «Zebuniso» spektaklini tomosha qilish uchun 
institutimiz talabalariga 120 (bir yuz yigirma)ta chipta ajratishingizni so‘raydi. 
Chiptalar qiymati pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. 
b) ushbu iltimos xatining kimga jo‘natilganligini, kim tomonidan imzolangani 
kabi zaruriy qismlarini qo‘yib daftaringizga ko‘chiring. 
2-topshiriq. Berilgan shakl asosida mahsulot turini ko‘rsatgan holda da’vo xati 
mazmunini to‘ldiring.
___________ yetkazib berish kechiktirilgani
(mahsulot turi) 
uchun jarima to‘lash haqida
DA’VO 
_______dagi 
________raqamli shartnomaga binoan Siz_______________ ga 
(sana) (tashkilot nomi) 
bahosi _____________ bo‘lgan____dona ________ yetkazib berishingiz kerak edi. 
(so‘m so‘z bilan) (tovar nomi) 
Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda ________ __kun
(tovar nomi) 
kechikib yetkazib berildi. 
Shartnomaning bandiga muvofìq, tashkilotingiz muddatida yetkazib 
bermagan ______ so‘mlik __________ ________ bahosidan ___ % miqdorida
(tovar nomi) 
Sizning hisobingizga _________ so‘m jarima yozildi. 
Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning ____________ 
hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman. Mazkur summa belgilangan 
muddatda to‘lanmagan taqdirda ish xo‘jalik sudiga oshiriladi. 
Direktor
(imzo) B. Karimov 
 


 52 
3-topshiriq. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida 
kafolat xatini yozing. 
Savollarga javob bering: 
1. Da’vo xatlari qanday maqsadlarda yoziladi? 
2. Iltimos xati qanday zaruriy qismlardan tashkil topadi? 
3. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi farqlarni izohlab 
bering. 
4. Ilova xati qaysi holatlarda yoziladi? 
5. Xizmat xatlarining qaysi turlari uchinchi shaxs nomidan yoziladi? 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə