Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

T A R J I M A Y I H O L 
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon 
qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega 
emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil 
tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol) 
2. Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy k
е
lib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish 
joyi);


 34 
e) ma’lumoti (qay
е
rda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra 
mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari; 
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adr
е
si), t
е
l
е
foni.
3. Sana. 
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan 
(iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) b
е
riladi. Barcha raqamlar arab 
raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi k
е
rakki, u bilan 
tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga 
ega bo‘lsin. 
Topshiriqlar: 
1-topshiriq. 
Matnni 
o‘qing, 
uning 
zaruriy 
qismlarini 
aniqlang 
va tavsiflang. 
T A R J I M A Y I H O L 
Men, Sobirov Nodir Nozim o‘g‘li, 1985-yil 27-iyunda Buxoro shahrida 
xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Sobirov Nozim viloyat yo‘l qurilishi 
boshqarmasining bosh muhandisi, Onam – Nomozova Nasiba 18-o‘rta 
maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Oilada 4 kishimiz. Ukam – Nasim 7- 
sinfda o‘qiydi. 
1992-yildan 2002-yilgacha Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. 
Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot 


 35 
fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni 
egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni 
olganman. 
9-sinfni tugatib, 2002-yilda Buxoro davlat universitetining akademik 
litseyiga o‘qishga kirdim. 
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy. 
(imzo) 
N. Sobirov. 
2002-yil 21-may 
2-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini daftaringizga ko‘chiring va 
ma’nolarini izohlang, so‘ngra ulardan foydalanib, o‘z tarjimayi holingizni 
yozing. 
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida 
ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, 
a’zosiman, qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im, jamoat ishi
saylanganman. 
3-topshiriq. Ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy ahvoli birikmalarining ma’nosini 
izohlang. O‘zingizning ijtimoiy kelib chiqishingiz va oilaviy ahvolingiz 
to‘g‘risida kichik matn tuzing. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə