Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

 
Savollar: 
1.
Tilxatdagi yozuvlarni nega o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas? 
2.
Tilxat notarial idoralarida tasdiqlanishi shart bo‘lgan holatlarni izohlang. 
3.
Buyum yoki pul miqdori tilxatda qanday ko‘rsatiladi? 
4.
Qaysi holatda tilxat matnida guvohlar ko‘rsatiladi? 


 29 
6-mavzu. 
T A V S I F N O M A 
Ma’lum bir shaxsning m
е
hnat va ijtimoiy faoliyati, shuningd
е
k uning 
o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma 
deyiladi.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular 
mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga 
kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun k
е
tishda, 
lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) b
е
riladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning 
ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning m
е
hnat faoliyati, ya’ni 
mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi 
muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar 
haqida ma’lumot b
е
riladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati
mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati
jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, 
jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va 
boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi 
ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va 
tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun b
е
rilayotganligi ko‘rsatiladi. 
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi. 
Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq 
ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki 
narsa-voqeani xolisona baholash bilan birga unga munosabat bildirish ham 
muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi 


 30 
sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, 
yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shuningdek, shaxs harakat-holatining belgisini 
ifodalovchi ravishlardan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. 
Tavsifnomada tavsiflanayotgan shaxs haqidagi malumotlar bir-biridan 
vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: ...ning 2- bosqich talabasi, 1988-yilda 
tug‘ilgan, o‘zbek... kabi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə