Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

I S H O N C H N O M A 
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun 
ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma 
hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat b
е
rish kim tomondan 
(muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga 
qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y (x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat 
muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan 
lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil 
qilinganini bildirish uchun b
е
riladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari 
tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi k
е
rak.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) 
muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir n
е
cha kundan bir n
е
cha yilgacha 
bo‘lgan (l
е
kin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun b
е
rilishi mumkin. 
Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
bunday hollarda u b
е
rilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini 
saqlaydi. B
е
rilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Ishonchnomalarning ikkinchi xili s h a x s i y, ya’ni ayrim shaxs 
tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib 


 27 
b
е
rilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum
zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini 
rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun 
ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan o‘ziga tegishli pul 
yoki qimmatbaho narsalarni borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch 
bildirib yozgan hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi 
(ishlamagan taqdirda mahalla qo‘mitasi) tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi 
lozim. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə