O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti “Kasb ta’limi: Qo’g’irchoq teatri aktyorligi” bo’limi Bajardi: B. A. Nurmanova Tekshirdi: M. F. Abrorova



Yüklə 2,63 Mb.
səhifə2/3
tarix11.04.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#105057
1   2   3
Jumanov Javlonbek mustaqil ish

Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi. Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.

Uchinchi simfoniya («Qahramonnoma) yaratilar ekan, xuddi shu davrda, Beshinchi simfoniyaning hamda «Ap-pasionata»ning qoralamasi ham paydo bo’lgan edi. «Qahramonnoma» simfoniyasi va «Avrora» sonatasi oxiriga yaqinlashib qol-ganda Betxoven «Fidelio» operasi ustidagi ishlarni ham allaqa-chon boshlab yuborgan edi. Bu operadan keyin yana Beshinchi simfoniya ustidagi ishlar jonlanadi. Ammo bu ham uzoqqa cho’zilmaydi, chunki endi To’rtinchi simfoniya boshlanib ketadi. 1806— 1808-yillar oralig’ida To’rtinchi, Beshinchi va Oltinchi («Pastoral») simfoniyalar, «Koriolan» uverturasi, fortepiano, xor va orkestr uchun fantaziya yaratiladi.

Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga ke-ladi. U Betxoven yaratgan yakka-yu yagona operadir. Uni muallifningo’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U fransuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida yaratilgan.

Bastakor tomonidan yaratilgan ulkan ijodiy boylik uning shaxsiy hayotidagi parokandalik, nobarqaror moddiy taininot bilan ziddiyatga kelib qolardi. o’zgarishlar kompozitorning bevosita shaxsiy hayotiga ham daxl qiladi. 1799-yilda Ludvig ikki yoqimtoy opa-singillar — Tereza va Jozefina Brunsviklarga dars bera boshlaydi. Yaqin-yaqinlargacha u aynan Terezaga ko’ngil qo’ygan deb hisoblanardi, biroq, yigirmanchi asrda Betxovenning bir xati topildi. Bu xat o’sha davrga tegishli bo’lib, Jozefinaga atalgan.

So’nggi davrdagi barcha asarlardan To’qqizinchi simfoniya ustun turadi. U jahon musiqa asarlari orasida eng mahobatli asar sifatida tan olingan. To’qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o’ylab qo’yilgan edi, ammo bu g’oyani amalga oshirish 1822-yildagina nasib etdi. U Tantanavor messa (Missa solemnis) bilan bir paytda yaratilgan.


Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə