|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI23
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
23
23
tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat
hokimiyatini amalga oshiradi.
3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va
turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda
huquq ham mavjud bo‘ladi.
4. O‘z faoliyatini yuritishga kerak bo‘ladigan zaruriy xarajatlar o‘rnini
qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lov-
lar joriy qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi.
5. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z
suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo‘lishi lozim.
Demak, davlat o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mavjud
bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz.
Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan,
o‘z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha
insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan
siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil
siyosiy tashkilotdir.
Bobokalonimiz Amir Temur tomonidan o‘rta asrlarda
barpo qilingan davlatda uni oddiy jamiyatdan ajratib
turuvchi barcha belgilar mavjud bo‘lgan.
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Bahodir –
yirik davlat arbobi, yengilmas sarkarda, o‘rta asrlarda
eng katta davlatlardan birining bunyodkori, tashqi
munosabatlarda eng oqil yo‘llarni topa bilgan rahbar,
jang san’ati va qonunlarini ishlab chiqqan mashhur
lashkarboshi.
Amir Temur
(1336-1405)
Hikmatlar xazinasidan!
Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir.
Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda
saranjom tutadi.
(
Amir Temur
)
Dostları ilə paylaş: |
|
|