O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy 
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish 
natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim 
muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:
• joriy nazorat
– o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va ma-
lakalarini muntazam ravishda nazorat qilish uchun so‘rovlar, 


Bola huquqlari:
60
nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;
• oraliq nazorat
– chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir 
qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki 
testlar ko‘rinishida olib boriladi;
• bosqichli nazorat
– o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yoz
-
ma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib
unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va 
o‘quv chini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror qilinadi;
• 
yakuniy nazorat – tayanch o‘rta ta’lim va o‘rta ta’lim tu
-
gaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi;
• 
“Chet tili” fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi 
xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimlari sifatini 
nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomo-
nidan belgilanadi.
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bosqichli nazo-
rat imtihonlari va yakuniy attestatsiyalarini o‘tkazish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgi
-
lanadi.
Bu muhim
Umumta’lim muassasalarining V – XI sinflar o‘quvchi
-
lari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli 
topshirganlaridan so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.
Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umum-
ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bi
-
lan o‘quv chilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli 
nazoratdan ozod etilishi mumkin.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
61
O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va 
yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi 
kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tan
-
lovlari, musobaqalari hamda boshqa ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki 
yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga 
to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestat
-
siyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash 
yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi turdagi 
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma)lar beriladi:
• 
tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma – umum
-
ta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini dav
-
lat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv 
fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat 
attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
• tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodat-
noma – umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim das
-
turlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtir-
gan, VII sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, VIII – IX 
sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat 
attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan biti
-
ruvchilarga beriladi;
• 
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma – umumta’lim 
muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim 
standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan 
yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsi
-
yasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
• 
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi (kumush medal bilan) shahodat
-
noma – umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim das
-


Bola huquqlari:
62
turlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan 
va yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan, IX 
sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mav
-
jud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, 
namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan biti-
ruvchilarga beriladi;
• 
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) 
shahodatnoma – umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, 
ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida 
o‘zlashtirgan, IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shaho
-
datnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik, 
yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan, namu
-
nali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf biti-
ruvchilariga beriladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim 
dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tar-
tibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli 
topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma 
beriladi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas
-
diqlanadi.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bi-
lan bog‘liq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, hafta
-
lik o‘quv yuklama) umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga 
asosan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq belgilanadi.
Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish. Maktab 
yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman 
(shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasala
-
riga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim 
muassasasi tomonidan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
63
Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida do
-
imiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 
va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bo-
lalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qo‘yilmagan hol
-
da joylashtiriladi.
Umumta’lim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati or
-
ganlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari maktab 
yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga, o‘rta maxsus va bosh
-
lang‘ich professional ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish, 
o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring 
olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf 
etish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga 
biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida 
umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hi-
soblanadi.
Maktab yoshidagi bolalarni umumta’lim muassasasiga jalb 
etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to
-
monidan belgilanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə