O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bu muhim
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I sinfiga bolalar 
yetti yoshga to‘ladigan yilda tibbiy xulosaga muvofiq qabul 
qilinadi.
Olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bosh
-
lang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha 
ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktab yoshidagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tarti-
bi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


Bola huquqlari:
64
Bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qi­
lish uchun ularning ota­onalari tomonidan quyidagi hujjatlar 
topshiriladi:
• ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori 
nomiga ariza;
• 
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
• 
bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
• 
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab – boshlang‘ich ta’limga 
majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namu-
nasidagi sertifikat.
Bolalar umumta’lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik 
darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’at
-
ga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno.
Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari 
hamda musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muas-
sasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respub
-
likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umum-
ta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jara-
yonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
Umumta’lim muassasasida hujjatlarni yuritish tartibi 
to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va
-
zirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati har yili iyun – avgust 
oylarida o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur 
choralarni ko‘radi.
Xorijiy fuqarolarni umumta’lim muassasalariga o‘qishga 
qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi.
Ota-onalar farzandlarini o‘quv yili davomida yoki u tuga-
ganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir umumta’lim 
muassasasidan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
65
O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir umumta’lim muassasasi
-
dan boshqasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə