O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish. 
O‘quvchilarga tib-
biy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muas-
sasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xo
-
dimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini 
tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena nor
-
mativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quv-
chilarni tibbiy ko‘rikni o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun 
mas’uldirlar.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot 
xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar 
(maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib berila
-
di.
Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psi-
xologik jihatdan ta’minlash psixologlar tomonidan amalga oshi-
riladi.
Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari 
bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maq
-
sadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defek
-
tologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil eti-
lishi mumkin.
Logopediya shoxobchasining tashkil etilishi va faoliyat 
ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan belgilanadi.


Bola huquqlari:
66
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim
muassasalariga qabul qilish
Bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilish jara­
yonini amalga oshirishda:
• 
tuman (shahar) hokimliklari:
– zaruratga ko‘ra tegishli yilning 1-yanvariga qadar umum
-
ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlaydi;
• 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki 
ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari 
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mikrohu-
dudda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi, shu-
ningdek, ma’lumot mavjud emasligi haqida axborot beradi;
• Xalq ta’limi vazirligi:
– umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishda 
O‘zbekiston Respublikasi YIDXPga integratsiyalash imkoniyati 
mavjud bo‘lgan onlayn platformani ishlab chiqadi;
– ushbu platforma uzluksiz ishlashini hamda texnik 
qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi;
– platformada ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumot
-
lar yangilab borilishini ta’minlaydi;
– platformada umumta’lim muassasalariga biriktirilgan 
mikrohududdagi ko‘p qavatli uy va ko‘cha nomlari, mikrohu
-
duddagi maktab yoshidagi bolalar soni, 1-sinfga qabul rejasi, qa-
bul qilingan bolalar soni va bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi ko‘r-
satiladi;
• ariza beruvchilar umumta’lim muassasasiga yo‘llanma 
bilan murojaat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Tosh
-
kent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari tegishli yilning 1-apreliga qadar umumta’lim muas
-
sasalarining 1-sinfga qabul kvotasini belgilaydi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
67

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə