O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Ariza beruvchilar umumta’lim muassasasiga asosiy kvota



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Ariza beruvchilar umumta’lim muassasasiga asosiy kvota 
bo‘yicha qabul qilish uchun yo‘llanmani olgan kundan boshlab 
uch ish kuni mobaynida (yo‘llanma bilan birga) umumta’lim 
muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
• 
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
• 
bolaning 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli 4 dona rangli fotosurati;
• 
ariza beruvchining pasporti nusxasi;
• bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.
Bolalarni umumta’lim muassasasiga qabul qilish yo‘llanma 
taqdim etilganda umumta’lim muassasalari tomonidan belgilan-
gan tartibda rasmiylashtiriladi.
Bolalarni umumta’lim muassasalariga yo‘llanmalar mavjud 
bo‘lmaganda rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada 
o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom 
ekanligi ko‘rsatilganda) bola umumta’lim muassasasiga qabul 
qilinadi.
Umumta’lim maktablari asosiy kvota doirasida to‘liq qam-
rab olingandan so‘ng bo‘sh o‘rinlar qo‘shimcha kvota asosida 
to‘ldiriladi.
Asosiy kvota bo‘yicha belgilangan o‘rinlar yetarli bo‘lmagan 
taqdirda qo‘shimcha kvota hisobiga qabul qilinadi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
71
Bu muhim
Umumta’lim muassasalarining 1-sinflariga tasdiqlan
-
gan qabul kvotalar bajarilgandan so‘ng arizalarni qabul qi-
lish to‘xtatiladi.
Umumta’lim muassasalariga qabul kvotasidan tashqa-
ri va Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali olingan 
yo‘llanmalarsiz hamda sinflarda 35 nafardan ortiq o‘quv-
chilarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Bola huquqlari:
72
O‘QUVCHI ETIKASI
Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa 
vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar ham
-
da tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari 
(smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar)ni chaqiruv ovoz
-
ini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (“Ovozsiz” holatga o‘tkazishi) shart. 
O‘quvchilar ta’lim muassasasida quyidagilarga amal qilish-
lari lozim: 
• 
ta’lim muassasasiga maktab formasida, maktab rahbari
-
yati va pedagog xodimlar esa maktab Ustavida belgilangan kiyim
-
da kelishlari; 
• o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida 
ishga va darsga o‘z vaqtida kelishlari; 
• ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarining o‘ng tomoni-
dan yurishlari; 
• 
jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, 
bunda, o‘quvchilar o‘qituvchilarga, kichik yoshdagilar katta yosh
-
dagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo‘l 
berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qiz-
lar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l 
uzatishlari tavsiya etiladi); 
• kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘l-
masligi; 
• 
kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi; 
• umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va 
ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars ja
-
rayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqi
-
ruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining 
yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida 
o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mus
-
tasno) kiyimlarida bo‘lmasligi kerak.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
73
Ta’lim muassasasi hududida jamoa a’zolarining ota-onalar 
(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari o‘zaro 
hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror 
bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hat-
ti-harakatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə