O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar


Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bola huquqlari oxirgi

Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari 
boshlanishida: 
• o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat 
yuzasidan o‘rinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan 
“Assalomu alaykum” (rus tili va adabiyoti yoki chet tili fanlarida 
tegishli tilda salomlashish) deb salom berishlari
• o‘qituvchi “Vaalaykum assalom” (rus tili va adabiyoti 
yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) deb alik olish
-
lari va uning ruxsatidan so‘ng o‘quvchilar o‘rinlariga o‘tirishlari, 
bunda 1-4-sinf o‘quvchilari o‘quv kunining birinchi dars soatida, 
5-11-sinf o‘quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan o‘qituvchisi-
ga xuddi shunday tartibda munosabatda bo‘lishi lozim. 
Ta’lim muassasasida “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalinishi bilan 
o‘quvchilar o‘qituvchining ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. 
O‘z navbatida, o‘qituvchi dars mavzusini akademik soat regla
-
mentiga muvofiq to‘g‘ri taqsimlashi talab etiladi. 
O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda o‘quvchilar o‘rinlari-
dan turishlari, “Xayr, salomat bo‘ling!” deb hurmat ko‘rsatishlari 
lozim. 
Dars vaqtida o‘quvchiga o‘qituvchining ruxsatisiz sinf xo-
nasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
75
O‘QUVCHILARNING ICHKI TARTIB VA ODOB­AXLOQ 
QOIDALARIGA OID MAJBURIYATLARI
Ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:
• ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 
daqiqa oldin, maktab formasida kelish;
• 
toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlar
-
ni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish
• 
o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga 
esa hurmat ko‘rsatish; 
• o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar 
bilan uchrashganda salom berish; 
• 
ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘sim
-
liklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyu-
ter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfhonalardagi stend va ban
-
nerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; 
• 
ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki 
tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish
• 
ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida bel
-
gilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun 
mo‘ljallangan zarur o‘quv qurollarining bo‘lishi); 
• 
ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, (smart
-
fon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) portfel yoki sumkasi va 
shu kabilarga solib qo‘yish; chiqindilarni maktab binosi va hudu
-
didagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə