O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bola huquqlari: tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/46
tarix07.02.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#100334
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bola huquqlari oxirgi

Bu muhim
Ariza beruvchilardan so‘rovnomada ko‘rsatilma-
gan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish 
qat’iyan taqiqlanadi.
So‘rovnomada ishonchsiz ma’lumotlarning ko‘rsatili-
shi davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hi-
soblanadi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng Davlat xizmatlari marka-
zi xodimi so‘rovnomani qog‘ozga chiqaradi va ariza beruvchiga 
beradi. Ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, uni 
o‘z ERI bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan 
tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar iden-
tifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron 
imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqt-
dan boshlab bir soat mobaynida uni manzil-ma’lumot byurosiga 
yuboradi.


Tug‘ilgandan maktabni tamomlagunga qadar
69
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda so‘rovnoma 
avtomatik ravishda manzil-ma’lumot byurosiga yuboriladi.
Bolaning qarindoshlari tomonidan umumta’lim muassasasi-
ga yo‘llanma olish faqat bolaning ota-onasi tomonidan belgilan-
gan tartibda berilgan (notarial tasdiqlangan) ishonchnoma asosida 
amalga oshiriladi.
Manzil-ma’lumot byurolari so‘rovnoma tushganidan bosh-
lab bir ish kuni mobaynida ariza beruvchilarning mikrohududda 
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi (olinmaganli-
gi), shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi haqidagi ma’lumotni 
tegishli Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazlari manzil-ma’lumot byurolaridan 
ma’lumot tushganidan boshlab bir ish kuni mobaynida QR-kod 
(matrik shtrixli kod) qo‘yilgan yo‘llanmani yoki asoslantirilgan 
rad javobini rasmiylashtiradi.
Ariza beruvchilarning mikrohududda doimiy yashash joyi 
bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi, yo‘llanma berishni rad etish 
uchun asos bo‘ladi.
Yo‘llanma berishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqla-
nadi.
Bunda bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilish 
qo‘shimcha kvota bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchining so‘roviga 
ko‘ra unga yo‘llanmani yoki asoslantirilgan rad javobini elektron 
shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib, mas’ul xodimning 
imzosini qo‘yib beradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda yo‘llanma yoki asoslan-
gan rad javobi ariza beruvchining elektron pochta manziliga 
yuboriladi.
Qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish. Bolalarni umum-
ta’lim muassasalariga qo‘shimcha kvota bo‘yicha qabul qilish har 
yili 10-avgustdan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.


Bola huquqlari:
70
Qo‘shimcha kvota umumta’lim muassasasining o‘quvchilar-
ni qabul qilish uchun malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlan
-
ganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan 
kelib chiqib Kuzatuv kengashining tavsiyasi va umumta’lim 
muassasasi rahbarining buyurtmasi asosida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh 
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari-
ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Bolalarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilish va rasmiylash-
tirish.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə