O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fargʻona davlat universiteti


-mavzu. Asalarizorda naslchilik ishi va ona asalari yetishtirish ahamiyati



Yüklə 140 Kb.
səhifə3/8
tarix04.08.2023
ölçüsü140 Kb.
#120339
1   2   3   4   5   6   7   8
ASALARICHILIKDA NASILCHILIK ISHLARI FAN DASTUR 2022 2023 Yy 1

9-mavzu. Asalarizorda naslchilik ishi va ona asalari yetishtirish ahamiyati.

Asalarichilikda naslchilik ishlarini rivojlantirish, asalari oilasi mahsuldorligini ko‘paytirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu sohani o‘rganish biologiya fani bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olish lozim, chunki asalarichilikdagi selektsiya naslchilik ishlarida irsiyat va o‘zgaruvchanlik xususiyatlari boshqa tirik organizmlardan keskin farq qilishi, asalarichilikda naslchilik ishlari Respublikamizda juda kam o‘rganilgan bo‘lib, bu soha ko‘p izlaniashlar olib borishni taqzo etadi.


10-mavzu. : Asalarilar oilasi ichida tanlash va saralash ishlarini olib borish.
Asalarichilikda tanlash va saralash ishlarini zotli ona asalari tayyorlash yoki toza zotni ko‘paytirish, asalari oilasining kuchini uyadagi asalarilar miqdoriga bog‘liqligi, qishda bitta asalari oilasiga, yoki uning bir rom oralig‘iga sarf qilingan oziqa miqdori, asalari oilasining kuchini uyadagi asalarilar miqdoriga va ona arilarning romdagi nasl bo‘yicha serpushtligiga (ochiq va yopiq naslni birga olganda) qarab baholash, asalarining ko‘chga chiqish, ya’ni oilalarga ajralibuchib ketish xususiyatiga baho berish, bo‘g‘indan bo‘g‘inga o‘tkaziladigan ommaviy tanlash ishlari o‘rganiladi.


11-Mavzu. Asalarining nasl yetishtirishi.
Asalarining bahor va yoz oylarida nasl yetishtirishi, asalari oilasini rivojlanishida o‘ziga xos davrlari, asalari oilasidagi haroratning ahamiyati, ona asalarini tuxum qo‘yishiga ta’sir etuvchi omillar, asalari oilasidagi ochiq va yopiq nasl va boshqa ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
12-mavzu. Asalarining jinsiy a’zolari va nish apparatining tuzilishi.

Asalarining ko‘payishi. Partonegenez hodisasi, onaasalari, erkak va ishchi asalarilarning jinsiy a’zolarini tuzilishi, erkak va ona asalarining juftlashishi, asalari nishining tuzilishi. Asalari jinsiy a’zolarining biologik vazifasi ko‘payish xizmatlarini bajaradi va shu bilan birga o‘z turini tabiatda saqlab qoladi. Asalarilar, odatda, ayrim jinsli (urg‘ochi va erkak) bo‘lib, ularda jinsiy demorfizm ko‘pincha bilinib turadi, ularda tuxumdon va urug‘donlar alohida-alohida jinslarda bo‘ladi. Asalari oilasida har xil jinsli a’zolar bo‘lib, ular erkak asalaridan ya’ni o‘ziga erkak jinsli hujayralarni-spermatazoidlarni saqlab yuruvchi, hamda tanasida yaxshi rivojlangan, ko‘payish a’zolarini saqlab yuruvchi va juda ko‘p miqdorda tuxum qo‘yish qobiliyatiga ega bo‘lgan, urg‘ochi ona asalarilar haqidagi ma’lumotlar beriladi.



Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə