sintetik hisobi 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida
yuritilib, passiv schyot hisoblanadi.
Korxonada mavjud bo‘lgan mashina
va uskunalarning eskirishi
ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. Bu mashina va
uskunalarning eskirishining analitik hisobi
ular uchun alohida-alohida
ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida
aniqlangan eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 —
«Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritiladi. Analitik
schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi.
Oborot (aylanma) vedomostlar
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari
va ularning tashkil topish manbalarining holati haqida, umuman korxona
xo‘jalik faoliyati, moliyaviy natijalariga
baho berish uchun balans
tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari to‘g‘ri
yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans
tuzish uchun aylanma vedomostlari tuziladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik
mablag‘lari yoki ularning tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot
beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya hisobi schyotlari
ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir.
Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning
tashkil topish manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgal-
teriya hisobi schyotlari ma’lu- motlari asosida oylar bo‘yicha
umumlashtirish uchun ochiladi.
Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi
3
:
3
О.В. Каурова, А.Н. Малолетко Бухгалтерский учет предприятия туристской индустрии : учебник / 27-30 стр
1.
Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy
davomidagi harakati va oy oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar
umumlashtirilib, faqat pul
ko‘rsatkichida ifodalanadi.
Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma
vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:
Schyotla
r
raqami
Schyo
tlar
ning
nomi
Boshlan
g‘ich
qoldiq
(so‘mda)
Dostları ilə paylaş: