O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix11.06.2022
ölçüsü2,1 Mb.
#89290
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Орнаник кимё лаборатория.

 
9-laboratoriya ishi 
ОRGАNIK MОDDАLАRNI AJRATISH USULLАRI 
Ajratilgan soat-6 soat 
Ishdan maqsad: 
Orgaik moddalar aralashmasini xromatografik 
kolonkada 
ajratib
tozalashni o`rganishdan iborat.


36 
Identiv o'quv maqsadi:
1.Talaba xromatografik kolonkada organik moddalarni tozalash uchun
laboratoriya qurilmasini yig`a oladi. 
2.Organik moddalar aralashmasini xromatografik kolonkada mustaqil
ajratib
tozalay oladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: 
shisha kolonka, tubi yassi kolba, 
tomizgich voronka, tozalanmagan moddalar 
(
azobenzol va o-nitroanilin o- va p-
nitroanilinlar yoki o- va p-nitrofenollar bo`lishi mumkin) aralashmasi, alyuminiy 
oksid, erituvchi (tozalanayotgan moddaga qarav tanlanadi).
Ishni bajarish tartibi: 
8-10 mm diametrli va 25-30 ml sig’imli shisha 
kolonka (kolonkaning o’rniga shisha jumrakli kauchuk nay va vintli qisqich 
bilan jihozlangan ma’lum hajmdagi byuretka olish mumkin)yaxshilab yuviladi, 
quritiladi va. shtativga mahkamlanadi .Kolonkaning pastki qismiga shisha 
paxtadan tampon quyiladi, kolonkaning pastiga 25-50 ml sig’imli konussimon 
yig’gich- kolbacha quyiladi. 
Kolonka 15 g alyuminiy oksid (“xromotografiya uchun” markali) va 40 
ml erituvchi tetraxlormetandan iborat suspenziya bilan to’ldiriladi. To’ldirish 
paytida adsorbentning bir tekis cho’kishiga e’tibor berish zarur.
Kolonkadagi adsorbentning yuqori qismi etarli darajada tekis va zich 
joylashtirilgan bo’lishi kerak,aks holda,ajraluvchi moddalarning chegarasi ancha 
xiralashib qoladi. 
Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 14-rasmda tasvirlangan qurilma 
yordamida amalga oshiriladi. 
Erituvchining kolonka orqali oqish tezligi 1minda 15-20 tomchiga to’g’ri 
kelishi kerak. Agar tezlik kamaysa uni yuqori qismiga siqilgan havo berish 
bilan ko’paytirish mumkin (rasm). Kolonkadagi erituvchining sathi tamponning 
yuqori qismiga kelganda tajribani to’xtatmasdan turib, tezlik bilan ajraluvchi 
0,1-0,2g azobenzol va o-nitroanilin (1: 1) aralashmasining 15 ml 
tetraxlormetandagi eritmasi bilan kolonka to’ldiriladi.Bu aralashma oldindan 
tayyorlanadi. 
Aralashmani kolonkaga asta –sekin,yig’gich kolbaga minutiga 15-20 
tomchi tushadigan qilib qo’shish kerak.Ajraluvchi aralashma adsorbent 
qavatidan o’tkazilganda kolonkada 2ta bo’yalgan zona paydo bo’ladi; ustki 
qavat-to’q 
sariq 
(o-nitroanilin) 
va 
pastki 
qavat- 
och 
sariq 
(azobenzol).Aralashmaning sathi tamponning ustki qismiga etganda uni 
kolonkadan oqizish batamon to’xtatiladi.Shundan so’ng organik moddalarni 
adsorbentdan yuvib chiqarish operasiyasi bajariladi.Buning uchun oldin 
kolonkadan tetraxlormetan (umumiy hajmi 30-35 ml) 5ml li qismlarga bo’lib 
o’tkaziladi.Kolonkadagi bo’yalgan qavatning harakatini yaxshilab kuzatgan 
holda yig’gichga azobenzolning tetra xlormetandagi och sariq rangli eritmasi 
yig’ladi.Kolonkadagi rangsiz suyuqlik ajrala boshlagandan so’ng, yig’gich 
almashtiriladi va eritmaning sathi tamponning yuqori qismiga etguncha suyuqlik 
tushuriladi.So’ngra o- nitroanilinni yuvib chiqarish uchun kolonkaga dietil efir 


37 
5ml li porsiyalarga bo’lib-bo’lib qo’yiladi (umumiy hajmi 40 ml).Ikkala elyutani 
(azobenzol va o-nitroanilinning dietil efirdagi eritmalarini) aralashtirmay, 
kichikroq Vyurs kolbachalariga quyib,suv hammomida kuchsiz isitish yo’li 
bilan,yoki xona temperaturasida vakuumda har birining hajmi 2-3 ml dan 
qolguncha haydaladi.Undan so’ng tozalab olingan moddalarning massasi 
ularning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi.Azobenzolning suyuqlanish 
temperaturasi 68
0
C. 0-nitroanilinning suyuqlanish temperaturasi 71
0
C.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə