O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə34/165
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#110953
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
9ac1019e71f9854120b6450c7dbb5687 KONFLIKTOLOGIYA FANINING O’QUV USLUBIY MAJMUA

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

“Konfliktologiya” fanini o‘zlashtirish mobaynida talabaning quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga erishishi nazarda tutiladi:



  • bola, katta yoshdagi fuqaro, alohida toifadagi ijtimoiy ish mijozining xalqaro darajada va davlat tomonidan himoyalanganligi kafolatlari haqidagi; aholining huquq va majburiyatlari haqidagi; davlat kafolatlari borasidagi xalqaro va milliy qonunchilik bazasi haqidagi bilimlarni egallash;

  • ijtimoiy ish mijozi muammosi va uni xal etishning qonuniy mexanizmini anglay bilish hamda zarur me’yoriy-huquqiy xujjatga murojaat eta bilish bilan bog’liq ko‘nikmaga;

  • qonunchilik xujjatlari g’oyasi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotni yaxshilash yo‘lidagi ahamiyati borasida tushuntirish-targ’ibot ishlarini olib bora bilish, ongli-tahliliy tushuncha va tafakkur darajasining shakllantirilishi asosida pozitiv tanqidiy-tahliliy hamda konstruktiv fikrlarni ilgari sura olish malakasiga ega bo‘lish va sh.k.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Konfliktologiya” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 5-6-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Ijtimoiy ish asoslari”, “Alohida guruhlar bilan ijtimoiy ish”, “Xavf guruhiga kiruvchi bolalar bilan ijtimoiy ish”, “Mahallada ijtimoiy ish”, “Ijtimoiy himoya muassasalarida ijtimoiy ishni tashkil etish”, “Konfliktologiya” va boshqa fanlar bilan bog’liq ravishda olib boriladi.


Fanning ijtimoiy fanlar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni
Fan asoslari bo‘lg’usi Ijtimoiy ish xodimlari tomonidan ijtimoiy ish amaliyotining qonunchilik asoslarini o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Ijtimoiy isho‘ning qonunchilik bazasining nazariy hamda amaliy jihatdan o‘zlashtirilishi ijtimoiy ishni samarali yo‘lga qo‘yish imkonini oshiradi. Aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi jahon standartlari, milliy qonunchilik kafolatlari, shaxs, davlat huquq va majburiyatlari, shuningdek milliy mafkura g’oyalaridan xabardorlik va konstruktiv tahliliy-tanqidiy munosabatda bo‘la olish talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy dunyoqarashining shakllanishini ta’minlaydi. Ijtimoiy tarix, madaniyat, pedagogika va psixologiya hamda huquq fanlari asoslarining mazkur fan doirasidagi muvofiqlashuvi talabalarning universal bilimlarga ega bo‘lishi imkonini oshiradi. Keng kasbiy salohiyatli ijtimoiy xizmatni yo‘lga qo‘yish himoyaga muhtoj aholiga manzilli yo‘naltirilgan ko‘makning sifati oshirilishiga xizmat qiladi.



Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə