O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Xizmat ko’rsatuvchilarning



Yüklə 4,34 Mb.
səhifə31/55
tarix22.03.2024
ölçüsü4,34 Mb.
#184204
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
TIJORAT LOGISTIKASI KITOB.

Xizmat ko’rsatuvchilarning tashkiliy tizimi

Tarixan tijorat-savdo-sotiq tadbirkorlik faoliyatini ilk shakllangan turidir. U hamma joyda sotuvchilik faoliyati sifatida shakllangan. Amaliy logistikaning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi narsalarning aksariyat qismi aynan tadburkorlik sohasida rivojlangan va shakllangan.
Logistikada vositachilarning roli yana-da kengaydi. Asosiy faoliyatdagi muayyan funksiyalarni amaliy ro`yobga chiqarish ularga o`tdi, bu esa, o`z navbatida, vositachilik bazasi tadbirkorlikning yangi turlari yaralishishga zamin yaratdi. Logistik xizmatlar bozori rivoj topadi.
Tijorat logistikaning transport bo`limi funksiyalari takomillashtirilmoqda. Respublikamiz tajribasida transport xarajatlarining ulushi umumiy logistika xarajatlarining uchdan ikki qismiga to'g'ri keladi.
Omborlashtirishning logistik funksiyalari ham katta o`zgarishlarga uchramoqda. Moddiy oqimdagi nomutanosiblik sohada “pauza” tushunchasi bilan aniqlashtirilgan. Omborlashtirishdan (saqlash ma’nosida) qutilishga harakat qilinmoqda. Muhimlik borasida birinchi o`ringa umumiylashtirish, demontaj qilish, yig`ish, mahsulot assortimentlarini tanlash va hokazo kabilar chiqib kelmoqda.
Logistika sohasida xizmat qiluvchi tashkiliy tizimlar
Tadbirkorlik, o`zi, ixtisoslashgan xo`jalik faoliyati sifatida birinchi bo`lib savdo-sotiq ishlarida paydo bo`ldi. Unda, o`sha davrdayoq zamonaviy tadbirkorlik va xo`jalik falsafasining bosh asoslari ildiz otib ulgurgandi.
“Savdo ishi” atamasi o’bek lug’tida qadim zamonlardan buyon ishlatilib kelinadi va u tadbirkorlikning muayyan turini aks ettiradi. Ammo, keyingi paytlarda bu so`z o`z o`rnini “kommersiya” atamasiga bo`shatib berib, o`zi ikkinchi darajaga tushib ketdi. Ammo bu atamaga qiziqish yana oshmoqda:
Uchinchi avlod davlat ta’lim standartlaridagi kommersiya sohasi bo`yicha bakalavr va magistrlar tayyorlash yo`nalishi “Savdo ishi” deb nomladin91.
Shunda uning qanday ma’noni anglatishini aniqlashtirishga ehtiyoj tug`ildi. Savdo ishi – yasama so`z. U o`zida ikkita so`zning “ish” va “savdo” so`zlarining ma’no jamlanmasini ifodalaydi. Ish “mutaxassislik, ma’lum mutaxassislikka oid bo`lgan barcha elementlar yig`indisi”. Rus tilida “torg” va “rinok” so`zlari bir xildagi ma’noviy tarkibga ega. “Torg” bozorga chiqarish, bozor, sotiladigan va sotib olinadigan joy ma’nolarini anglatadi; “Rinok” – xarid, shahar va qishloqlardagi oldi-sotdi uchun ajratilgan maydonni bildiradi. Tilshunoslar va tarixchilar fikriga ko`ra slavyan tilidagi slavyancha “torg” so`zi skandinav tillariga “bozor” degan ma’no bilan ko`chgan va rus tiliga ham xuddi
shu ma’no bilan ko`chgan.
“Torgovlya” so`zi – “torg” so`zi asosida yasalgan yasama so`z bo`lib, “savdo qilmoq, oldi-sotdi amaliyoti tijorat jarayoni” ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha “kommersiya” so`zi rus tilidagi “torgovlya” – “xarid, savdo, savdo aylanmasi, tijorat jarayoni” so`zlari bilan bir xil ma’noda keladi.
Ko`rib turganimizdek, “savdo ishi” boshlanishida “tijorat” va “kommersiya” so`zlarining sof holdagi holatiga qaraganda kengroq va ma’noliroq bo`lgan. Uning ma’nosi oldi-sotdi amaliyoti bilangina chegaralanib qolmadi. Sotuvchilar sifatida, faqatgina, savdo ishi bilan professional shug`ullanadigan odamlarga aytishgan. Hozirga kelib, “savdo ishi” so`zining tarkibiy ma’nosi yanada kengroq va aniqroqdir. U uchta birlikni o`zida jamlagan:
-iste’molchilik va tijorat maqsadlaridagi mahsulotlar va xizmatlar bozorini,
ushbu jarayonning mutloq to`liq holida, tashkil toptirish:
Professional faoliyat turi – mutaxassislik (unga oid barcha narsalar jamlanmasi);
- Tadbirkorlik turi.



91 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г

Eslatib o`tish lozimki, “savdo ishi” so`zining ayni shunday tavsif etilishi uchinchi avlod ta’lim standartidagi bakalavr va magistrning professional faoliyatini to`g`ri harakaterlay oladi.
bizning vaqtga kelib, Tijorat faoliyat ko`lamining va uning ichki protseslari differensiatsiyasi kengayishi marketing va logistika kommersiyasidan ajralib chiqish imkoniyatlarini belgiladi. Ammo ularning ichki o`zaro aloqalari saqlanib qolmoqda, bu rivojlanishning umumiy tendensiyalarini belgilaydi.
Tijorat logistika, faoliyat turi o`laroq, o`z tarkibiga ko`ra sifat jihatidan bir turdagi emas balki u ishlab chiqarish yoki savdo-sotiq amaliyotining bir qismidir. Uni, odatda, ayni shunday sifat bilan biladilar. Ammo logistikaga boshqa holatlar ham xos u, kommersiya singari ixtisoslashgan tadbirkorlik muvaffaqiaytli shakllanuvchi soxasiga ham aylandi. Bu kabi holat marketing sohasida ham sodir bo`ladi.Bu esa kommersiya, logistika va marketingning rivojlanishining umumiy tendensiyalari borasidagi oldinroq qabul qilingan qarorni tasdiqlaydi.
Logistika sohasida funksiyalarning qayta taqsimanishi amalga oshmoqda: logistik vazifalarni belgilamoq va tashkiliy masalalar korxonaning logistik xizmatlarida yuklatilmoqda, vazifalarni bajarish va logistik operatsiyalarning amalga oshiqish borgan sari ko`proq holatlarda chetdagi ixtisoslashgan tashkilotlarga topshirilmoqda. Ijtimoiy mehnatning bu xildagi bo`linishi ixtisoslashgan servis xizmatlari, informatsion xizmatlar, transpor-ekspeditsion xizmatlar, omborxona xizmati va hokazo kabilarga mustaqil biznes turi sifatida ajralib chiqishlariga imkon yaratdi. Ularning vositachilik vazifasi logistika samaradorligini sezilarli oshirishga xizmat qiladi.92
Logistik faoliyatning ikki holati o`rtasida farqsizlanish amaliyotda allaqachon tabiiy holatga aylanib ulgurdi. Biroq, logistik tadbirkorlik hali tizimli tadqiqot obyekti bo`lib ulgurmadi.
Ma’lumki, ilmiy nuqtai-nazardan ham logistikani ikkiga bo’lish maqsadga
muvofiq xisoblanadi–ishlab chiqarish yoki tijoatga asoslangan tadbirkorlik
ko`rinishidagi xo`jalik faoliyati hamda mustaqil tadbirkorlikning asosiy tarkibiy qismi bo`lib ulgurgan logistikalarga bo`lish - maqsadga muvofiq. Har birida o`z muammolari va ularning yechimiga doir o`z vositalari bor. Va ularning har qaysinisi ularni maxsus o`rganishga arziydi.
Logistikada, bilim sifatida olib qaralganda, qidiriv sohalarini kengaytirmoqda va vazifalari ham murakkablashmoqda: u endi sifat jihatdan ikkiga ajratilgan holatdagi logistik faoliyat uchun tavsiyalar ishlab chiqishga va uning tajribasi o`laroq erishilgan barcha yaxshi jixatlarini o’zlashtirib olishiga to`g`ri kelmoqda.
Amaliy tajribalar shndan dalolat beradiki, korxonaning real iqtisodiyoti tarmoqlarida o`z logistik funksiyalarini amalga tadbiq etib olishlik uchun chet el vositachi-korxonalarga 30% foizga yaqin kuchini sarf etadi. Hozigi kunda dunyoda logistik faoliyat bozori yuzaga keldi va u bizning Respublikamizda ham eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan biriga aylandi. Uning o`rtacha yillik o`sish darajasi 5- 7% tashkil etadi. Xalqaro konsalting kompaniyalari ma’lumotlariga ko`ra jahon savdo biznesida tushumning 40 foizidan ko`prog`i logistik vositachilar zimmasiga to’g’ri keladi93.
Chet el adabiyotlarida logistik xizmatlar operatorlarini “provayder” deb atash borgan sari odat tusiga aylanmoqda. Bu atama Respublikamiz tajribasiga ham joriy etilmoqda. Ayni shu o`rinda, ushbu o`quv materialini to`g`ri tushunishingizni ta’minlash maqsadida oydinlik kiritib o`tishimizga to`g`ri keladi.
Chet tilidan o`zlashtirib olingan so`zni o’zbek tilida, faqatgina uning muqobili topilmagan vaqtdagina ishlatish mumkin. Aks holda tilda “tiqilish”lar ro`y beradi, u tushunarsiz bo`lib qoladi. Chet tilidan o`zlashgan so`z aniqlikdan mahrum bo`ladi va o`zlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi.
Har bir fan o`z tilini yaratishga urinadi (u yoki bu fanning atamashunosligi,
u yoki bu kasbning o`ziga xos texnik tili) va bu til orqali tegishli ma’lumotlarni



92 Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). “EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012

93 Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с.

maksimal darajada aniq yetkazib berishga urinadi. Bunday ehtiyoj obyektiv – u milliy til rivojlanishiga turtki bo`ladi.
So`z logistikada ham o`ziga xos tashkiliy qurol bo`lib qolmoqda. Bu odamlar o`rtasidagi o`zaro aloqaning shunday formasiki, undan u yoki bu g`oya va tushunchalarni yuzaga chiqarish, ma’lum qilishga ehtiyoj paydo bo`lgandagina ishga solinadi. Tushuncha uni ifodalovchi so`zlarsiz hech nima anglatmaydi. So`z bu atrofida o`sha tushunchaning barcha tarkibi, tafsilotlari gurulanuvchi mustahkam markaz demak. So`z konservatizmi bu – yangi bilimlarni shakllantirishda, o`sha bilimlarni muayyan individuumdan ijtimoiy xotira sohasiga ayni yangi bilimlar yaraladigan nuqtaga olib o`tish uchun eng muhim bo`lgan sifatdir.
Odam o`zini o`rab turgan olamni ikki yo`l bilan taniydi – o`z his-tuyg`u a’zolari va tafakkur orqali. Shuning uchun ham so`z nafaqat fikrni ishga tushirishi va uni to`g`ri ifodalashi, balki, shu birgalikda muayyan hissiyotlarni ham uyg`otishga qodir bo`lishi lozim. Bu ulkan sifat aynan ona tilga berilgan. Ona tilimiz bir vaqtning o`zida bizning ham tafakkurimiz ham hissiyotlarimizga ta’sir o`tkazadi, ya’ni, olamnin anglashning har ikki usulini birlashtiradi. U yangi bilim o`zlashtirish asnosida kuch va vaqtni tejashga yordam beradi: uning yordami bilan quvvatni saqlash qonuni yanada to`liqroq amalga oshadi. Shuni ham hisobga olish lozimki, tilshunoslar va marketologlar yangidan yangi atamalarni o`zlashtirib olishda faol bo`lgan ingliz tili informativ tillar turkumiga kiradi.
“Provayder” so`zining o’zbek tiliga olib kirilishini, go`yoki, uning rus tilida to`g`ri muqobili yo`q ekanligi bilan izoxlanadi. Bu haqiqatga to`g`ri kelmaydi. “Provayder (ing. provider) – ta’minlovchi, tashkilotchi, xizmat (masalan, internetdan foydalanish xizmati) taqdim etuvchi shaxs yoki tashkilot”. Vositachilarning roli zamonaviy logistikada biroz boshqacha, u nisbatan kengroq. U orqali asosiy faoliyat doirasidagi muayyan funksiyalarning amaliy tadbiqi ifoda etiladi, bu esa, vositachilik bazasida yangi to`laqonli tadbirkorlik turining paydo bo`lishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Milliy adabiyotlarda logistik vositachilarni yana operatorlar deb ham ataladi. Bu ham o`z asosiga ega. Lotin tilidagi
“operatsiya” so`zi rus tilida qadimdan beri “iqtisodiy-xo`jalik tadbiri, Tijorat ish, aylanma” kabi ma’nolarda qo`llaniladi. Operator ana o`sha amaliyotlarni amalga oshiruvchi shaxs. Ularni zodagonlar qarorgohlaridagi boshqaruvchilarga tenglashtirilgan.
Xo`jalik iqtisodiy faoliyatidagi murakkab va ko`pqirrali faoliyatni, kerak bo`lsa, uni amalga oshiruvchi subyekti bilan ifodalovchi “vositachi” so`zining o`rniga “provayder so`zini olib kirish haqida gap ketgani, aytish mumkin , muvaffaqiyatsiz urinish hisoblanadi.
Logistika sohasida turli xildagi xizmatlar taklif etuvchi ixtisoslashgan kompaniyalar xorijda va bizning mamlakatda paydo bo`lganiga unchalik uzoq vaqt bo`lgani yo`q. “Provayder” atamasini ilk bor logistik vositachini anglatish uchun qo`llashmagan, balki kompyuter-axborot texnologiyalar oid xizmatlar, ayniqsa internet xizmatlari yetkazib beruvchilarni ifodalangan. Bu kabi vositachilar o`rtasida o`z mulkida magistral aloqa kanallariga ega bo`lgan asosiy (magistral) va ana o`shalardan aloqa kanallarini ijara olib foydalanuvchi ikkinchi darajali (shaharga oid) provayderlarga ajratishgan. Asosiy vositachilar, odatda juda katta hajmdagi trafik bilan tijorat qiladilar va indivudual foydalalnuvchilarga xizmat qilmaydilar, balki ikkinchi darajalilarga sotadilar.
Jahon savdo aloqalari tizimsidagi murakkablashuvlar iste’molchilarning kompleks logistik xizmatlarga bo`lgan talabi oshganligi ketidan ham bo`ladi. Logistik xizmatlar vositachi-firmalarining konsolidatsiya jarayoni davom etmoqda. Nisbatan katta vositachi kompaniyalar turli mamlakatlarni qamrab oluvchi aniq bir xizmat turi doirasidagi xizmatlar assortimentini kengaytirish imkoniyatlariga egalar. Markazlashgan iqtisodiyotga faoliyat hajmidan kelib chiqqan holda ta’sir o`tkazadi, bu esa iste’mol taklif qilinajak logisitk xizmat narxini oqlaydi. Iste’molchi nuqtai nazaridan, logistik xizmatlar narxini quyidagilar belgilaydi.94
- Vaqtni iqtisod qilish va buning hisobiga tabiiyki butun logistik jarayon davomiyligini qisqartirishga erishish;


94 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г

  • tugayotgan resusrslarni asosiy biznes jarayonlarga bog`lash imkoniyati va mahsulot aylantirishdagi xatarning bir qismini vositachiga o`tkazish;

  • Ta’minot tizimidagi mahsulotlarni qayta taqsimlab chiqish;

  • Savdo kanallarining tashqi olam bilan hamohanglikda tez va adekvat qayta sozlanishligi, mijoz xohishlariga nisbatan tezkor reaksiyalar;

  • Professional vositachilarga nou-xau va ilg’or texnologiyalarni kiritish.

Tijorat logistika sohasida vositachilik xizmatlari ko`rsatuvchi tashkilotlar o`zlari mavjud bo`lgan muddat davomida uzoq evolyutsion yo`lni bosib o`tdilar: mijozlarga bir yoki bir nechta xizmat turlarini (odatda bular, omborlashtirish, yukni qayta ishlash, ko`chirish va boshqa xizmatlar) taklif qiluvchi kompaniyalardan to butun logistik xizmat kompleksini taklif qila oluvchi, shu jumladan “korxona-mijoz” ta’minot tizmini integratsiyalashgan boshqaruv xizmatini taklif qiluvchi kompaniyagacha. Ular o`z zimmalariga asosiy logistik funksiyalarni bajarish vazifasini, buyurtmalarni qayta ishlash, shartnomalar tuzib chiqish va imzolash va boshqa hujjat ishlari, yuklarni omborlarga joylashtirish va ularni yakuniy iste’molchigacha eltib berishni tashkillashtirishni o’z zimmalariga oladilar. Bunday hajimdagi vositachilik tizimsini tuzib chiqish ombor va transport infratizimsiga tegishli hajmda sarmoya jalb qilishni, keng spektrdagi yuqori sifatli logistik xizmat turlarini taklif qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, murakkab logistik tizim doirasida mijozlarning boshqa kontragentlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni talab qiladi.
Masalan, yarimo`tkazgich materiallar ishlab chiqarish sohasiga yo`naltirilgan korxonalarda logistik vositachilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish ehtiyoji tug`iladi. Bu ularga global miqyosda xom-ashyo jamg`arish va tayyor mahsulot yetkazib berish tizimini muvaffaqiyatli boshqarish imkonini beradi. Logistik vositachilar yarimo`tgazgich qurilmalar ishlab chiqarish va sotishning barcha biznes-jarayonlarida ishtirok etadilar. Ularning xom-ashyo keltirishdan tortib tayyor mahsulotni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo`lgan faoliyatlari barcha mamlakatlarni qamrab oladi.95


95 F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016
Kompleks logistik xizmatlar uchun talabning oshib borish faktorlari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

  • jahon iqtisodiyotida globallashuv;

  • “aniq vaqtga” deb nomlanuvchi ishlab-chiqarish texnikasidan foydalanmoq;

  • elektron savdoning rivoji.

Jahon iqtisodiyotidagi golballashuv tovar aylanmasida kengaysish va murakkablashishni yuzaga keltiradi, kuchli mahsulot tarqatuvchi zanjirlar, tarmoqlar va kanallar yaralishiga zamin bo`ladi. Bu yuklarning masofaviy ko`chirilishi jarayonini ratsionalizatsiyalash ehtiyojini va jamg`arma-sotuv kanallari samaradorligini oshiradi.
Shunday qilib, logistik vositachi-tadbirkorlar – bu ishlab-chiqaruv yoki tijoratga ixtisoslashgan korxonalar o`z logistik operatsiyalari yoki funksiyalarini bajarishni shartnoma asosida qisman (yoki butunlay) topshiruvchi mustaqil kompaniyalardir.
Bunday mustaqil logistik vositachi kompaniyalar mahsulot aylantirish tashkiliy formalarini proyektlashtirish, mijozning ta’minot tizimini mustaqil tuzib chiqiluvchi dasturlar asosida muvofiqlashtirishga qodirlar.
Sifatli logistik xizmat ko`rsatish deganda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishlik ham nazarda tutiladi. Chunonchi WMS (warehouse management system) va TMS (transport management system) formatlari material resurslar, texnika, ombor personali va real vaqt rejimidagi transport xizmati faoliyatini operativ boshqarilishini ta’minlaydi, saqlash texnologiyalari va yuklarni boshqa biznes-jarayonlar bilan integratsiyalashgan tartibda masofaviy ko`chirish amaliyotini operativ boshqarishga zamin yaratadi.
O’zbekiston logistik xizmarlar bozirining asosiy muammosi Respublikamiz markaziy shahar va hududlaridagi soha rivojiga doir bo`shliqni to`ldirishdan iborat. Butun mamlakat miqyosida sifatli logistik xizmatni joriy qilish (bu esa logistik vositachi majburiyatiga kiradi) uchun tegishli tartibda ombor va transport infratizimsini yaratishni talab qiladi. Yana boshqa bir qiyinchilik manbai esa
O’zbekiston sharoitida mijozlarning biznes jarayonlarida ligistik vositachilar integratsiyasi masalasidir. Bir qarashda kompleks xizmat ko`rsatuvchi logistik vositachi bilan hamkorlik korxona uchun manfaatlidek ko`rinishi mumkin, zero, bunda ish yanada profeionalroq tartibda va sifatli amalga oshiriladi. Ammo bu iddao har doim ham haqqoniy emas. O`z logistik faoliyatini vositachiga topshirib qo`yishlik bilan kompaniya o`z bisnes jarayoning bir qismi ustidan nazoratni qo`ldan chiqaradi. Tor ixtisoslashgan vositachilarning kooperatsion faoliyati zarur.
Bunday kooperativ korxonaga logistik funksiyalarni ishonib topshirsa bo`ladi. Ammo, agar vositachi barcha logistik funksiyalarni (rejalashtirish, transport bilan ta’minlash, ombor xizmati, sotuv oldi tayyorlovni amalga oshirish, yuklarni bojxona uchun saralash va boshqa ishlar) unda bu xizmatlar buyurtmachisi ta’minot tizimida keraksiz bog`lamga aylanib qolishi turgan gap. U yoki bu turdagi logistik funksiyani vositachiga ishonib topshirish borasida qaror qabul qilish, albatta, o`zidan keyin ana shu bozor rivojlanish tendensiyalarining ayni shu xizmat turiga bo`lgan talab va taklif taxlili, xarajatlar hisobi, foydalar, xavflar va personalni ruhlantirish amaliyotlari bo’lishi lozim.
Tijorat logistika sohasidagi zamonaviy tadbirkorlikning o`ziga xos jihati kompleks logistik operatsiyalar va funksiyalarni bajarishga bo`lgan intilishdadir. Tizim doirasida birgalikdagi faoliyat doirasida mahsulot oqimiga xizmat qiluvchi logistik zanjir integratlari (Supply Chain Integrators) yuzaga kelishi bilan logistik vositachilik borgan sari ko`proq xizmatlar “paket”i sifatida baholanmoqda. Logistik xizmatlar komplekslni kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda96.
Logistik xizmatlar bozirida zahiralarni boshqarish strategiyasini modellashtirish instrumentariyasiga ega bo`lgan vositachilar yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi va tijorat korxonalari ularga birgalikdagi logistik faoliyatni integratsiyalashgan tartibda rejalashtirish va mahsulot aylanmasi tizimida hamkorlar o`rtasidagi tashkilotchilik masalalarida o`zaro munosabatlar umumiylashtirish masallalarini hal etish singari vazifalarni shartnoma asosida topshirmoqda. Bu turdagi logistik vositachilar faoliyati konstanting vazifalarni ham
96 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г
o`z ichiga oladi. Ularga nisbatan ba’zan “Yetakchi logistik provayder” yoki “Lead Logistic Provider” atamasi qo`llanadi. Logistik xizmatlar bozoridagi bu turdagi vositachilikka General Motors corp. va Menio Worldwide CNF Inc. ning birgalikdagi faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu vositachi GM barcha logistik operatsiyalari (yiliga o`rtacha 6 million aylanma)ni boshqaradi, 200 mamlakatda faoliyat yuritadi, 12,4 ming vositachilar va dilerlar bilan ishlaydi.
Har kuni 82 ming t. hajmdagi moddiy va kemplektlashtiruv, shuningdek, ikkinchi darajali bozor uchun zaxira ehtiyot qismlar tushirish hamda 35 ming tayyor avtomobillar oqimini qayta ishlaydi. Bu kompaniyaning yillik mablag’ aylanmasi 120 million AQSH dollarni tashkil qiladi. Uning tushumlariga GM logistik xizmat xarajatlari iqtisodining foiziy qismi sifatida qaraladi.
Shunday qilib, iqtisodiy oqim tashkiliy formalaridagi murakkablashuvlar logistik xizmat spektridagi murakkablashuvlarni keltirib chiqaradi. Yangi mehnat taqsimlanuvi sodir bo`ladi. Oqimni tashkillashtirishning yangi darajasiga ko`tarilish logistik funksiyalar murakkablashuvini, ularni standartlashtirish ehtiyojini, unifikatsiya va sifat ko`rsatkichlarini yaxshilashni taqazo qiladi. Logistikada tadbirkorlikka darajali yondashuv iqtisodiy oqim tashkiliy formalari murakkabligi, logistik tarmoqning jadal rivoji bilan shartlashtirilgan.

    1. Yüklə 4,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə