O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Tijorat logistikasining aхborot ta’minoti



Yüklə 4,34 Mb.
səhifə34/55
tarix22.03.2024
ölçüsü4,34 Mb.
#184204
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
TIJORAT LOGISTIKASI KITOB.

Tijorat logistikasining aхborot ta’minoti


Axborot berish – moddiy harakatning universal xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Uning ahamiyatini odatda biror bir hodisa borasidagi bilimlarda noaniqlikning qisqarib borish prizmasi bilan belgilaydilar.


Axborot, axborot berish – informatsiya (lot.) tushintirish, aniqlashtirish, ma’lum qilishdir. Shu ma’noda qo`llaniluvchi so`zlar – yoritish, xabardor qilish, nimadir haqida ma’lumot berish. Matematika va kibernetikada informatsiya – noaniqlikning hal etib borilish miqdoriy o`lchovi (entropiya), tizimni tashkillishtirish me’yoridir.
Kibernetika va logistika tektologik fanlar sirasiga kiradi. Umumiy tashkiliylikka oid fanda: “informatsiya – muayyan tizimning atrof muhit, boshqa tizim yoki o`zining turli o`zgarish davrlarida tashkiliyligiga solishtirgandagi tashkiliyli darajasidir, ya’ni muayyan tizm hamda tashqi muhit yoki boshqa tizim o`rtasidagi tafovut yoki shunchaki shu tizimning ikki turlicha tektotlogik holatlarida o`rtasidagi farqdir.
Axborot o`z-o`zidan mavjud bo`la olmaydi – u moddiy. U hamisha nimadir haqida. Hamisha axborot manbai va uning iste’molchisi (axborot yo`naltirilgan shaxs) bo`ladi. Logistikada axborot, informatsiya atamasini turli ma’nolarda qo`llash mumkin: axborot – tizimning noaniqlik o`lchovi; axborot – tizimning tashkiliylik o`lchovi xisoblanadi. Axborot maydoni ham bir turda bo`lmaydi: moddiy oqim tashkiliylik o`lchovining tashqi olam tashkiliylik o`lchoviga, uning tomonidan mahsulotning ishlab chiqarilish va iste’mol nuqtalari o`rtasidagi
masofaviy farq bosib o`tilayotgan paytdagi, nisbati; moddiy oqimning tanaffus holati va hududini (omborlashtirish) bosib o`tish jarayonidagi tashkiliylik me’yoridir108.
Axborotning moddiy jihati muntazam kengayib bormoqda. U logistikaning barcha sohalariga xizmat qiladi. Tijorat logistikani axborot bilan ta’minlashning quyidagi yo`nalishlarga ajratish mumkin:

  • Mahsulotning ishlab chiqarish va iste’mol qilinish/foydalanish nuqtalari o`rtasidagi masofaviy bo`linishni bosib o`tish jarayonini ta’minlash;

  • Iste’mol va ishlab chiqaruv maqsadlariga muvofiq bo`lgan mahsulot va xizmat bozorini ta’minlash;

  • Logistik xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlikni ta’minlash.

Logistik faoliyat borasidagi turli-tuman ma’lumotlar “kuchga to`lib”, kuchli axborot oqimini hosil qiladi, qaysiki ekonomik oqim tizimiga element sifatida qo`shilgan.
Axborot ta’minoti tashkiliylik o`lchovi sifatida tijorat logistikaning barcha funksional maydonini qamrab oldi – jamg`arma, ishlab chiqarish, sotuv, butun logistik jarayon faoliyatini boshqaradi.
Iqtisodiy logistika tizimida axborot logistikasi – bu bir element. Unga nisbatan yanada ilg`orroq tartibdagi tizim sifatida namoyon bo`lad (1-rasmga qarang). Uning mavzu maydoni – axborot oqimidir. Shu bilan bir qatorda, axborot oqimi iqtisodiy oqimning bir qismi sifatida logistikaning boshqa turlarida muhim rol o`ynaydi: Bu holat axborotning ligistik tizimi elementlarini bog`lashda muhim rol o`ynashi bilan izohlanadi.
Logistik kompaniyalarni rivojlanib borgani sari axborot raqobat kurashi faol jarayonlarga aylanib boradi. Axborotning roli, ayniqsa, birja “firibgarlari” ning spekulyativ bozorlarida yaqqol ko`rinadi. Axborotni qimmati va foydasi o`sib borishi uni o`ziga xoh mahsuli – tovar sifatida ko`rishimizga imkon beradi. Tovar holatida axborot narx-navo munosabatlari yangi maydonni hosil qiladi.


108 Аникин Б.А., Тяпухин А.П. Коммерческая логистика: Учеб. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005.-432 с.
Jamiyatning ijtimoiy-istisodiy faoliyatini kompyuterlashtirish katta hajmdagi axborot resursini mahsulot sifatida ishlab chiqarish imkonin berdi. Axborot resursi jamiyat hayotidagi o`zgarishlar uchun borgan sari kuchliroq manbaga aylanib bormoqda. Axborot jamiyatning mentalitetini shakllantiradi, uning mafkurasiga ta’sir etadi109.
Jahon iqtisodiyotining ham axborot strukturizatsiyasi boshlandi. Ham milliy, ham transmilliy (TNK) yo`nalishdagi kuchli moliyaviy-ishlab chiqaruv guruhlari (korporatsiyalar) tashkil topmoqda. Eng kuchli TNKlar butun jahon savdosining yarmiga yaqinini qamrab oladi. Ularga jahon axborot resurlarining katta qismi (patentlar, yangi texnologiyalar, nou-xau va boshqalar) qarashli.
Jahon masshtabidagi shu turdagi gipertashkilotlar axborot tabiatiga ega. Faqatgina yetarlicha kapitalga va yagona strategik maqsadga ega bo`lgan, difersifikatisyalangan korporatsiyalargina qo`shimcha xavf-xatarsiz yangi axborot resurslarini qo`lga kiritishga bog`liq bo`lgan kerakli sarmoya va innovatsion faoliyatni taqdim etishlari mumkin (NIOKR, texnologik qayta qurollanish, yangi bozorlarning yuzaga kelishi, jamoat fikrining yuzaga kelishi va hokazi). Faqatgina shu turdagi tashkilotlar, va yana hukumat ham, uzoq muddatli sarmovayiv nomahsulot turdagi axborotni ishlab chiqarishga qodirlar, va bunda foyda undirish muddati juda uzoq bo`ladi.
Shunday qilib, axborot logistikasining vazifalari kengaymoqda va dolzarblashmoqda. Axborot logistikasi axborot oqimlarining ularni tizim doirasida ishlab chiqarish, harakatga keltirish, sotish jarayonidagi tashkiliy formalarini konfiguratsiyalashni optimallashtirishga qaratilgan tadbirlar jamlanmasi sifatida harakterlanadi.
Tijorat logistikasida moddiy oqimga ergashib keluvchi axborrot oqimi hqida gapirish haqqoniy bo`ladi. Shuning bilan ularning ishlab chiqarish-tijorat sohadagi o`rni ham aniqlashtirilgan bo`ladi. Korxonaning raqabatbardoshligining asosiy shartlaridan biri uning tijorat faoliyatini shunday - ishlab chiqarish, sotish,
servis, transport-ombor va boshqa jarayonlarni bir butun qilib jamlash imkonini beruvchi - axborot ta’minoti bilan yetarlicha to`yntirilganligi
Tijorat logistikaning axborot ta’minotini bizlar ta’lim va ta’minot tizimining samarali faoliyatining samarali rivojlanishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi axborot tizimining faoliyati nuqtai nazaridan ko`rib chiqamiz. Bu logistikaning asosiy funksional qirralarining risoladagidek faoliyat yuritish imkoniyatini ta’minlovchi ichki sistemadir. Bu hodisaning shu xildagi tushunchasidan kelib chiqib ta’minot tizimining axborot bilan ta’minlanishi haqida so`zlash tabiiydir110.
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash o`zida biznes yuritishning u yoki bu logistik ta’lim doirasida (zanjirida, tarmog`ida, kanalida)gi rasmiylashtirilgan modelini akslantiradi. Uning yordami bilan ta’minot tizimidagi biznes jarayonlar ko`rinadi va qo`llanadi. Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlashning asosiy maqsadi – jarayonlarni kuzatib borish, markazlashtiruvchi kompaniya uning asosida boshqaruv qarorlari qabul qilib, ana shu qarorlar kelajagini taxmin qila olish imkonini beradigan tendensiyalarni aniqlashtirish hisoblanadi.
Shunday qilib, ta’minot tizimining moddiy oqimi o`zlari paydo qiladigan va ularni modigikatsiya qiladigan axborotga asoslanadi. Bu axborot logistika tizimiga turli xildagi axborot oqimi sifatida kiritiladi.
Ta’minot tizimida foydalaniluvchi axborot foydali deb tan olinishi mumkin, agarda uni amaldagi ishlab chiqaruv – savdo jarayonlariga o`ziga xos axborot bloki sifatida qo`ishilishining imkoni bo`lsa.
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash alohida tadbirkorlik tizimi sifatida quyidagi tamoyillarga qurilishi kerak: integratsiyalanganlik, ixchamlik, interfaollik, risoladagidik, dolzarblik.

109 F.E.Xo’jaev, D.M.Po’latxo’jaeva «Bojxona logistikasi» o’quv qo’llanma TDIU 2016 110 И.Д.Афанасенко, В.В.Борисова "Коммерческая логистика" учебник. изд.Питер-2012 г

Axborotning integratsiyalanganlik tamoyili moddiy oqimning barcha o`tish bosqichlarida axborot bilan qo`llab-quvvatlab turishlikni ta’minlashni nazarda tutadi.
Ihchamlik tamoyili bu – axborotni ifodalashning logistik masalani hal etishning qayta qurishlik imkoniyatidir. Interfaollik tamoyili – masalani dialog tarzida - foydalanuvchi uchun keng imkoniyatlari bo`lgan holda – hal etish tarzi.
Risoladagilik tamoyilpigia amal qilish esa ma’lumotlar tijorat faoliyatning voqea bo`layotgan va ma’lumotga asos bo`lgan joy maksimal darajada yaqin joyda yig`ilishi kerakligiga dalolat qiladi. Ma’lumotning dolzarblik tamoyili ma’lumotlarni ularning yaratilib kelish va ma’lum qilinish holatida tasavvur qilishni talab qiladi.
Logistik tizimning axborot oqimlari shunday tartibda yo`lga qo`yilgan bo`lishligi lozimki, bozor holati va talablari haqidagi, real va ehtimoliy savdolar, amaldagi ishlab chiqaruv, transport, ombor va administrativ xarajatlar, turli zaxiralar, tendensiyalar va ulardagi o`zgarishlar haqidagi dolzarb va teng kuchli axborot olinishi lozim.
Boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim bo`lgan axborot iyerarxiya darajalari bo`yicha taqsimlanadi. Axborot oqimi ustidan nazorat biznes- jarayonlarda gorizontal va vertikal axborot integratsiyasini shakllantirish imkonini beradi.
Gorizontal axborot integratsiyasi barcha moddiy oqimlarni – xom-ashyo, material, to`ldiruvchi qismlar yetkazib berishdan to iste’monchiga yetib borishlikgacha - o`zaro uzviy bog`langan axborot bilan ta’minlash imkonini beradi. Bu bilan funksional ichki tizmlardagi barcha boshqaruv ta’sirlari va ular tufayli yuzaga kelgan oqibatlar ta’minot tizimining umumiy maqsadi va umumiy strategiyasi bilan mutanosiblik kasb etishiga erishiladi111.
Vertikal axborot integratsiyasi logistik tizim iyerarxiyasining barcha darajalarini ham to`ppa-to`g`ri (tepadan pastga) ham ters (pastdan tepaga) aloqalar
111 Ш.А.Бутаев, Қ.М.Сидиқназаров, А.С.Мурадов, А.Ў.Қўзиев. «Логистика” (Етказиб бериш занжирида оқимларини бошқариш). “EXTREMUM-PRESS” нашриёти. Тошкент 2012
bilan qamrab olishi mumkin. Natijada xom-ashyoni etkazib berish, ishlab- chiqarish, yig`ish, sinash va yetkazib berish jarayonlari tarzi borasida ishonchli axborot olish mumkin bo`ladi. Vertikal aloqalarga ega axborot tizimining mavjudligi to`g`ri baholash va o`z vaqtida kerakli tahrirlarni amalga oshirish, bu bilan esa savdo, ishlab chiqarish, yig`ish, sinash, omborlashtirish va ekspeditorlik jarayoniga ta’sir etish imkonini beradi.
Bu kabi boshqaruv operatsiyalari nomenklaturalarni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini aniqlashtirishdagi marketing tekshiruvlari natijalarini to`g`ri nazarga olish, buyurtmalar bajariluvini zudlik bilan tashkil etish va talab qilingan sifat darajasini ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi.
Buyurtmalarda qadoqlash, yuklarni tushirib olishga va ekspeditorlikka oid hujjatlar, hisob-varaqa va boshqalar bo`ladi.
Taraqqiy etgan axborot sturkturasining mavjudligi logistik jarayonning har ikki tomonini ta’minlaydi. Birinchidan, mahsulot-material oqimni rejalashtirish va boshqarishning umumiy tizimi bilan korxona darajasida samarali bog`lash imkoniyatini beradi. Bunday bog`lanishning mavjudligi, hammasi yaxshi bo`lgan taqdirda hech qaysi bir ishlab chiqarishga taalluqli qaror ishlab chiqarishning umumiy maqsad va strategiyasiga muvofiq kelmagan taqdirda amalda qo`llanmasligini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ikkinchidan, u barcha darajalrni to`ppa-to`g`ri va ters aloqalar yordamida qamrab oladi, yuqori darajalarga ishlab chiqarishning barcha bog`lamlari holati to`g`risidagi yetarlicha ma’lumot yetkzaib beradi, toki ular bo`lib o`tayotgan o`zgarishlarga operativ aks ta’sir ko`rsatishsin. Bu turdagi tizim ishlab chiqarish jarayonlariga operativ ta’sir o`tkazish imkonini beradi, nima uchun?

  • bozorga ayni vaqtda ehtiyoj sezilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash

uchun;

  • iste’molchining buyurtmalarini eng qisqa muddatlarda bajarish uchun;

  • o`zgarmas yuqori sifatni ushlab turish uchun.

Kuchli raqobat sharoitida alohida ahamiyat firmaning ishlab chiqaruv-sotuv faoliyatini rejalashtirish va boshqarishga qaratiladi. Firmaning jamg`arish, ishlab chiqarish, sotish amaliyotlarining integratsiyalashgan axborot tizimini shakllantirish murakkab va ko`p bosqichli jarayon. Unda zamonaviy axborot texnologiyalari, eng yangi kompyuter tizimlari ishlatiladi. Bu esa, adekvat axborot texnikalarini qo`llash, logistik tizimni axborot bilan ta’minlash umumiy tizimidan oqilona foydalanish asosida mahsulot aylanmasini muvaffaqiyatli boshqarish imkoniyatini taqdim qiladi.
Bunday axborot tizimlarini tuzib chiqishlik bilan maxsus tayyorlangan personal shug`ullanadi. Bu personal firmada mijozlar buyurtmasining kelib tushishi, bajarilishi to`g`risidagi axborotni yig`ish, tashkil qilish, etkazib berish imkoniyatini beruvchi aniq qo`yilgan maqsadlar mutanosibligida kompaniya axborot infratizimsini tuzib chiqadi.
Axborot almashinuvining qog`ozsiz shakllari keng ommalashdi. Logistikaning bu yo`nalishi unga xos dasturiy va ma’muriy vositalari texnologiyalari rivojiga aylanib ketdi. Ularning afzalliklarini amalga tadbiq qilish uchun kompaniyalar axborot almashishning standart bayonnomalarini qo`llaydilar va o`zaro tijorat kelishuvlar tuzadilar. Stantard bayonnomalarning ikki turi bor– tijorat korxonalar o`rtasidagi axborot almashinuvi tarmog`i standarti va umumiy tarmoq standarti. Quyidagi operatsiyalr chog`idagi kelishuvlarni ro`yxatga olishdagi standart kompyuter bayonnomalari ishlab chiqilgan va xozigi vaqtda qo`llanilmoqda:

  • Sotib olishga buyurtma

  • Yuk partiyasini jo`natishga buyurtma

  • Yuk jo`natuvchi uchun maslaxat olish

  • Hisob-varaqa to`ldirish

-Turli to`lov hujjatlarini rasmiylashtirish
-Mahsulotni etkazib berish va qabul qilishda yuk-xatini rasmiylashtirish
Kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalarining zamonaviy rivojlanish tarzi buyurtmaning barcha bosqichlarida istalgan miqdordagi ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash amaliyotini tadbiq qilish asnosida yangi muammolar paydo bo`ladi, bu muammolar axborot to`plashda quyidagi jabhalar talabiga javob bermaganligidan paydo bo`ladi:

  • axborot noaniq, nooperativ harakter kasb etgan;

  • kommunikattsion tarmoqning tizimiy va taxnik jihatlardan sust rivojlanganligi;

  • ishlab chiqaruvchi-ta’minotchi hamda xaridor-iste’molchi o`rtasida o`zaro

informatsion munosabat yo`qligi;

  • korxonalarda axborot ta’minlashga qaratilgan texnik vositalar yo`qligi;

Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlashning afzalliklari quyidagilarda
ko`rinadi:

  • ma’lumotlar almashishdagi jadallik keskin oshadi;




  • hisobotlarda xatolarga yo`l qo`yish holatlari kamayadi;




  • samaradorligi past bo`lgan “qog`oz ishlari” kamayadi;




  • axborot bloklaridagi bo`linishlar birlashadi.

Ta’minot tizimini axborot bilan ta’minlash keng qamrovli tushuncha bo`lib istalgan axborot tizimiga, uning integratsiyalashtirilganlik darajasi yoki resurslarni qamrab olish darajasi (MRP I, MRO II, SCM va hk.)dan qat’iy nazar, moslashib ketaveradi. Internet platformalaridan foydalanish tashqi tashkilotlar bilan logistik axborot oqimlarini integratsiyalash imkon beradi. OLAP texnologiyasining veb- serverlar orqali qo`llanilishi elektron kommersiyani amalga oshirish va ta’minot tizimining boshqa ishtirokchilari bilan operativ taxlil hamda ma’lumot almashinuvi o`tkazish imkoniyatini yaratib beradi.
Axborotni saqlash vositalarini yaratish ma’lumot taxlilining zamonaviy
metodlaridan –ABC-taxlil, XYZ-taxlil, solishtirma taxlil - foydalanish imkonini
beradi, va, tabiiyki, logistik faoliyat tashkiloti tominidan talab qilingan axborotni tartibli va operativ tartibda yig`adi.
Servis (xizmat ko`rsatish) atamasi – o`zining birlamchi ma’nosidayoq bu faoliyat xo`jalik ishlariga taalluqli ekanligini ko`rsatib turibdi. Ammo tijorat logistikaning bu xizmat turi shunday xususiyatga egaki, usiz raqobat jangida muvaffaqiyatga erishish imkonsiz112.
Raqobatda ustunlikka tayyor mahsulot sotuv jarayonini modifikatsiyalashtirishni uddalagan subyekt ega bo`ladi. Bunday modifikatsiyaning yo`nalishlaridan biri mahsulotni sotuvoldi tayyorlov va sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish sohasini takomillashtiruvdir.
Bunday yondashuv servisga oid biznes-jarayonlar, moddiy, moliyaviy, axborot, servis va mehnat oqimlarini identifikatsiyalash, ularning o`zaro munosabatlarini belgilash va ular o`rtasidagi aloqalarni baholashga imkon beradi, bu esa loyihalashtirilayotgan ta’minot tizimlarining raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi.
Servis logistikasining moddiy oqimning funksional hamroh sferasi sifatidagi evolyutsion harakteri shunga dalolat qiladiki, logistik axbarot tovar aylanmasida samarali kanallar shakllanuvida mas’uliyatli rol kasb etmoqda va ta’minot tizimida iste’mochilarga servis xizmat ko`rsatishning barcha ishtirokchilarini integratsiyalash va kooperatsiyalashni ta’minlashga xizmat qiladi.
Logistika zamonaviy rivojlanishining borishini bеlgilab bеradigan aniqlovchi sifatida aхborot-kompьyutеr tехnologiyalarining rivojlanish jarayonida shakllangan aхborot logistika tarkibiy qismi namoyon bo’ladi. Aynan aхborot logistikasi moddiy oqimga hamrohlik qiladigan hamda logistika tizimi uchun ta’minot, ishlab chiqarish va sotuvni bir-biri bilan bog’laydigan muhim elеmеnt sanalgan ma’lumotlar oqimini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
Logistika zanjiri bo’yicha uzatiladigan elеktron ma’lumotlar to’plamlari* yordamida butun zanjirning ham, alohida bo’g’inlarning ham faoliyati tahlil qilinadi, uning holati raqobatchilar holati bilan taqqoslanadi. Ma’lumotlar bazasi
tizimi, qoidaga ko’ra, korхona faoliyati хususiyatlarini aks ettiradi va uning eng muhim nuqari, ularga kiruvchi va chiquvchi yo’llar va mos kеluvchi aхborot oqimlarini tavsiflaydi.
Hozirgi kunda elеktron hujjat almashinish kompьyutеr tizimiining joriy qilinishi yuk bilan bir paytda aloqa kanallari orqali har bir jo’natilayotgan yuk birligi bo’yicha barcha ma’lumotlar, kеrakli tovar tavsifnomalarini jo’natishga imkon bеradi. Bunday tizimda yo’nalishning barcha qismlarida istalgan payt yuk haqida batafsil ma’lumot olish va shu asosda boshqaruv qarorlari qabul qilish mumkin.
SHunday qilib, aхborot logistikasi bugungi kunda to’g’ridan-to’g’ri хalqaro savdoning bazaviy jihatlariga daхldor bo’lib, bojхona organlarini tashqi iqtisodiy faoliyat logistika tizimi institutsional infratuzilmasiga intеgratsiyalamoqda.

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə