O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Sanoat va fuqaro binolari konstruksiyalarini montaji



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

5.6. Sanoat va fuqaro binolari konstruksiyalarini montaji 
Yig‘ma poydevorlarni montaj qilish, odatda, bino er osti qismini tiklash 
davrida alohida ilgarilanma oqim orqali bajariladi. Poydevorlarni o‘rnatish joylarini 
rejalash (belgilash) simlar (iplar) qayd qilinadigan bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlardan 
foydalangan holda aniqlanadi.
Kotlovan tubida ustunlar ostiga qo‘yiladigan poydevorlarni montaj qilishda 
o‘qlarning holati shovun bilan ko‘chirilib, gruntga qoqilgan shtir yoki qoziqlar 
yordamida qayd qilinadi. Stakan tipidagi poydevorlarda stakan yon qirralarining 
o‘rtasi aniqlanadi va yuqori qirraga o‘q belgisi (riski) chiziladi. Poydevor blokini 
zaminga tushirishda blokning holati chizilgan o‘q belgisi bo‘yicha nazorat qilinadi.
Stakan tipidagi poydevorni o‘rnatishda zaminning sirt-yuza qatlami bo‘zilishini 
oldini olish uchun u birdaniga loyihaviy holatga o‘rnatiladi (5.12-rasm). Poydevor 
blokining balandlik bo‘yicha holati niveler yordamida to‘g‘irlanadi, bir vaqtning 
o‘zida stakan tubi sathi ham nazorat qilinadi. Blokning rejadagi holati stroplarni 
echmasdan turib, o‘q belgilarini (o‘rnatish va belgi o‘qlari)ni ikkita o‘zaro 
perpendikulyar o‘qlarni bir-biriga qoplash yo‘li bilan to‘g‘irlanadi, katta bo‘lmagan 
farq montaj lomi yordamida blokni siljitish bilan bartaraf etiladi.
Poydevor bloklarining montaji tugagandan keyin ularning balandlik va rejadagi 
holatlari bo‘yicha geodezik tasvir olib boriladi. Tasvir natijalari bo‘yicha ijro sxemasi 
tuziladi, unda bloklarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan siljishlari ko‘rsatiladi. 
O‘rnatilgan stakan tipidagi poydevor bloklarining loyihaviy holatdan yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan chetga chiqishlari (og‘ishlari): blok o‘qlarining belgilangan 
o‘qlariga nisbatan siljishi 
10mm dan, stakan tubining chetga chiqishi (og‘ishi) 
20mm dan oshmasligi kerak. 
5.12 - rasm. Poydevorlarning montaji: 
1 – gusenitsali kran; 2 – poydevor blokining ko‘tarilgunga qadar holati;
3 – poydevor blokining o‘rnatilgan holati. 
Stakan tipidagi poydevorlarni montaj qilish va umuman bino er osti qismining 
konstruksiyalarini barpo etish nul sikli ishlarga tegishli bo‘ladi va mustaqil montaj 


142 
oqimi bilan bajariladi. Binoning er usti qismi, odatda, aralash usul bilan montaj 
qilinadi, mustaqil oqim bilan ustunlar montaj qilinadi va devor panellari o‘rnatiladi, 
kran osti va stropila fermalari hamda stropila osti fermalari, tom yopma plitalari 
kompleks usul orqali amalga oshiriladi.
Bir qavatli sanoat binolari uchun stakan tipidagi poydevorlarga montaj 
qilinadigan, balandligi 19,35 m gacha, massasi esa 26,4 t gacha bo‘lgan yig‘ma 
temirbeton kolonnalar konstruksiyalarining nomenklaturasi ishlab chiqilgan.
Kolonnalarni montaj qilishga qadar quyidagi ishlarni bajarish kerak:

poydevorlarning yon bo‘shlig‘ini grunt bilan to‘ldirish; 

poydevorlarning to‘rtta ustki qirralari sathida o‘rnatish o‘q belgisini 
chizish;

poydevor stakanlarini ifloslanishdan himoya qilish uchun ularni shchitlar 
bilan yopish; 

montaj krani va avtomobillar yurishi uchun yo‘llar qurish; 

kolonnalarni ularning o‘rnatish joylari yonida taxlash uchun maydoncha 
tayyorlash; 

montaj zonasiga zarur bo‘lgan montaj vositalari, moslamalari va asboblarni 
etkazish; 

kolonnalardagi tutashtirish uchun mo‘ljallangan hamma quyma detallarni 
tekshirish; 

o‘rnatish o‘q belgilarini kolonnalarning yon qirralariga chizish . 
Kolonnalarni ilish, ilmoqlarni montaj halqalariga yoki kolonnadagi maxsus 
teshikdan o‘tkazilgan montaj sterjeniga ildirish orqali amalga oshiriladi. Kolonnalarni 
montaj qilishda ularni poydevorga vertikal holatda tushirish imkonini beruvchi 
friksion qamragichlar (ushlagichlar) va o‘z-o‘zini muvozanatlashtiruvchi traversalar 
keng qo‘llaniladi. Ularning hammasi kolonna poydevor stakaniga o‘rnatilgandan 
keyin ishchini ilmoq osilgan joyga chiqishini talab etmaydigan distansion (masofadan 
turib) ilmoqlarni echish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Kolonnalar montaj kranlari 
yordamida poydevor stakaniga o‘rnatilgan temirbeton tagliklar yoki tekislovchi beton 
aralashmasi ustiga tushiriladi.
Poydevorlarga o‘rnatilgan kolonnalarni to‘g‘irlash va vaqtinchalik mahkamlash 
montaj jihozlarining komplekti yordamida amalga oshiriladi. Kolonna pastki 
qismining poydevor stakani tubidagi loyihaviy holati, kolonnalarni vaqtinchalik 
mahkamlash va vertikal bo‘yicha to‘g‘irlash ponasimon vkladish (almashma)lar 
yordamida bajariladi.
Kolonnalar o‘rnatilgandan sung ularning ustivorligi vaqtinchalik 
mahkamlovchilar, ko‘pincha konduktorlar yoki ponali vkladishlar (quyilmalar) orqali 
ta’minlanadi. Vertikal bo‘yicha kolonnalarni tik holatga to‘g‘irlash va tuzatish 
domkratlar yordamida olib boriladi; bunda kolonnalarning vertikaldan og‘ishi va 
o‘qlardan chetga chiqishi (siljishi) me’yoriy qiymatlardan oshmasligi lozim. 
Balandligi 12 m gacha bo‘lgan kolonnalar poydevorlar stakanlariga, odatda, 
ponali vkladishlar (tiqinlar) yordamida mahkamlanadi, ancha baland bo‘lgan 
kolonnalarni mahkamlash uchun qo‘shimcha tarzda konduktorlar va tortqilardan 
foydalaniladi. O‘rnatilgan kolonnalarni ilmoqlardan bo‘shatish (echish) ularni 


143 
poydevorlar stakanlariga ponali vkladishlar (tiqinlar), zarur bo‘lgan hollarda tortqilar 
bilan ishonchli mustahkamlagandan keyin bajarish toqazo etiladi.
5.13-rasm. Kolonnalarni montaj qilish: 
1 – stakan tipidagi poydevor; 2 – oraliq taglik; 3 – kolonnalarning ombordagi holati; 
4 – o‘rnatilgan kolonna; 5 – montaj traversasi; 6 – oldin o‘rnatilgan kolonna;
7 – kolonnaning stakandagi tutashuv o‘rnini beton aralashmasi to‘ldirish. 
5.14-rasm. Kolonnalarni poydevor stakanlariga montaj qilish uchun mo‘ljallangan 
yakka konduktorlar:
a – oddiy; b – yarimavtomat; 1 – montaj qilinadigan kolonna; 2 – rama; 3 – montaj 
qilinayotgan konstruksiyani qamragichi (ushlagich); 4 – tartibga soluvchi 
(regulirovka qiladigan) vint; 5 – tayanchni qamragichi (ushlagich); 6 – buriluvchi 
kronshteyn; 7 – poydevor; 8 – taglik; 9 – ostga qo‘yiladigan valik; 10 – prujina ostiga 
o‘rnatiladigan qisuvchi roliklar; – yo‘naltiruvchi qo‘zg‘almas roliklar 


144 
Inventar ponali vkladishlar ( qo‘yilmalar) gayka va ruchkali, bobishkali vint 
va sharnirda osilgan korpusdan iborat. Ponalar kolonna qirralari va poydevor stakani 
devorlari orasidagi tirqishga o‘rnatiladi. Bu tirqish 90 mm dan oshgan vaziyatda 
qo‘shimcha qo‘yilmalardan foydalaniladi. Vintni kalit bilan burash ta’sirida bobishka 
ta’siri ostida pona sharnirda korpusdan ko‘chadi va natijada pona va stakan korpusi 
orasida tirgak kuchi yuzaga keladi. Kolonna va poydevor orasidagi tirqishni beton 
aralashmasi bilan to‘ldirishdan oldin ponali vkladishga to‘siq o‘rnatiladi. Bu to‘siq 
qattiq beton aralashmasi zichlangandan keyin yoki odatdagi qorishmalarda esa qota 
boshlagandan so‘ng olib tashlanadi. 
Kolonnalarni vaqtinchalik mahkamlash uchun to‘rli konduktorlar qullaniladi 
(5.14-rasm). Turli ko‘rinishdagi konduktorlarni qo‘llash shartlari, ular yordamida 
kolonnalarni o‘rnatish va to‘g‘rilash ishlarni bajarish loyihasida keltiriladi. 
Kolonnalar tug‘ri holatga keltirilgandan keyin ularni loyihaviy holatda mahkamlash 
tutashuv joylari tez qotadigan va kirishmaydigan sement asosida tayyorlangan beton 
aralashmasi pnevmosiqub beruvchi asbob yordamida betonlanadi. Pona vkladishlar 
(qo‘yilmalar) tutashuv joyidan beton ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan 
muddatdan keyin yoki beton loyihaviy mustahkamlikni 50% ga etgandan keyin olib 
tashlanadi. 
To‘sinlarni o‘rnatish faqat kolonnalar va poydevorlar orasidagi tutashuv 
joylarida betonning loyihaviy mustahkamligi ta’minlangandan so‘ng amalga 
oshiriladi. Montaj qilishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari bajariladi: 

ko‘tarishdan oldin kran osti to‘sinlarini joylashtirish zonasini rejalashtirish; 

montaj krani va avtotransportning harakatlanishi uchun o‘tish yo‘laklarini 
qurish; 

barcha kolonnalar va ular bo‘yicha vertikal bog‘lamalarni loyiha bo‘yicha 
to‘g‘irlash va mahkamlash; 

montaj gorizontini aniqlash va ta’minlash bilan kolonnalar konsollarining 
tayanch maydonchalarining sathiy belgilarini geodezik tekshirish.
Kran osti to‘sinlarini montaj qilish mustaqil oqim yoki tom yopmasining 
qolgan konstruksiyalari bilan birgalikda kompleks ravishda amalga oshirilishi 
mumkin (5.15-rasm). To‘sinlarni va karkasning boshqa elementlarini montaj 
zonasida yog‘och tagliklar ustiga taxlash toqazo etiladi, bunda yig‘ma elementlar 
kolonnalar qatoriga katta bo‘lmagan burchak ostida va ulardan 50 sm atrofida 
uzoqlikda yotqiziladi (bu biriktiriladigan detallarning yon ko‘ndalang tomonlarini 
ko‘zdan kechirish va montajga tayyorlash imkonini beradi). Kran osti to‘sinlarini 
taxlab joylashtirish ularni montaj qilishni hisobga olgan holda bajariladi, bunda kran 
montaj qilish joyidan kran osti to‘sinlarini ko‘taradi va strela qulochini 
o‘zgartirmasdan ularni o‘rnatadi (5.16-rasm). Kran osti to‘sinini ko‘tarishdan oldin 
kolonnalar ustiga montaj narvonlari o‘rnatish, montaj tugunlarini kir va axlatdan 
tozalash, to‘singa tortqilarni mahkamlash va bog‘lash kerak. 


145 
 
5.15-rasm. Namunaviy yacheykalarda elementlarni 
joylashtirish va montaj qilish sxemasi: 
1 – montaj qilingan kolonna; 2 – kran osti 
to‘sini; 3 – top yopmasi plitalari shtabeli; 4 – stropila 
fermalari; 5 – kolonnalarni montaj qilish uchun 
jihozlash 
5.16- rasm. Kran osti to‘sinlarini montaj qilish: 
1 – kolonna; 2 – kran osti to‘sini loyihaviy holatida; 3 – ombordagi kran osti 
to‘sinlari; 4 – montaj krani. 
Kran osti to‘sinlarini ikkita asosiy sxemada montaj qilish mumkin. Birinchi 
sxemada, qamrov chegarasida to‘sinlar montaj qilinadi va ular vaqtinchalik 
mahkamlanadi. Tayanch nuqtalarida to‘sinlarni instrumental nivelirlash amalga 
oshiriladi. Eng yuqori belgi sathigacha to‘sinlarning qolgan hamma tayanch nuqtalari 
po‘lat tagliklar yordamida ko‘tariladi. Kolonnalarni tayyorlash va montaj qilishning 
yuqori aniqligida, kolonnalar konsollarining zarur bo‘lgan gorizonti ta’minlanganda 
to‘sinlarni to‘g‘irlashlarsiz montaj qilish mumkin. Ikkinchi sxemada kran osti 
to‘sinlarini o‘rnatishdan oldin kolonnalar konsollaridagi quyma payvandlash detallari 
ustiga qalinligi 10 mm bo‘lgan tagliklar-kompensatorlar qo‘yiladi, ular tayanch 
yuzasining loyihaviy aniqligini ta’minlaydi. Bu kran osti to‘sinlarini balandlik 
bo‘yicha qo‘shimcha to‘g‘irlashsiz o‘rnatish va uzil-kesil mahkamlash imkonini 
beradi.
Uzunligi 6 m gacha bo‘lgan kran osti to‘sinlari oddiy ilmoqli traversabilan
katta uzunlikdagi to‘sinlar esa qisqichli qamragichlar (ushlagich) bilan loyihaviy 
holatga ko‘tariladi (5.17-rasm). To‘sin loyihaviy belgidan 30...50 sm balandga 
ko‘tariladi va tortqilar yordamida loyihaviy holatga keltiriladi. Kran osti to‘sinlarini 


146 
o‘rnatishda to‘sinlarning pastki yon tomonining qirralaridagi o‘q belgisi chiziqlari 
kolonnalar konsollaridagi o‘q belgi chiziqlariga mos tushishi lozim.
 
5.17-rasm. Kran osti to‘sinlarini montaj qilish qamragichlari (ushlagichlari): 
1 – kran osti to‘sini; 2 – mexanik ushlagich; 3 – traversa; 4 - egiluvchan troslar; 
5 – fiksator (qayd qiluvchi). 
To‘sinlarni balandlik va reja bo‘yicha to‘g‘irlab o‘rnatish domkrat yoki va 
gorizontal vintli qurilma yordamida amalga oshiriladi. To‘g‘irlash ishlari tugagandan 
so‘ng to‘sinning tagiga hisoblangan qalinlikda oraliq tagliklar yotqiziladi va ular 
ankerli boltlar bilan mahkamlanadi. 
To‘sin yuqori polkasi (tokchasi) ning sathiy balandligi (sathiy belgisi) va 
bo‘ylama o‘qning holati geodezik asboblar bilan to‘g‘irlanadi. To‘sinlarni 
mahkamlash ularning ikkita yon oxirida qoldirilgan quyma montaj plastinalarni va 
kolonnaning ikkita sathida – kran osti konsolining yuqori qirrasi va to‘sin polkasidan 
yuqoridagi yon qirrasini payvandlash bilan amalga oshiriladi. Kran osti to‘sini va 
kolonna orasidagi oraliq inventar qolip yordamida beton aralashmasi bilan, , 
to‘sinlarning o‘zaro tutashgan joylaridagi tutashmalar sementli qorishma bilan 
to‘ldiriladi.
Bunday konstruksiyalarga uzunligi 12 m bo‘lgan stropila osti fermalari va 
uzunliklari 12; 18 va 24 m bo‘lgan stropila fermalari va to‘sinlar hamda 18...36 m 
oraliqlarga qo‘yiladigan, oldindan zo‘riqtirilgan fermalar tegishlidir. 
Ob’ektda fermalar va to‘sinlarni tushirish, elementlarni taqsimlab taxlash va 
o‘rnatish, odatda, avtokranlar yordamida montaj kranining harakat zonasida 
bajariladi. Bu konstruksiyalar montaji elementlarni oldindan ob’ektda taxlab (kran 
osti to‘sinlari va tom yopma plitalari bilan birgalikda) yoki bevosita transport 
vositalaridan bajarilishi mumkin. Ferma va to‘sinlarni shunday joylashtirish kerakki, 
bunda kran montaj qilayotgan turar joyidan o‘z strelasi qulochini o‘zgartirmasdan 
ularni loyihaviy holatga o‘rnatishi kerak (5.18 va 5.19-rasmlar). Montaj qilinayotgan 
elementlarni erda turg‘unligini ta’minlash uchun ular maxsus kassetalarda taxlanadi. 
Ob’ektga konstruksiyalar ko‘p miqdorda etkazilganda, ularni montaj zonasida 
taxlamasdan guruhli kassetalarda vaqtinchalik asrash mumkin (5.20-rasm). Agar kran 
osti to‘sinlarini alohida oqim bilan montaj qilish mo‘ljallansa, unda stropila osti 
fermalarini ular bilan bir oqimda montaj qilish ma’qulroqdir. 


147 
 
5.18-rasm. Stropila osti fermalarni montaj qilish: 
1 – montaj krani; 2 – stropila fermasi omborda; 3 – 
fermalarni tayanchlarga o‘rnatish;
4 – montaj jihozlari. 
5.19-rasm. Stropila fermalarini montaj qilish: 
1 – stropila fermalari omborda; 2 – fermani loyihaviy holatga ko‘tarish;
3 – traversa; 4 – montaj krani: 5 – kolonnani montaj moslamalari bilan jihozlash. 
Konstruksiyalarni 
montaj 
qilishdan 
oldin ular qo‘yidagilar bilan 
jihozlanmog‘i lozim: stropila osti fermalari –himoyalash (ehtiyot, saqlash) arqoni, 
osma kajava va tortqilar bilan, stropila fermalari va to‘sinlari –himoyalash arqoni va 
tortqilar bilan. 
Ferma va to‘sinlarni stropovka qilish (kran ilmoqlariga ilish) uchun ilmoqlari 
distansion avtomatik va yarim avtomatik echiladigan ushlagichlar bilan jihozlangan 
traversalar qo‘llaniladi.
Ferma ko‘tarilganda uning fazodagi holati tortqilar bilan to‘g‘irlanadi. 
Fermaning tayanadigan joyidan 0,6 m balandlikda montaj qiluvchilar (kolonnaga 
mahkamlangan montaj maydonchasi ustida turgan ishchilar) uni qabul qilib olishadi, 
o‘q belgisi chiziqlariga to‘g‘irlashadi va loyihaviy holatiga o‘rnatishadi. So‘ngra 
qo‘yma metall detallar payvandlanadi, undan keyin ferma kran ilmoqlaridan ozod 
qilinadi. To‘sinlar va fermalarni montaj qilishda asosan ko‘chma va o‘zi yurar 
teleskopik hamda sharnirli vishkalar va ko‘targichlardan foydalaniladi, ularning 
qo‘llanilishi montajchilarninig ishlashi uchun zarur bo‘lgan qo‘layliklarni ta’minlaydi 
va so‘ri va osma kajavalardan voz kechish imkonini beradi. 


148 
 
5.20- rasm. Ferma va to‘sinlarni ob’ekt oldi omboriga taxlash: 
a – stropila fermalari: b – kran osti to‘sinlari. 
Tom yopmasi fermalari va to‘sinlarini loyiha holatiga o‘rnatganda ularning 
chet uchlaridagi o‘q belgilari chiziqlarini pastda yotuvchi konstruksiyalar 
(kolonnalar, stropila osti fermalari) tayanch yuzalari o‘q belgilari chiziqlari bilan mos 
keltirish kerak. Elementlarni mahkamlash kolonnaning bosh qismiga oldindan 
o‘rnatiladigan konduktorlar yordamida bajariladi. Konstruksiyalarni kran yoki 
ko‘targich ilmoqlaridan echish tirgaklar o‘rnatilgandan keyin va bog‘lamalarni yuqori 
belbog‘larga payvandlagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Birinchi ferma ko‘tarilib, o‘rnatilib va to‘g‘irlangandan keyin tortqi arqonlar 
bilan inventar yakorlarga yoki oldindan o‘rnatilgan va betonlab yaxlitlangan 
kolonnalarga tortib mahkamlanadi, keyingi o‘rnatilgan fermalar bir-biri bilan o‘qlari 
orasidagi o‘lchami qat’iy 6 yoki 12 m ni tashkil etgan maxsus tirgaklar bilan 
birlashtiriladi (5.21-rasm). Birinchi juft fermalar o‘rnatilgandan keyin ularning ustiga 
3...4 tom yopma plitalari boshlang‘ich bikr tizimni yaratish maqsadida yotqiziladi. 
So‘ngra hamma vaqtinchalik mahkamlash moslamalari, ya’ni inventar tirgaklar 
hamda arqonlar olib tashlanadi va tom yopma plitalari payvandlanadi. Fermalarni 
o‘rnatish va mahkamlash bilan bir vaqtning o‘zida loyihada ko‘zda tutilgan doimiy 
bog‘lamalar o‘rnatiladi.
 
5.21-rasm. Dastlabki ikkita stropila fermalarini o‘rnatish va mahkamlash: 
1 – tutqich; 2 – stropila fermasi (to‘sin); 3- tortish muftasi; 
4-vintli inventar tortqi: 5 - kran osti to‘sini: 6 – tortqi arqonlar. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə