O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


VI-BOB. MONOLIT BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

VI-BOB. MONOLIT BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI 
 
6.1. Konstruksiyalarni qoliplash va armaturalash. Beton va temirbeton ishlari 
tarkibi 
Beton va temirbeton tuzilmalar hozirgi zamonaviy bino va inshootlarning 
ajralmas qismidir. 
Beton deb, mineral yoki organik bog‘lovchi, suv, mayda va yirik 
to‘ldiruvchilarni ma’lum bir miqdordagisini aralashtirib, zichlangandan so‘ng qotgan 
sun’iy tosh materialga aytiladi. Qotgungacha bo‘lgan aralashma beton qorishmasi 
deyiladi. 
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi asosida tayyorlangan 
betonlar ishlatiladi. Sement va suv betonning aktiv tashkil etuvchalari bo‘lib, ular 
orasidagi reaksiya natijasida sement toshi hosil bo‘lib, u mayda va yirik 
to‘ldiruvchilarni o‘zaro birlashtirib turadi. Sement va to‘ldiruvchi orasida xech 
qanday kimyoviy reaksiya sodir bo‘lmaydi, shuning uchun to‘ldiruvchilarni inert 
material deyiladi, lekin to‘ldiruvchilar beton tarkibi va xossasiga ta’sir ko‘rsatib» 
betonga g‘ovaklik, qotish tezligi, shuningdek, mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatadi, 
to‘ldiruvchi sifatida tog‘ jinslari yoki sanoat chiqindilari (shlak va boshqalar) 
qo‘llaniladi. 
Keyingi yillarda qurilishda sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit va x.k) 
asosida tayyorlanadigan engil betonlar keng qo‘llanilmoqda. 
Beton xossasini tartibga solish maqsadida qotishni tezlatuvchi va 
sekinlatuvchi, plastikligi va qolipga qulay joylashuvchanligini, sovuqqa va issiq-
quruq havoga chidamliligini oshiruvchi kimyoviy qo‘shimchalar keng 
qo‘llanilmoqda. 
Organik bog‘lovchi modda (bitum, sintetik smola va x.k) asosida 
tayyorlashgan betonlar esa betonning suvga chidamli va suv o‘tkazmasligini 
ta’minlaydi. 
Bog‘lovchi, to‘ldiruvchi va qo‘shimchalarning xilma-xilligini turli xossadagi 
va mustahkamlikdagi beton olish imkonini yaratadi. 
Beton mo‘rt material bo‘lib, uning siqilishdagi mustahkamligi cho‘zilishdagiga 
nisbatan bir necha barobar ortiqdir. SHuning uchun cho‘zuvchi kuchlarni qabul qilish 
maqsadida cho‘zilish qismiga po‘lat armatura qo‘yiladi va buning natijasida 
temirbeton hosil bo‘ladi. 
Foydalanish maqksadiga ko‘ra betonlar konstruksion, ya’ni yuk ko‘taruvchi va 
o‘rovchi tuzilmalar (ustun, to‘sin, devor, poydevor va x.k) va maxsus turlariga 
bo‘linadi. 
Maxsus betonlarga quyidagilar kiradi: 
- gidrotexnik - suvga, bir necha bor muzlash va erishga, shuningdek,
 
suv 
o‘tkazmaslikka chidamli gidrotexnik inshootlar qurilishida ishlatiladigan; 
- yo‘l qurilishi va tayyoragohlar qoplamalari uchun - yuqori muzga, eyilishga 
chidamli va dinamik kuchlarni qabul qiluvchi; 


152 
- o‘tga chidamli - yuqori haroratda ishlovchi bino inshootlarni tuzilmalarini 
ishlab chiqarishda issiqqa chidamli to‘ldiruvchilar (g‘isht maydasi, domna shlaki, 
xromit) va mayda to‘plangan shamot aralashtirib tayyorlangan 1700

S gacha 
harakatga chidamli beton. 
Ish bajarish usuliga ko‘ra beton va temirbeton tuzilmalar quyma va yig‘ma, 
ishlash prinsipiga ko‘ra esa zo‘riqtirilmagan va zo‘riqtirilgan armaturali turlariga 
bo‘linadi. 
Quyma temirbeton va beton tuzilmalar bevosita qurilish maydonida maxsus 
o‘rnatilgan qoliplarga armaturalar o‘rnatilib, ichiga beton quyib tayyorlanadi. Quyma 
temirbeton tuzilmalar er silkinishi kuchli bo‘lgan rayonlarda o‘z samarasini beradi. 
Keyingi paytlarda beton ishlarining maxsus turlariga: suv ostida beton quyish, 
issiqqa, sovuqqa, kislotaga, ishqorga chidamli betonlarni tayyorlash muhim 
masalalarni echishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Qolip
- beton qorishmasini quyib, quyilayotgan buyum yoki konstruksiyaga 
ma’lum loyihani o‘lchash va shakl beruvchi vaqtinchalik yordamchi konstruksiya. 
Qolipga beton qorishmasi quyilib, u qotgunga qadar ushlab turiladi. 
Qolip 
yuk ko‘taruvchi, ushlab turuvchi
va 
shakl beruvchi
elementlardan 
tashkil topadi. 
Qolip quyidagi talablarga javob berishi zarur: 
1.
etarli darajada mustahkam; 
2.
ishchi holatda o‘z shaklini o‘zgartirmaslik; 
3.
texnologik yuk va beton qorishmasi bosimidan geometrik o‘lchashni 
o‘zgartirmaslik; 
4.
quyilgan konstruksiyalar yuzalari sifatini ta’minlash; 
5.
yig‘ish va echib olish qulay bo‘lishi; 
6.
bir necha marotaba qo‘shimcha ta’mirlashsiz ishlatish. 
Konstruktiv jihatdan qoliplar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
echib qayta 
o‘rnatiladigan mayda donali; yig‘ib - qayta o‘rnatiladigan yirik shitli; ko‘tarib, 
qayta o‘rnatiladigan; bloksimon; hajmiy-fazoviy; sirpanuvchi; gorizontal 
harakatlanuvchi; pnevmatik, echilmaydigan va isitiladigan.
Buyumlarni qoliplash uchun foydalaniladigan qoliplar va stendlar buyumga 
bo‘lgan standart va texnikaviy sharoitlar va loyiha xujjatlari talabiga javob berishdagi 
yo‘l qo‘yiladigan og‘ishga ega bo‘lgan o‘lchamdagi buyumlarni tayyorlashga 
mo‘ljallangan, GOST 25781-83* ga muvofiq bo‘lishi lozim. 


153 
6.1-rasm. Qolip turlari 
a- ochib qayta o‘rnatiladigan, b- harakatlanuvchi, v- ko‘tarib, qayta o‘rnatiladigan; g- 
ko‘tarilib-sirpanadigan; d- seksiyali qayta o‘rnaydigan; e- qolip qoplama;
1- qolip shiti; 2- homut; 3- beton quyilgan tuzilma; 4- ushlab turuvchi konstruksiya; 
5- ko‘tarish moslamasi; 6- so‘ri; 7- qolipni echish moslamasi; 
8- qolip- qoplama plitasi. 
Qolip tayyorlash uchun II, III va IV navli igna bargli 
daraxt taxtalari, suvga 
chidamli 
fanera, 
varaqsimon, profilli po‘latlar, stekloplastik 
buyumlar, 
plastmassalar,
armotsement, asbest - sement list va quvurlar, ishirish imkonli 
balonlar hamda beton va temirbeton plita qoplamalar ishlatiladi. 
Qolip ishlari bir yoki bir necha materialdan tayyorlangan: yog‘och, metall, 
temirbeton, yog‘och-metall, metall-karkasli, stekloplastik bo‘lishi mumkin.
Qolip tuzilmalari, uni ushlab turuvchi tag tuzilma, ustunlar, qotirgichlar va 
boshqa qismlari mustahkam, ustivor bo‘lishi, o‘rnatish va echib olishga, armaturalash 
va beton qurilmasini quyish uchun qulay bo‘lishi zarur. 
Qolipni bevosita betonga tegib turadigan qismi zich, tirqishlar bo‘lmasligi, 
ya’ni ulardan sement suti oqib ketish oldi olingan bo‘lishi zarur. YUqori sifatli yuza 
hosil qilish uchun metall qoliplar ichki yuzalariga turli surkash materiallari surkaladi. 
Qoliplar turlari quyidagi (6.1-rasm) da keltirilgan. 


154 
Qoliplar markazlashgan holda maxsus mutaxassislashgan zavodlarda 
tayyorlanib, u qurilish maydoniga komplekt holda barcha zarur elementlari, 
shuningdek extiyot qismlari bilan olib aniq bir konstruksiya uchun ishlab chiqarilgan 
bo‘ladi. 
Qolipni tashqi namlik va sement suti ta’siriga chidamliligini oshirish, uzoq 
vaqt foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular yuzalariga fenol smolasi, 
bakelit smolasi, spirtli lok, epoksid- fenol loki, kremniy organik loklarni shimdirish 
maqsadga muvofiq. Bunday yupqa 
qavatlar fanera, yog‘och-payraxali va yog‘och 
tolali plitalarga ularni 130

-150

S haroratda 1,4-1,5 MPa bosim ostida presslash 
orqali hosil qilinadi. 
Metall qolipning tashqi yuzalari tuzilmalarini zanglashdan saqlash, ichki 
yuzalariga beton qorishmalar yopishib qolish oldini olish maqsadida zanglashga 
qarshi qoplamalar (ishdan chiqqan mashina yog‘lari) surkaladi. 
Qolip tuzilmalari, ushlab turuvchi tuzilma, ustunlari 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə