O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
 
 
 
 
 


149 
5.7. Tom yopmasi plitalarini montaj qilish 
 
Odatda, tom yopma plitalari eni 1,5 va 3 m da 6 m uzunlikka, eni hamda 3 m 
da 12 m uzunlikka ega. Plitalarni stropovka qilish (ilish) “pauk” tipli to‘rt shoxli 
(to‘rt osmali) strop yoki ko‘pincha traversalar bilan amalga oshiriladi. O‘rnatiladigan 
yopma plitalar fermalar (tom yopma to‘sinlari) bilan bir oqimda montaj qilinadi, 
shuning uchun navbatdagi ferma o‘rnatilgan zaxotiyoq navbatdagi yopma plitalar 
qatori joylashtiriladi 
Fonarsiz tom qoplamasida tom yopma plitalarini oldin montaj qilingan 
oraliqdan boshlab fermaning bir tomonidan ikkinchi tarafiga qarata joylashtirish 
(5.22-rasm), fonarlarga ega bo‘lgan oraliqlarda esa yopma plitalarni fermaning ikki 
oxiridan boshlab o‘rta tarafga tomon ketma-ket o‘rnatish tavsiya etiladi. Stropila 
konstruksiyasi ustidagi tom yopma plitalarini loyihaviy holatini ta’minlash 
maqsadida ular fermalar (to‘sinlar) yuqori belbog‘laridagi belgilar bo‘yicha 
o‘rnatiladi. 
5.22-rasm. Tom yopma panellarini montaj qilish:
 
1 – tom yompa plitalari shtabeli; 2 – montaj krani; 3 – 
kolonnalarni montajga jihozlash; 4 – tom yopma 
plitalarini ketma-ket yotqizish 
Stropila konstruksiyasi ustiga o‘rnatilgan birinchi 
plita to‘rtta tayanch tugunlarida payvandlanadi. Har bir 
navbatdagi plitaning qo‘yma payvandlash detallari 
uchtadan kam bo‘lmagan tayanch tugunlarida fermaning 
yuqori belbog‘idagi qo‘yma payvandlash detallariga 
payvandlanadi (plitaning to‘rtinchi burchagi payvandlash 
uchun noqulaydir). 
Har bir yacheykada birinchi plitani o‘rnatishda 
bitta montajchi qo‘shni yacheykaga yotqizilgan plita 
ustida turadi, ikkinchi montajchi esa kolonnaga osilgan 
zina-maydonchada turadi. So‘ngra ikkita montajchi ham 
keyingi plitani qabul qilish va o‘rnatish uchun yangi qo‘yilgan plita ustiga o‘tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‘siq konstruksiyalari bilan 
jihozlanmog‘i lozim. Plitalar orasidagi choklar tez qotadigan sement asosidagi 
sement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton aralashmasi to‘ldiriladi. 
Bir qavatli sanoat binolarida tom yopmasining elementi sifatida katta 
o‘lchamli plitalar – qobiqlar, 2T plitalar, boshqa industrial buyumlar ko‘zda tutilishi 
mumkin, ular isitgich va tom qoplamasi bilan bajarilgan holatda ob’ektga keltiriladi. 
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‘yma payvandlash detallarini 
tirgak yotqizilgan fermaga payvandlangandan keyin olib tashlanadi. Tom 
yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‘sinlari o‘rnatish bo‘yicha montaj qilish 


150 
fermalar bo‘yicha olib borilgan ketma-ketlikda va aynan o‘sha usullar bilan 
bajariladi.
Devor panellari butun bino karkasi va tom yopmasini yoki uning bir qismi 
montaj qilingandan keyin mustaqil montaj oqimida o‘rnatiladi. Tashqi devor panellari 
o‘lchamlari 1,2 va 1, 8 m balandlikda 6 va 12 m uzunlikda qabul qilingan. 
Devor to‘siqlari odatda o‘zi yurar to‘g‘ri strelali gusenitsali yoki 
pnevmog‘ildirakli kranlar, guskali strelaga ega bo‘lgan yoki maxsus minora-strela 
bilan jihozlangan kranlar bilan bajariladi. Devor panellarni montaj qilishda 
gusenitsali kranlardan keng foydalaniladi, chunki ularning yurishi uchun yo‘llar oson 
tayyorlanadi.
Maxsus minora-strelali jihozga ega kranlardan foydalanilgan holda tashqi 
devor panellarni montaj qilish texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Bunday jihozning 
qo‘llanilishining asosiy texnologik jihatlari qo‘yidagilardan iboratdir: 

yuk ko‘taruvchi kranni montaj maydonchasi bilan birlashishi; 

montaj maydonchasini vertikal (kran minorasi bo‘yicha yuqoriga va pastga) 
va gorizontal (minoradan devorga va aksincha devordan minoraga) yo‘nalish 
bo‘yicha ko‘chirish imkoniyati; 

o‘rnatiladigan panellarni kran va montaj qilinadigan devor orasida 
joylashgan kassetalarga taxlash; 

bino perimetri bo‘yicha eni 8,5 dan kam bo‘lmagan montaj zonasini tashkil 
etish. 
Tashqi panellarni o‘rnatishda nafaqat to‘suvchi panellarni aniq montaj qilish, 
balki ularning estetik funksiyalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. SHu sababli 
choklarning zarur bo‘lgan o‘lchamlarini saqlash, ularni sifatli pardozlash, yuza 
tomonidagi qirralarining butun holatida saqlanishi lozimdir.
Montaj ishlarining aniq bajarishligini geodezik tekshiruvda qo‘yidagilar 
nazorat qilinadi: birinchi qator panellari uchun – panel pastki qirrasining o‘q 
belgilarining chiziqlari bilan mos tushishi; yonma-yon yoki ustma-ust o‘rnatilgan 
panellar qirralarining mos tushishi, o‘rnatilinadigan panellar qatori qirralarining 
vertikalligi. 


151 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə