O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə22/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

7. O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti
Har bir davlat o`z funksiyasini amalga oshirishda tashqi funksiyasi yetakchi o`rinni egallaydi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat tashqi siyosatiga aloxida bir MAVZUni bag`ishlash bilan mamlakat xalqaro xuquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalariga tarafdor ekanligini butun jaxonga ma'lum qildi. «Biz tashqi siyosatimizni shakllantirishda konstitutsiyaviy tamoyillarga amal qilgan holda, avvalo, o`z kuch — qudratimizga, ma'naviyatimizga, ko`p avlodlar mexnati bilan yaratilgan xalqimiz saloxiyatiga tayanyapmiz, — deb ta'kidlagandi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Bu — tashqi munosabatlarda ochiq, teng xuquqli va o`zaro foydali xamkorlik qilish, xalqaro xuquqning umume'tirof etgan qoidalariga rioya etish demakdir».13[13]
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o`zining qonuniy aksini topgan. Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo`nalishi o`z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro aloqalarini o`z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi.
Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin." "O`zbekiston Respublikasi - xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti" degan konstitutsiyaviy qoida O`zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o`rnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizni haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini isbotlaydi.
Bu esa quyidagilarni anglatadi:

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə