O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Demak, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursi o`ziga hos predmetga ega



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Demak, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursi o`ziga hos predmetga ega.
Uning predmetini asosan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o`rganish kursi shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida vujudga keladigan va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida paydo bo`ladigan, inson xuquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimi (yig`indisi)dir.
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining metodologik asoslari.
Ushbu o`quv kursining o`rganishda bilish nazariyasining quyidagi uslublari (metodlari) keng qo`llaniladi.

  1. 1. tarixiy uslub- konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni nima uchun va qanday vujudga kelganligi, rivojlanganligini tahlil qilib ularni mohiyati va vazifalarini ochib beradi

  2. 2. qiyosiy uslub- boshqa huquqiy tizimlarning huquqiy tartibga solish mexanizmini o`rganib huquqiy normalarining samarali modelini yaratishga imkon beradi.

  3. 3. tizimli uslub- huquqni yagona tizim sifatida uning normalari , institutlari va boshqa huquqiy hodisalar o`rtasidagi aloqalarini o`rganish orqali huquq sohasini takomillashtiradi

  4. 4. sotsiologik uslub- huquqiy normalarni ijtimioliy munosabatlardagi o`rniga nisbatan jamoat munosabatini o`rganish orqali huquqiy normalarni takomillashtirishga imkon yaratdi.

  5. 5. statistik uslub- normalarni amalga oshirish natijalari va ko`rsatkichlarini yig`ish va ularni tahlil qilish orqali huquqiy normalar samaradorligini kuzatishga, o`rganishga imkon yaratadi.

  6. 6. shakliy yuridik usul- soha, institutlar va normalar ichki tuzilishi normani shakly aniqligini, ularni tizimlashtirishni tahlil qiladi.

3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining manbalari.
Davlat hokimiyati jamiyat ehtiyojlaridan va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish yo`nalishlaridan kelib chiqib huquqiy normalarni qabul qildi. Har qanday konstitutsiyaviy normada davlt hokimiyatinining muayyan irodasi o`z ifodasini topadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish kursi manbalaridan biri bu – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O`zbekistn Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va jamiyat tuzilishi, davlat siyosatining yo`nalishlari, inson va fuqarolarning huquqiy holati, miliy davlat ma'muriy-hududiy tuzilishi, davlat organlarining tashkil topishi va faoliyatining asosiy prinsiplari yuridik asoslar mustahkamlangan. Konstitutsiya yuridik kuchi bo`yicha davlatning hamma huquqiy normalardan yuqori turadi va o`zining ba'zi normalari bilan huquqning boshqa tarmoqlari uchun manba vazifasini bajaradi.
2. Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyasi ham manba hisobladi.
3. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy va joriy qonunlar ham manba bo`ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarda konstitutsiyaviy normalariga aniqlik kiritish, ularni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish tartibi joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Qonstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 2/3 qismi ovoz berishi talab etiladi, joriy qonunlarni qabul qilishda esa deputatlarning ovoz berishi yetarli bo`ladi.
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari kiradi. Farmon faqat O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq va ularning ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilinadi. Davlat qurilishi va jamiyat hayotini isloh qilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim farmon , qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda.
5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ham hisoblanadi. Bunday qarorlarda respublika Prezideti tomonidan belgilangan vazifalar huquqiy asosda batafsil yoritilib beriladi va aniq chora tadbirlar bilan mustahkamlanadi.
6. Mahalliy hokimiyatning ba'zi bir qarorlari ham manba bo`lishi mumkin. Bunday qarorlarga xalq deputatlarining Kengashlari tomonidan tasdiqlangan, Kengashlarning qo`mita va komissiyalari, deputatlar guruhlari to`g`risidagi nizomlar, ularni ish tartiblari tasdiqlovchi qarorlar misol bo`ladi. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari Konstitutsiya, qonun, farmon, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruv organlari aktlariga muvofiq va ularning ijrosni ta'minlash uchun chiqariladi. Ular o`z hududi doirasida konstitutsiyaviy huquq predmetiga kiruvchi masalalarni tartibga soladi.
Ushbu uquv kursining manbalari Konstitutsiyada belilab qo`yilgan.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə