O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə8/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

6. Konstitutsiya turlari
So`nggi ikki yuz yillan ortiq konstitutsiyaviy taraqqiyot mobaynida turli mamlakatlarda nihoyatda ko`p konstitutsiyalar qabul qilindi. Ularning ichki kompozitsiyasi (tuzilishi), tartibga soladigan masalalari. tashqi belgilarida o`xshashliklar mavjud bo`lsada, barcha konstitutsiyalarni mazmuni, mohiyati, ijtimoiy vazifalariga ko`ra tasniflash ma'lum turlarga ajratish mumkin.
Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida tasniflash, turli toifalarga ajratish ko`p sonli konstitutsiyalar ichida mo`ljal olishni osonlashtiradi, ular orasidagi qonuniyatli aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va o`rnini belgilashga imkon beradi. Eng muhimi, dunyodagi konstitutsiyalarning ijtimoiy yo`nalishini, mazmuni va mohiyatini anglashga ko`maklashadi.
Tasniflash dunyoviy konstitutsiyaviy qonunchilikning umumiy manzarasini ko`z oldimizga keltirish imkonini yaratadi. To`g`ri, tasniflashning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yubormaslik lozim. Konstitutsiyalarni tasniflash aslida shartli bo`lib, u har bir konstitutsiyaning qabul qilinish shart-sharoitini, unda ifodalanadigan siyosiy kuchlar nisbatini, mamlakatning tarixiy va milliy an'analarini to`la to`kis qamrab ololmaydi.
Biroq tasniflash yordamida konstitutsiyalarning umumiy, mohiyatiga oid belgi va xususiyatlarini, tabiatini anglash mumkin. Keng ma'noda olganda, tasniflash bizning konstitutsiyalar haqidagi bilimlarimizni aniqroq shakllantiradi va tizimlashtiradi.
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo`lish mumkin.
Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:

  •  Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni.

  •  Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy munosabatlar.

  •  Tirik Konstitutsiya-AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o`zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.

  •  Fiktiv (soxta) Konstitutsiya-SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi.

  •  Moddiy Konstitutsiya-konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.

  •  Formal Konstitutsiya- Asosiy Qonun bo`lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.

Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko`ra quyidagi turlaga bo`lish mumkin:

  •  Yozma konstitutsiyalar.

  •  Og`zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar-Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.

  •  Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo`lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O`zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo`la oladi.

  •  Yaxlit bo`lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo`ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.

  •  Yumshoq konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o`zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o`zgartiriladi.

  •  Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o`zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O`zbekiston konstitutsiyalari.

  •  Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.

  •  Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo`lgan konstitutsiyalar.

Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo`lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo`lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega.

  1. 1. Farb mamlakatlari Konstitutsiyalari.

  2. 2. Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.

  3. 3. O`tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.

  4. 4. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari.

Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo`lish mumkin:

  1. 1. Demokratik Konstitutsiyalar.

  2. 2. Avtoritar Konstitutsiyalar.

  3. 3. Totalitar Konstitutsiyalar.

Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi. Aksariyat ko`pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o`rinli degan fikr qaror topdi. Shu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo`lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba'zi mamlakatlarda konstitutsiya deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.
Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko`ra, turli ko`rinishlarga ega bo`ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya'ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in'om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O`z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o`z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in'om etgan.
Amal qilish vaqtiga ko`ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya'ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo`ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma'lum muddatga yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi. Masalan, Tailandning 1959 yildagi Konstitutsiyasi to Ta'sis majlis doimiy konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqunga qadar amalda bo`ldi. Ko`pchilik konstitutsiyalar doimiy amal qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Biroq bu hol ularning abadiyligini kafolatlamaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyatning o`zgarishi aksariyat hollarda yangi konstitutsiya qabul qilinishiga olib keladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy to`ntarishlar oqibatida konstitutsiyalar juda tez-tez o`zgarib turadi. Masalan, 60 yillarning o`rtalarigacha Boliviyada — 20 ta, Kolumbiyada — 11 ta, Dominikan Respublikasida — 15 ta, Gaitida — 23 ta, Venesuelada — 22 ta konstitutsiya qabul qilindi.
Bir qator konstitutsiyalar matnida ularning abadiyligi, o`zgarmasligi haqidagi qoida mustahkamlab qo`yilganini uchratish mumkin. Masalan, Meksikaning 1917 yilgi Konstitutsiyasida «o`zgarmas» (136-modda) deb yozilgan. Gretsiyaning 1975 yildagi Konstitutsiyasida unga rioya etish greklarning vatanparvarligi bilan ta'minlanishi belgilangan. Ular Konstitutsiyaning bekor qilinishiga barcha vositalar bilan qarshilik
ko`rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4qism).
Konstitutsiyalarni mazmuni va tabiatiga ko`ra ham tasniflash mumkin. Siyosiy rejimni rasmiylashtirishga qarab konstitutsiyalar demokratik va avtoritar bo`lishi mumkin. Avtoritar konstitutsiyalar ichida yana totalitar konstitutsiyalar bo`lishi e'tirof etiladi.
Demokratik konstitutsiyalar fuqarolarning muayyan huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, siyosiy partiyalarning erkin shakllanishi va faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yadi, hokimiyat idoralari ta'sis etilishining saylov tartibini o`rnatadi va hokazo.
Avtoritar konstitutsiyalar siyosiy partiyalar faoliyatini cheklaydi yoki taqiqlaydi, ba'zan yakka partiyaning hukmronligini o`rnatadi. Nomiga e'lon qilingan konstitutsiyalar fuqarolar huquq va erkinliklarini jiddiy cheklash yo`lini tutadi. Avtoritar (totalitar) konstitutsiyalar haddan ziyod mafkuralashganligi bilan ajralib turadi.
Boshqaruv shaklini mustahkamlash hamda davlat boshlig`i lavozimini egallash tartibiga ko`ra, monarxiya va respublika konstitutsiyalari bo`lishi mumkin; siyosiy hududiy tuzilishni belgilashiga qarab — federativ va unitar konstitutsiyalar farqlanadi. Federativ davlatlarda federal konstitutsiya va federatsiya subyektining konstitutsiyasi mavjud bo`ladi.
O`zgartirilish tartibi (usuli)ga ko`ra, «yumshoq» va «qattiq» konstitutsiyalar bo`ladi.
«Yumshoq» konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib asosida o`zgartiriladi yoki to`ldiriladi. «Qattiq» konstitutsiyalar alohida o`rnatilgan tartibga muvofiq (qo`shimchalar taqdim etilgandan so`ng ma'lum vaqt o`tgach yoki malakali ovoz berish — deputatlarning 2/3 qismi ovozi bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan taqdirda va hokazo) o`zgarishi mumkin. Masalan, AQSH Konstitutsiyasiga ikki yuz yildan ortiq amal qilishi mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ham «qattiq» konstitutsiyalar qatoriga kiritish lozim.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə