O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Suverenitet tushunchasi va uning turlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə14/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

1. Suverenitet tushunchasi va uning turlari
2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari
3. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari: bayroq, madhiya va gerb
4. Xalq hokimiyatchiligi - davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy tamoyili sifatida
5. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy shakllari: bevosita va vakillik demokratiyasi
6. O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi. Konstitutsiya normalarining to`g`ridan to`g`ri amal qilishi
7.O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti
8. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
1 Suverenitet tushunchasi va uning turlari
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi «O`zbekiston — suveren demokratik respublika» ekanligini e'lon qiluvchi va qonuniy mustahkamlovchi muhim qoidadan boshlanadi. Xususan, uning 1-moddasida «O`zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning «O`zbekiston Respublikasi» va «O`zbekiston» degan nomlari bir ma'noni anglatadi», deb belgilangan.
Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o`z fuqarolarining irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq va manfaatlarini to`la va har tomonlama ta'minlashi mumkin.
Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining ustivorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to`la mustaqilligi tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida xususiyati bo`lish bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi ham hisoblanadi. O`zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri davlat suvereniteti prinsipi hisoblanadi. «Davlat suvereniteti» iborasi fransuzcha «yuqori hokimiyat», «oliy hokimiyat» degan ma'noni anglatadi. Suveren davlat ichki va tashqi siyosiy faoliyatida o`zining mustaqil va oliy davlat hokimiyatiga, ya'ni qonun chiqaruvchi hokimiyatiga ega bo`ladi. «Suverenitet» degan ibora davlat-huquqiy ma'noda birinchi marta XVI asrda fransuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, suverenitet «davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir».

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə