O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratuvchisi va tashabbuskori



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə13/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratuvchisi va tashabbuskori
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, yangi suveren davlat maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlab qo`yish muammosi yuzaga keldi. O`zbekiston Prezidenti mamlakatni o`zining rivojlanish yo`lini konstitutsiyaviy asosda belgilab olishi zarurligini bir necha bor ta'kidlagandi. "Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko`p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo`lishiga bog`liq"5, – degan edi yurtboshimiz.
Sovetlar hokimiyatini o`rnatgan bolsheviklar (masalan: Turkiston ASSRning 1918 yilgi Konstitutsiyasi, O`zbekiston SSRning 1927; 1937; 1978 yilgi Konstitutsiyalari) mustamlakachilik siyosatini, yangi-yangi hujjatlar qabul qilish usullari bilan amalga oshira boshlaganlar. Shuningdek, kommunistik partiya olib borgan siyosat tufayli millionlab begunoh kishilarning qatag`on qilinishiga, qonunsiz, sudsiz yo`q qilib yuborilishiga shart-sharoitlar yaratilgan. Shunga qaramasdan, O`zbekiston xalqining mustaqillik uchun olib borgan sa'i harakatini 1989 yildan boshlab I.A.Karimov O`zbekiston xalqining asriy istiqlol orzularini ro`yobga chiqardi.
Konstitutsiyamizning yaratilishida, muhokama qilinishida va qabul qilinishida Konstitutsiyaviy komissiyaning Raisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning rolini alohida ta'kidlash lozim. U kishi nafaqat Konstitutsiya ishlab chiqish tashabbuskori, nafaqat loyiha tayyorlash ishlariga rahbar, balki Asosiy Qomusning tub mohiyati, falsafasi, asosiy g`oyalarining muallifidir. I.A.Karimov Konstitutsiyaning har bir moddasini aqli va yuragi bilan his etdi, uni pishitdi va takomillashtirdi.6
Undagi qoidalar Islom Karimov ifodalab bergan g`oya va prinsiplarni mustahkamladi. Konstitutsiya loyihasi o`zining tuzilishi bilan O`zbekiston Prezidentining ulkan yaratuvchilik va islohotchilik faoliyati natijasi ekanligini ko`rsatib turardi. Shuningdek uning zimmasiga jamiyatni yangilash, o`tish davrining murakkab sharoitida davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-huquqiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qilish kabi tarixiy vazifani yukladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arMAVZUi, iste'dodli siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo`ldi.
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash borasidagi barcha ishlar I.A. Karimovning bevosita rahbarligida amalga oshirildi.
Prezident Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan respublikamizning o`ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to`liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga yo`naltirilishini ta'minlashga harakat qildi. Loyihani tayyorlash chog`ida Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlarining konstitutsiyalari o`rganib chiqildi. U inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro hujjatlarni inobatga olgan holda tayyorlandi7.
O`zbekistonning yetakchi huquqshunos olimlaridan biri, o`sha paytda Konstitutsiyaviy komissiyaning a'zosi bo`lgan akademik SH. Z. O`razayev shunday xotirlaydi: «Prezidentimiz shunda ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a'zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste'dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e'tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident – o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini o`z zimmmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa o`tardi.»8
Mustaqil O`zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi xalqchil qomusdir. Sababi–uning loyihasi ustida, I.A.Karimov ta'kidlaganidek, taxminan ikki yil davomida ishladik. U ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o`tdi, xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi.9 Asosiy Qomusimizda fuqarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik, umuminsoniy qadriyatlarga ixlos kabi yaxshi sifatlar o`z aksini topgan. Yurtimizga xos qardoshlik va do`stlik an'analari, o`zining boy va teran tarixiga ega bo`lishi, xalqlarning o`zaro totuvligi va qo`shnichiligi prinsiplari ham Konstitutsiyamizda muhim o`rin tutadi.10
Islom Karimov Konstitutsiya loyihasini ayollar va erkaklarning teng huquqliligi, davlatning madaniy yodgorliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish haqidagi moddalar bilan to`ldirishni taklif qildi, asosiy e'tiborni Konstitutsiyaning inson va fuqarolar erkinliklari va burchlarini qonuniy mustahkamlovchi moddalariga qaratdi. Prezident Konstitutsiya loyihasini birinchi marta e'lon qilguncha to`rt marta, keyingi e'lon qilingunicha esa yana ikki marta tahrir qildi. Fuqarolarning aniq takliflari va mulohazalarini o`rganib chiqib, Oliy Kengash sessiyasidan avval loyihani qo`lida qalam bilan yana bir bor ko`rib chiqdi.11
Islom Karimovning Konstitutsiyada o`z aksini topgan g`oyalari uning 1992 yil yozida chop etilgan "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li" asarida ifodalab berildi. U shunday deb yozgan edi: "Mustaqil O`zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bu Asosiy Qonun har tomonlama va chuqur o`ylangan umumxalq muhokamasidan keyin demokratik yo`l bilan qabul qilinadi. Umumiy g`oyasiz bizning ko`p millatli mamlakatimizda mustahkam ma'naviy makonni yaratish mumkin emas. Konstitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo`llarini ochib beradi"12.
"Darhaqiqat, – deb yozadi O`rta Osiyo bo`yicha taniqli mutaxassis professor L. Levitin, – O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida hozirgi zamon jamiyatlariga ularning siyosiy-huquqiy tashkil etilishi nuqtai nazaridan zarur bo`lgan deyarli barcha narsa mavjud. Shaxsning mustaqilligi, hokimiyatlarning taqsimlanishi, mulkdorlik shakllarining xilma-xilligi, mafkuraviy rang-baranglik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy plyuralizm, boshqariladiganlarning roziligiga asoslangan hukumat singari va ko`plab boshqa demokratik qadriyatlar konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplari sifatida tasdiqlanadi. Uzoq yillar davomida totalitar-mustabid tartibotning xomxayol-demokratik niqobi bo`lib kelgan turli ko`rinishdagi "sho`rochiliklar" barham toptirilgan"13.
Prezident Konstitutsiyaning kafili sifatida unga rioya qilinishining etaloni hisoblanadi va shu nuqtai nazardan o`zi rahbarlik qilayotgan organlar va mansabdor shaxslarning faoliyatiga baho beradi. U Konstitutsiyaning kafili sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini, uning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, davlat organlarining o`z vazifalarini bajarishlarini va muvofiqlashgan hamkorligini ta'minlash, konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash bo`yicha barcha sharoitlarni yaratish uchun zarur chora-tadbirlarni ko`radi.14
Konstitutsiyadan kelib chiqqan holda, I.A.Karimov o`zining fundamental asarlarida O`zbekiston taraqqiyotining strategik yo`nalishlarini belgilab berdi. Konstitutsiyani kafolatlar ekan, davlat rahbari bevosita hamda davlat organlari orqali harakat qiladi. Konstitutsiyaning kafili sifatida Prezident umuman Konstitutsiyani himoya qilish mexanizmi ta'sirining samaradorligi uchun shaxsan javobgarlik namunalarini ko`rsatmoqda. U davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish, butun mamlakat hududida tinchlik, barqarorlik va qat'iy konstitutsiyaviy tartibni kafolatlash bo`yicha o`z majburiyatini bajarar ekan, xalq ishonchini munosib oqlamoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan "O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida"gi farmoni Konstitutsiyani kafolatlash va bu maqsad uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan15.
Shunday qilib, I. A. Karimovning Konstitutsiya haqidagi fikrlari, ta'kidlari va xulosalari ro`y berayotgan konstitutsiyaviy jarayonlarni, O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlarini, uning hozirgi holatini va istiqbollarini, boy imkoniyatlarini o`rganish, chuqur tahlil va sintez qilish natijalariga asoslangan16.
IV MAVZU. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə