O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining vazifasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganish kursining vazifasi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish huquqi” kursini o`qitishdan maqsad talabalarda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Asosiy Qonun sifatida jamiyat va davlat hayotida tutgan o`rnini, fuqarolarning xuquq va erkinliklari va burchlarini, Konstitutsiyaviy qonunlar va xuquq manbalarining xususiyati to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat.
“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganish” kursini vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, fuqarolarning xuquqiy ongini yuksaltirishni, davlat mustaqilligining xuquqiy asoslarini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalarini, davlat xokimiyati tashkil etish tamoyillarini, oliy va maxalliy davlat organlari faoliyatini va ularning tizimini, demokratik institutlardan biri hisoblangan saylov tizimini va uning mazmunini, davlat xokimiyati va sud-xuquq tizimidagi o`zgarishlarni yaqindan tanishtirish.
Ma'lumki, o`tgan davr maboynida, xususan 2002-2005 yillar orasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi sohasida juda ko`p islohotlar amalga oshirildi hamda bir qancha yangi qonunlar qabul qilindi. Shundan kelib chiqqan holda aytish lozimki, ushbu o`quv qo`lanmada quyidagi yangi huquqiy islohotlar hamda o`zgarishlar o`z aksini topdi:
- O`zbekiston tarixida birinchi marta davlat xokimiyati tizimida ikki palatali parlament tizimi qaror topdi hamda Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o`tdi;

  • - Prezidentning vakolat muddati uzaytirildi;

  • - ijro xokimiyati tarkibi yangidan tashkil etilib, uning vazifalari aniq yo`naltirildi;

  • - davlat hokimiyatining shakllanishida muhim institut hisoblangan saylov tizimida ayrim o`zgarishlar ro`y berdi;

  • - sud-xuquq tizimi tubdan liberallashtirildi.

Ushbu o`quv qo`llanma talabalarning konstitutsiyaviy-huquqiy ongi yuksalishi hamda huquqiy madaniyatning shakllanishida baholi qudrat xizmat qiladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, Konstitutsiyaning asosiy mohiyati, …shundaki, u jamiyat va uning a'zolari oldiga maqsad qo`yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo`llarini o`zida mujassam etadi. Shu o`rinda davlat, oila va jamiyat manfaatlari, soddaroq qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uyg`unlashib ketmas ekan, rivojlanish sari olg`a siljish bo`lmaydi.2[2]

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə