O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Xalq hokimiyatchiligi- davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy tamoyili sifatida



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə18/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4 Xalq hokimiyatchiligi- davlat hokimiyatini amalga oshirishning asosiy tamoyili sifatida
Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O`zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan bo`lishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga muvofiq., xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

«O`zbekiston,-deydi Prezidentimiz Islom Karimov-kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu-insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir»1.


Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o`zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tartiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat demokratik taraqqiyotining strategik yo`nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini, davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish idoralarining saylanishini, ko`ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o`zida aks ettiradi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki kunlardayoq, u qanday taraqqiyot yo`lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo`ladi, degan savollar ko`ndalang turardi. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lini belgilash lozim edi. Ana shu yo`lni belgilashda O`zbekiston Prezidenti I.Karimov ulkan hissa qo`shdi. I.Karimovning «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li», «O`zbekiston-bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li», «O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida» nomli asarlarida, shuningdek respublika parlamentida va boshqa yig`ilishlarda qilgan ma'ruzalari va nutqlarida O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyoti yo`li, demokratik jamiyat qurishning, milliy huquqiy davlat barpo etishning nazariy metodologik, g`oyaviy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy asoslari ishlab chiqildi. O`zbekistonning taraqqiyot yo`li birinchidan, xalqaro tajribaga asoslangan holda, ikkinchidan, xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odatlariga, uchinchidan, respublikaning o`z imkoniyatlari va shart-sharoitlariga mos ravishda ishlab chiqildi. Bu yo`lga quyidagi asosiy yo`nalishlar asos qilib olindi:
-demokratik, odil, fuqarolik jamiyat qurish;
-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish;
-milliy davlatchilik tarixi tajribasiga asoslangan huquqiy davlat barpo etish;
-qonun va qonunlarga rioya qilish ustunligini ta'minlash;
-islohotlarda davlatning tashabbuskor va yetakchilik roli;
-ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, ko`p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, xususiy mulk dahlsizligini ta'minlash, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlikka ko`maklashish;
-bir mafkuraning yakkahokimligidan voz kechish, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish, hurfikrlik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
-kommunistik partiya yakka hukmronligiga chek qo`yish, ko`ppartiyaviylikni amalda shakllantirish;
-ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;
-hamma uchun umumiy ta'lim olish, mehnat qilish, dam olish shart-sharoitlarini yaratish;
-ijodiy mehnatni qadrlash, odamlarning iste'dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun imkoniyatlar yaratish va boshqalar.
Xalq davlat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7 – moddasiga binoan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sanaladi. O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati halq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Ushbu moddadan kelib chiqib, davlat hokimiyati xalq manfaatlari yo`lida xizmat qilar ekan, uning uchun o`z faoliyatini olib borar ekan, o`z navbatida xalq ham davlat uchun o`zining oldiga qo`yilgan yuksak va ishonchli vazifalarni amalga oshirmog`i lozim.
Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan, davlat hokimiyati faqat Konstitutsiyada va qonunlarda ko`zda tutilgan va ular asosida tuzilgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bizda davlat hokimiyatining tizimi-uning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi tamoyiliga asoslanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijroya hokimiyati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud hamda Oliy xo`jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha idoralar o`z faoliyatini faqat qonun tomonidan berilgan vakolat doirasidagina yuritadilar. Ularning o`zboshimchalik bilan Konstitutsiya va qonunlardan tashqari vakolatlarga ega bo`lishi, o`zlariga berilgan vakolatdan chetga chiqishi mumkin emas. Shuningdek, ularning vakolatlarini boshqa organlar yoki tashkilotlar, alohida shaxslar amalga oshirishi mumkin emas.
Yuqorida aytib o`tilgan barcha davlat idoralarining tashkil etilishi va huquqiy holati Konstitutsiya va tegishli qonunlarda belgilab qo`yilgan. Barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar, shu jumladan fuqarolar ham O`zbekiston Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlarga so`zsiz itoat etishlari lozim. Bu esa huquqiy davlatimizning muhim belgilaridan biridir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 8-moddasiga muvofiq O`zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Konstitutsiyada «O`zbekiston xalqi», «O`zbekiston fuqarolari» degan tushunchalarga ta'rif berilgan. Bunga ko`ra, O`zbekistonda tug`ilgan va uning xududida istiqomat qiladigan har bir inson millatidan, irqidan, qaysi dinga e'tiqod qilishidan qat'i nazar, O`zbekiston xalqini tashkil etadi va respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo`lish huquqiga egadir.
Konstitutsiyaning 8-moddasida belgilangan yana bir muhim demokratik ruhdagi qoida O`zbekiston fuqarolarining milliy tengligi tamoyilining mustahkamlanishidan iborat. Bu esa inson huquqlari haqidagi xalqaro huquq me'yorlariga to`la mos tushadi. Masalan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 2-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson, biror-bir ayrimachiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e'tiqodi yoki boshqa e'tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat'i nazar, mazkur deklaratsiyada e'lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo`lishi kerak.
«O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi shart». (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 18-modda).
Mazkur qoida O`zbekistonni davlat sifatida dunyodagi eng demokratik mamlakatlar darajasiga ko`tardi. Chunki insonni ulug`lash, uning kim bo`lishidan qat'i nazar, qonun oldida tengligini ta'minlash hamda uning haq va huquqlarini qo`riqlash demokratik davlatlargagina xosdir. Fuqarolarning O`zbekiston Respublikasida bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lish qoidasi Inson huquqlari Umumjahon dekloratsiyasi qoidalariga to`la-to`kis mos keladi. Shu bilan bir qatorda, barcha fuqarolar bir-birlari bilan do`stona munosabatda bo`lishlari va tinch-totuv yashashlarining zaminida inson huquqlari turishi va bu birinchi navbatda, konstitutsiyaviy huquq bilan himoya qilinishi zarur..
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydi, uning xalq hokimiyatchiligiga asoslanganligini bildiradi. Bu prinsip O`zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasida quyidagicha mustahkamlangan: O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi.
Davlat hokimiyatining bo`linishi prinsipini mustahkamlagan ushbu modda, me'yor O`zbekistonning konstitutsiyaviy tarixida birinchi marta paydo bo`ldi.O`zbekistonning ilgargi 1927, 1937 va 1978 yillardagi Konstitutsiyalarida bunday prinsip mavjud emas edi. Chunki ushbu Konstitutsiyalar markscha-lenincha kommunistlar hukmronligi nazariyasiga asoslanib, unda «hokimiyatning bo`linishi» prinsiplari rad etilar edi.
«Hokimiyatning bo`linishi» g`oyasi qadimiy bo`lib, qadimgi yunon faylasufi va olimi Aristotel tomonidan ham ilgari surilgan. XVIII asrning o`rtalariga kelib, bu g`oya mustaqil ta'limotga aylangan. Mashhur fransuz ma'rifatparvari, huquqshunos, faylasuf va yozuvchi Monteskye (1689-1755 yillar) o`zining «Qonunlarning ruhi haqida» kitobida hokimiyatning bo`linishi prinsipini ilgari surgan. Monteskye fikricha, siyosiy hiyonatlarning bo`lmasligini ta'minlaydigan narsa uch hokimiyatning: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining to`la bo`linishi va bir-birini cheklashidir. Monteskye ta'limotida alohida o`rin tutadigan g`oya-bu hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o`zaro bir-birini tiyib turish va qarama-qarshi ta'sir etish tizimi» haqidagi g`oyadir. Yuqorida zikr etilgan hokimiyatlar o`rtasida shunday munosabat o`rnatilmog`i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o`tash bilan birgalikda, o`z huquqiy vositalari yordamida bir-birlarini muvozanatga chorlab turadilar, hokimiyat vakolatlarining birgina muassasa tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar. Masalan, qonun doirasida ishlashi lozim bo`lgan ijro etuvchi hokimiyat, ayni paytda, qonun chiqaruvchi kengashning faoliyatini chegaralab turishi talab etiladi, aks holda parlament o`zining mutlaq hokimligini o`rnatishi mumkin. Shu sababli ham ijro hokimiyatining boshlig`i qonunlarni imzolashda «veto» (ya'ni, imzolashni vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo`ladi.
Umuman «hokimiyatning bo`linishi» nazariyasiga ko`ra, davlat hokimiyati yagona, yaxlit, bir butun deb emas, balki turli hokimiyat (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud vakolatlarini amalga oshiruvchi hokimiyatlar) funksiyalarining yig`indisi sifatida tushuniladi. Bunday turli funksiyalarni amalga oshiruvchi hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil ravishda xarakat qilishlari lozim. Lekin bu uchchala hokimiyat idoralari bir-biriga bog`liq emas, degan ma'noni bildirmaydi. Aksincha, ular bir-birini to`ldiradi va nazorat qilib boradi.
O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Mamlakatda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida tan olinmaydi va hatto o`rnatilishi ham mumkin emas. Respublikamizda ijtimoiy hayotni rivojlantirishning muhim yo`li bu demokratiyaga asoslangan turli siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanar ekan turli mafkuralar va fikrlar davlat va jamiyat xavfsizligiga tajovuz etmasligi, o`z navbatida jamiyatni iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga hissa qo`shmog`i lozimdir. Har qanday jamiyatning ijtimoiy hayotini turli fiklar, g`oyalar, siyosiy institutlar orqali rivojlantirish, shakllantirish mumkin ekan, respublikamizda ham o`z navbatida ijtimoiy hayot shu yo`sinda shakllanib boradi. Insonning erkin fikrlash, o`z aql idroki, qobiliyati, olgan bilimlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishi davlatda shaxs haqiqiy erkinligining yorqin ifodasidir. Har qanday mafkura muayyan ijtimoiy tabaqa, guruh, millatning o`tmishiga, bugunki kuniga va kelajagiga qaratilgan qarashlari yig`indisidan iborat. Har qanday davlatning demokratik, huquqiyligi yoki zulmkor, zo`rovonligini baholashda ko`pincha unda shaxsiy dahlsizlik kafolatlanganligiga, mustaqil sud mavjudligiga, sud hokimiyatining mamlakatdagi o`rni va obro`siga e'tibor qilinadi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning konkret tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta'minlash mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo`lgan subyektlarning o`zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andoza)ga solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o`z sohasi doirasida mustaqil, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi, so`zsiz ijro etilishga mo`ljallangan qarorlar (aktlar) qabul qiladi.
Hokimiyatning uchala shaxobchasi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da'vogarlik qilolmaydi. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining muhim jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har bir shaxobchasi qolgan ikki hokimiyat subyektining har birini nazorat qilish huquqi va imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
Hokimiyat bo`linishi prinsipi adolatli, demokratik, huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bunday prinsip muayyan davlatda biror organning yoki alohida davlat rahbarining kuchli diktaturasi o`rnatilishining oldini oladi. Shuningdek, tegishli davlat organlarining vakolatlari, vazifalari aniq bo`lishini ta'minlaydi, bir organning ikkinchi organ ishlariga aralashuviga barham beradi, boshqarish sohasida chalkashliklar kelib chiqishiga yo`l qo`ymaydi va hokazo.
Mazkur prinsip hokimiyat organlarining o`zaro kelishib, bir-birini nazorat qilib, uyg`unlashib ishlashlariga ham imkoniyat yaratadi. Bular esa adolatli, demokratik davlatga xos jihatdir.
Rivojlangan demokratik davlatlar singari O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (yuqori – Senat, quyi – Qonunchilik palatasi) Oliy Majlis tomonidan, ijro xokimiyati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa faoliyat yo`nalishiga qarab, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy Xo`jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi barcha idoralar o`z faoliyatini faqat qonun tomonidan berilgan vakolat doirasidagina yuritadilar. Har bir hokimiyat o`z faoliyatini o`ziga tegishli bo`lgan vakolatlarni amalga oshirish orqali o`z hokimiyatiga mustaqil sanaladi. Ushbu organlar o`z vakolatlarini boshqa bir tashkilotga yoki bo`lmasa biron-bir shaxsga berishga haqli emas.
Darhaqiqat, hozirgi zamon jahon mamlakatlarining konstitutsiyaviy tajribasi shuni ko`rsatadiki, hokimiyatlarning bo`linish prinsipi, ular ushbu prinsip rasman o`rnatilgan yoki o`rnatilmaganligidan qat'i nazar, barcha chet el konstitutsiyalari tomonidan qabul qilingan. Chunonchi, mustaqil O`zbekistonning birinchi Konstitutsiyasida ham bu prinsip rasman 11-moddada o`rnatilgan. Unga ko`ra, O`zbekistonda qonun chiqarish hokimiyati Oliy Majlis, ijroiya hokimiyati esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo`jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda O`zbekiston Respublikasining yagona sud tizimini tashkil etadi.
Zero, respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, «qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati-davlatning uchta asosiy tayanchidir».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida., “O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas”, deb mustahkamlanishi davlatimizning demokratik mohiyatidan kelib chiqadi.
Ma'lumki, har qanday adolatli, demokratik davlatda fuqarolarning erkin fikrlash huquqi kafolatlangan bo`ladi. Insonning erkin fikrlash, o`z aql-idroki, qobiliyati, olgan bilimlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishi davlatda shaxs haqiqiy erkinligining yorqin ifodasidir. Albatta, erkin fikrlash bor joyda fikrlar xilma-xil bo`ladi va turli mafkuralar, siyosiy institutlar, harakatlar paydo bo`lishi mumkin. Aks holda, ya'ni erkin fikrlash cheklangan joyda ko`pincha inson o`z fikrlarini, xohish-istaklarini oshkora bayon qilish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Bunday holatlarda odatda yagona mafkura hukmron bo`ladi. Masalan, sobiq totalitar tuzumning 70 yildan ortiq hukmronligi davrida komunistik mafkuraning yakkahokimligi o`rnatilgan edi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə