O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə26/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Davlat chegaralari daxlsizligi tamoyili davlat xavfsizligining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Ushbu tamoyil dastlab sobiq SSSRning GFR bilan 1970 yil 12 avgustda tuzgan shartnomasida, so`ngra PXR, GDR va CHSSRning GFR bilan tuzgan shartnomalarida huquqiy rasmiylashtirildi. Shu vaqtdan boshlab chegaralarning dahlsizligi barcha davlatlar uchun yuridik majburiy bo`lgan xalqaro huquq normasiga aylandi.
Chegaralarning daxlsizligi tamoyili 1975 yildagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining yakunlovchi hujjatida ifodalandi: "Ishtirokchi davlatlar bir-birlarining va Yevropadagi barcha davlatlarning chegaralarini buzilmas hamda dahlsiz deya qaraydilar va shu bois hozir ham, kelajakda ham, bu chegaralarga nisbatan, har qanday xavf solishga qaratilgan harakatdan o`zlarini tiyib turadilar."
Davlat chegarasiga xavf solish – bu chegara chiziqlarini o`zgartirishga uning yuridik (huquqiy) qonuniyligi yoki chegara chizig`ining holatini o`zgartirishga yo`naltirilgan bir tomonlama xatti-harakat, tahdid yoki talabdir.
Shu bois bunday tamoyilning e'tirof etilishi har qanday hududiy ko`z olaytirishlardan voz kechish demakdir, ya'ni hujjat matnida aytilganidek, davlatlar "a'zo davlatlardan istalgan birining butun hududi yoki undan bir qismini egallab olish yoki bo`lib olishga qaratilgan har qanday talab yoki harakatdan o`zlarini tiyib turadilar."
YEXHT ishtirokchi-davlatlari tomonidan Yevropa davlatlarining mavjud chegaralarini e'tirof etilishi xalqaro-huquqiy holat bo`lib, uning oqibatida muayyan huquqiy natijalar yuzaga keladi. Mavjud chegaralarning xalqaro huquq asosida tan olinishi hududiy chegaraga nisbatan davlatlararo bitimga tenglashtiriladi.
1. Chegaralar yaxlitligi tamoyilini uch qoida asosida: birinchidan, xalqaro huquqiy me'yorlarga muvofiq yuridik jihatdan belgilangan mavjud chegaralarning tan olinishi; ikkinchidan, ayni vaqtda yoki kelajakda har qanday hududiy ko`z olaytirishlardan voz kechish; uchinchidan, har qanday bosqinchilik harakatlari va tahdidlardan, "jumladan kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid solishdan voz kechish deb izohlash mumkin.
Chegaralarning buzilmasligi (yaxlitligi) tamoyili xalqaro huquqning an'anaviy tamoyili bo`lgan davlat chegaralari daxlsizligi tamoyiliga juda o`xshash bo`lib, davlat chegaralari daxlsizligi tamoyilining mazmun va mohiyati davlatlarning ma'lum joydagi mavjud chegara chizig`iga rioya qilish majburiyatlarini o`z ichiga oladi, bu ma'lum joydagi chegara chizig`ini bemalol o`zgartirilishi va tegishli ruhsatsiz yoki qoidadan tashqari ravishda uni kesib o`tishga yo`l qo`ymaslikning oldini oldi. Bu tamoyil har bir suveren davlatga o`z chegarasini insonlar yoxud transport vositalari bilan kesib o`tilishini nazorat qilish xuquqini beradi.
Davlat chegaralarining yaxlit (buzilmas)ligi prinsipi va chegara daxlsizligi prinsipi jo`g`rofiy jihatdan farq qiladi. 1975 yildagi Yakunlovchi Aktga muvofiq, chegaralarning buzilmasligi tamoyili ushbu qaydnoma ishtirokchilari hisoblangan davlatlar, ya'ni Yevroia davlatlari, AQSH va Kanadaga nisbatan amal qmladm. Chegara daxlsizligm tamoyili esa ancha keng doirada amal qmlib, umumiy xalqaro huquq tamoyili hisoblanadi va bu xususda maxsus kelishuv- shartnomalar bor-yo`qligidan qat'iy nazar ushbu tamoyil barcha qit'alarda amal qiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə