O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə29/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili xalqaro munosabatlarda umumiy tamoyil sifatida millatlarning o`z davlatchiligi uchun kurashishlari jarayonida, ya'ni burjua-demokratik inqiloblar davrida shakllandi. Ilgarigi davrlarda ushbu tamoyil bir oz cheklangan ravishda qo`llanilar edi, chunki xalqaro huquq ko`p holatlarda davlatning ichki ishlariga turli xil aralashuvlar, hattoki qurolli aralashuvlarga ham yo`l qo`ya olar edi. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili hozirgi nuqtai nazardan umumiy shaklda BMT Nmzommning 2-modda, 7- bandda qayd etilgan bo`lmb, obro`li xalqaro hujjatlarda yanada oydinlashtirilgan; bu 1970 yildagi Xalqaro huquq tamoymllari haqidagi Deklaratsiya, YEXHT ning Yakunlovchi hujjatida BMT ning davlatlarning ichki ishlariga aralashishga yo`l qo`ymaslik haqidagi Deklaratsiyasi kabilar; BMT Nizomining 2-modda, 7-bandiga muvofiq BMT hech bir davlatning tub ichki vakolati (kompetensiya)ga kiruvchi ishlarga aralashish huquqiga ega emas. Bunday taqiqlash nafaqat BMT ning o`ziga, balki xalqaro munosabatlarnmng barcha ishtirokchilariga ham taalluqlidir.
Xalqaro huquq davlatning ichki siyosiy ahvoliga tegishli masalalarni
tartibga solmaydi, shu bois ham davlat yoki xalqaro tashkilotlarning muayyan bir davlatning ichki vakolatiga oid ishlarni hal etishga urinishi uning ichki ishiga aralashuvi deb baholanmog`i lozim.
Ammo BMT Nizomning VII MAVZUida bir istisno belgilanganki, unga muvofiq dunyo tinchligiga tahdid, agressiya holatlarda majburiy choralar ko`rilishi mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, "Har qanday davlatning tub vakolatiga kiruvchi ishlar" sof xududiy muammoga kirmaydi. Bu demak, ma'lum bir voqea-hodisa, agar biror davlat hududi ichida sodir bo`layotgan bo`lsa-da, uning ichki vakolatiga tegishli emas deb qaralishi mumkin. Masalan BMT xavfsizlik Kengashi biror-bir davlat hududida yuz berayoggan hodisa xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf solayapti deb hisoblasa, u holda voqea o`sha davlatning ichki ishlari hisoblanib qolmaydi va BMTning harakatlari o`sha davlat ichki ishlariga aralashuv deya baholanmaydi.
Aralashmaslik konsepsiyasi davlatning o`z ichki vakolatlariga har qanday masalalarni bemalol kirita olish mumkinligini bildirmaydi. Davlatlarning xalqaro majburiyatlari, jumladan BMT Nizomidan kelib chiqadigan majburiyatlari ushbu masalani hal etilishiga to`g`ri yondoshuv mezoni bo`lib hisoblanadi. Sharhlanayotgan moddaga asosan mamlakatimiz tashqi siyosati xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Ular jumlasiga inson huquqlariga hurmat tamoyilini kiritish mumkin.
 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə