O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Fuqarolik tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida fuqarolik



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə31/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2 Fuqarolik tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida fuqarolik
Fuqarolik – bu jismoniy shaxsning ma'lum bir davlatga mansubligini anglatib, ushbu fuqaroning tegishli davlat bilan doimiy ravishda huquqiy aloqadorlikda bo`lib turishini bildiradi. Bunda fuqaro shu davlat tomonidan belgilangan huquq va burchlarni amalga oshiradi, davlat esa fuqaroni har yerda va har vaqt himoya qiladi. Mazkur huquqiy aloqadorlik fuqaroning tug`ilganida yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi.
1992 yil 2 iyulda “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonunda yozilishicha, O`zbekiston Respublikasining Fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o`zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
Birinchi bo`lib "Fuqaro" atamasi Fransuz revolutsiyasining 1799 yildagi "Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi"da ko`rsatilgan edi. Dunyo mamlakatlarida hozir bir fuqarolik va ko`p fuqarolik (bipatrid) mavjud bo`lib, masalan, Rossiya, Braziliya kabi davlatlarda ko`p fuqarolikka asoslanadi.
O`zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o`rnatiladi va u barcha uchun tengdir. Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasida har bir shaxs fuqaro bo`lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o`zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligiga atalgan ma'ruzasida shunday degan edi: "Shaxs O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklarga ega bo`ladi. Shuningdek, u ma'lum burchlarni ham bajarishga majburdir. Tabiiyki, O`zbekiston davlati ham fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarini Respublika hududida va uning tashqarisida himoya qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi".4
Jahon amaliyotida fuqarolikni qabul qilishning asosiy ko`rinishlari:

  • - tug`ilish orqali (filiatsiya);

  • - fuqaroligi bo`lmagan yoki chet davlat fuqarosi bo`lgan shaxsni fuqarolikka qabul qilinishidir (naturalizatsiya);

  • - xalqaro shartnomalar va qonunlarda belgilangan tartibda fuqarolikni tiklash (reintegratsiya);

  • - davlatlarni bo`linib ketishi oqibatida fuqarolikni tanlash (optatsiya);

  • - hududiy o`zgarishlar vaqtida avtomatik tarzda fuqarolikning o`zgarishi (transfert)

Fuqarolikni olishni eng asosiy ko`rinishi tug`ilish orqali fuqarolikka qabul qilinish bo`lib, bu o`z navbatida ikkiga bo`linadi:
"Qon huquqi" (jus sanguinus) asosida chaqaloqning fuqaroligi ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanib, tug`ilgan joyiga bog`lanmaydi.
"Tuproq huquqi" (jus soli) asosiga ko`ra, fuqarolik chaqaloqning tug`ilgan joyidan kelib chiqib, uning ota-onasi fuqaroligi bilan bog`liq bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasida ham tug`ilish orqali fuqarolikni olishni "qon huquqi"ga asoslanadi, ya'ni “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi qonunining 14-moddasiga binoan tug`ilgan paytida ota-onasi O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan bola, O`zbekiston Respublikasi hududida yoxud O`zbekiston Respublikasidan tashqarida tug`ilgan bo`lishidan qat'i nazar, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Ushbu qonunga ko`ra quyidagilar O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub bo`ladilar:
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e'tiqodi, mashg`ulotining turi va sajiyasidan qat'i nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo`lmagan hamda O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lish istagini bildirgan shaxslar;
2) davlat yo`llanmasi bilan O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni o`tayotgan yoki o`qiyotgan shaxslar, agar ular O`zbekiston Respubliksining hududida tug`ilgan bo`lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo`lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo`lmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lish istagini bildirgan bo`lsalar;
3) Ushbu Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`z iltimosnomalariga ko`ra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e'tiqodlaridan qat'i nazar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
1) chet el fuqaroligidan voz kechish;
2) so`nggi besh yil davomida O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik.
Ushbu qoida O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tug`ilgan va hech bo`lmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi O`zbekiston Respublikasi hududida tug`ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bo`lmaydi;
3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;
4) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish.
Shaxsning o`z iltimosnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi. Quyidagi hollarda esa bu inkor etiladi:
- shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog`liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan bo`lsa;
- shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo`lgan sud hukmi bo`lsa;
- shaxsning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O`zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo`lsa;
O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotilish asoslari bo`lib:
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo`lsa;
3) agar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg`onligi shak-shubhasiz ma'lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo`lsa.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo`qotiladi.
O`zbekiston Respublikasida fuqarolik bilan shug`ullanuvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
O`zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi;
O`zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasiga ko`ra “O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko`rsatishni kafolatlaydi”.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə