O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə28/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etish tamoyili BMT Nizomining 2 - modda 3 -bandiga muvofiq "BMTning barcha a'zolari o`z xalqaro nizolarini xalqaro tinchlik, xavfsizlik hamda adolatga xavf solmaydigan holda tinch vositalar bilan xal qiladilar".
Ushbu prinsip qator xalqaro shartnoma va bitimlarda belgilab qo`yilgan. Ularda urush usuliga murojaat qilish huquqi chegaralanib, xalqaro nizolarni tinch yo`l bilan hal etish vositalari rivojlantirilgan va davlatlar zimmasiga bunday vositalarni qo`llash majburiyati yuklangan.
BMT Nizomining 33-moddasmga muvofiq nizo ishtirokchi taraflar "bahslarni muzokara, tekshiruv, vositachilik, yarashish, sud muhokamasi, arbitraj, mintaqaviy organlarga murojaat etish yo`li bilan yoki o`z xohishlariga ko`ra boshqa tinchlik vositalari bilan hal etishga harakat qilishlari lozim".
Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish tamoyilining tahlili (YEXHTning Yakuniy akti, Xalqaro huquq prinsiplari to`g`risidagi 1970 yilgi Deklaratsiya) shuni ko`rsatadiki, BMT Nizomini rivojlantiradigan va to`ldiradigan, bir qator qoidalarni saqlab qolishga erishildi. Jumladan:
-davlatlarning “qisqa muddat ichida xalqaro huquqqa asoslangan adolatli qarorga kelish uchun barcha choralarni ko`rish” majburiyatini,
-nizo hal qilinmayotgan hollarda “nizolarni tinch yo`l bilan hal qilishning o`zaro kelishilgan yo`llarini izlashni davom ettirish” majburiyatini,
-“xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga tahdid tug`iladigan va shu bilan nizoni tinch yo`l bilan hal qilishni yanada og`irlashtiradigan har qanday harakatlardan o`zini tiyish”ni.
Xalkaro xuquqning hozirgi zamon konsepsiyalariga muvofiq davlatlararo nizo tinch yo`l bilan hal etishlari lozim.
Amaliyot shuni ko`rsatadiki, ko`pchilik davlatlar tinchlik vositalari tizimida eng qulay bo`lgan diplomatik muzokaralar yo`lini afzal tutadi, chunki ko`p masalalar diplomatik yo`l bilan hal etilib kelinmoqda.
Bevosita muzokaralar xalqaro nizoning tezda hal etilishi talablariga javob beradi, tomonlarning teng huquqliligini kafolatlaydi, ham siyosiy, ham yuridik ixtiloflarni hal etish uchun qo`llanilishi mumkin, kelishuvga erishishga ko`maklashadi, muammo yuzaga kelishi bilan unga darhol barham berilishi imkoniyatini yaratadi, muammoning dunyoning tinchligi va xalqaro xavfsizlikka tahdid solish darajasiga yetmasidan yoki yoyilib ketmasidan hal etilishiga yo`l ochadi.
Xalqaro munosabatlar taraqqiyoti, so`nggi yillarda davlatlarning muzokara doirasidan chiqib, nizoni yechishning boshqa qulay vositalarini yaratish, bu borada uchinchi bir tomonga yoki xalqaro organlarga murojaat qilish yo`llarini ham keng ochib bermoqda. Ko`pincha bunday holatlarda BMT Xalqaro sudining roli bilan bog`liq masalalar ko`tariladi.
So`ngi yillarda shu narsa ta'kidlanmoqda-ki, bir tomondan, xalqaro nizolarni tinchlik vositasida hal etishning salmog`i oshib bormokda, ikkinchi tomondan esa, davlatlar ushbu tamoyilning mazmunini jamiyatning amaliy ehtiyojlariga moslashtirishga tinimsiz harakat qilib kelmoqda.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə